O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
"AXBOROT TEXNOLOGIYALARI"
kafedrasi
TASHKILIY TEXNIKA VOSITALARI BILAN ISHLASH
« Ta'limda axborot texnologiyalari»
fani bo‘yicha lobaratoriya mashg‘ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Topshirdi: __________________________
Qabul qildi: __________________________
Termiz – 2023
1-Laboratoriya
SHAXSIY KOMPYUTERNING UMUMIY KO’RINISHI. TASHQI QURILMALAR
Lobaratoriya mashg‘ulot maqsadi: Talabalarga tashkiliy texnika vositalari haqida tushunchalar berish.
Bajaradigan vazifasi, ishlash tezligi, xotirasining hajmi va boshqa xususiyatlariga ko’ra kompyuterlarni shartli ravishda super kompyuterlar, katta kompyuterlar, mini kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar va ko’chma (bloknot) kompyuterlarga bo’lishimiz mumkin.
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo’lib, uning ichida ona platasi, mikroprosessor, qattiq disk (vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar (kontrollerlar yoki adapterlar), elektr bilan ta’minlovchi blok va disk yurituvchilar bor.
Monitor - displey yoki ekran. Kompyuterdagi ma’lumotlar va amallarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 millimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar monoxrom (2 rangli), rangli va suyuq kristalli bo’ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo’lsa, shuncha shu monitor ko’proq ma’lumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar o’rtasidagi masofa kichkina bo’lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar aniq holda ko’rinadi
Klaviatura. Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish va boshqarish qurilmasi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo’yicha farqlanadi. Klaviaturalar tugmachalar soni va ularning joylashishi bilan farq qilishi mumkin. Bu tugmachalar vazifasiga aslo ta’sir ko’rsatmaydi. Masalan, yangi klaviaturalarda ishni qulaylashtiruvchi tugmachalar mavjud.
Klaviatura harflar joylanishi bo’yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo’linadi.
Klaviatura tugmachalarini shartli ravishda 5 qismga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |