O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti yuridik fakultet milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi
Download 199.33 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA HUQUQIY ONG HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH INNOVATSION G\'OYALAR
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakl va vositalarini joriy etish, moddiy-texnik bazani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, ishtirok etish imkonini beradi. I BOB. Huquqiy ongni shakllantirish haqida 1.1.Huquqiy ong va uning to’zilishi. Konstitutsiya baxtimiz va erkinligimiz timsoli sifatida inson va fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlarini kafolatlovchi Bosh Qomusdir. Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya esa davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan hujjatdir.Davlat tizimini yangilash, uning demokratlashtirish jarayonini rivojlantirish sharoitini yaratgan mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi - Vatanimiz va xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini 21 yildan buyon ko‘rsatib kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “barchamiz bir haqiqatni anglab, tushunib bormoqdamiz – bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishayotgan bo‘lsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz - buyuk Hayot qomusimiz turibdi”.Davlatimizning Asosiy qonuni inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, o‘zining muxtor vakillari siymosida qabul qilingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi yangi jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bu Asosiy Qonun har tomonlama va chuqur o‘ylangan umumxalq muhokamasidan keyin demokratik yo‘l bilan qabul qilingan. Konstitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo‘llarini ochib bergan.Ma’lumki, mustaqillikning o‘tgan qisqa tarixiy davrida mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida ham tub islohotlar izchil amalga oshirildi. Hur O‘zbekiston erkin demokratik konstitutsiyaviy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdek buyuk maqsad sari o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lidan bormoqda. Hayotning o‘zi, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning o‘zbekcha modelini tanlangan yo‘limiz va tamoyillarimizning to‘g‘ri ekanini ko‘rsatmoqda. Qisqa davr ichida O‘zbekistonda Konstitutsiya zamirida tamomila yangi siyosiy va huquqiy tizim shakllandi. Fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy ongi va tafakkurida, dunyoqarashida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.O‘zbekiston xalqining tinchlik-xotirjamlikda hayot kechirishi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining negizida Konstitutsiyada belgilangan huquqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Yangi jamiyat barpo etish borasida bugunga qadar erishgan yutuqlarimiz, hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan demokratik amaliyot va an’analarni joriy etayotganligimiz, shuningdek davlat hokimiyati faoliyatida inson huquqlari va manfaatlari g‘oyalariga tayanib ish ko‘rayotganligimiz natijasida O‘zbekiston xalqaro maydonda obro‘-e’tiborga ega bo‘lib, dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarimizni jahon e’tirof etmoqda. Ayniqsa, yurtimiz buguni va kelajagining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Xalqimiz nimalar evaziga, qanday og‘ir va mashaqqatli kunlar, sinovlarni boshdan kechirib, bugungi yutuq va marralarga erishganini anglagan holda, ertangi yorug‘ va hech kimdan kam bo‘lmaydigan kelajagimizga ongli ravishda qadam qo‘ymoqdamiz. Bu yo‘lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir . O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, uning asosiy vazifasi har tomonlama barkamol erkin shaxslarning kamol topishiga shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Shuning uchun ham ta’lim sohasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor berilmoqda. 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” prinsiplariga asosan O‘zbekiston Respublikasi shaxsning bilim olish huquqini amalga oshirilishining harakatdagi samarali huquqiy mexanizmini yaratib berdi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi yaratilib, uning asosida shaxs ta’lim olishining huquqiy mexanizmlari amalda mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ushbu hujjatlarning mantiqiy davomi bo‘lgan “2004-2009 yillarga mo‘ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” hamda sohani rivojlantirishga oid qabul qilingan boshqa qonun va qonun osti hujjatlari, ularning ijrosini ta’minlash borasida bugungi kunda ta’lim muassasalarining moddiy - texnika bazasini takomillashuvi, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining yaratilishi, optimallashuvi va boshqa yaratib berilayotgan imkoniyatlar Asosiy Qonunimizda ta’lim olishga berilgan huquqning kafolatini ta’minlaydi. Ushbu qoidaga ko‘ra, davlat nafaqat ta’lim olish huquqini kafolatlamoqda, balki uning qay tarzda amalga oshirilishi nazoratini ham o‘zining zimmasiga olgan. Yaratib berilayotgan imkoniyatlar zamirida o‘quvchilarimiz matematika, ximiya, fizika, rus tili fanlaridan o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadalar, turli tanlovlar, sport musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqdalar. Ta’lim turlari va shakllarining turli-tumanligi shaxsning ta’lim olishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda har bir shaxs dini, tili, irqi, yashash joyi, millati, kelib chiqishi va qaerda ishlashidan qat’iy nazar teng ta’lim olish huquqiga ega deb ko‘rsatib o‘tilgan. Ta’lim olish huquqining mazmuni shundaki, O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosiga ta’lim va tarbiyaning barcha ko‘rinishlaridan teng foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Ta’lim olish huquqini amalga oshirishga mavjud kuchli moddiy - texnika bazasi imkon yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik jamiyati qurish, uni har tomonlama rivojlangan, mustaqil va barkamol shaxslardan iborat bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi har bir insonning qobiliyatiga yarasha ta’lim olishi va uni jamiyat foydasiga, tarraqqiyotiga xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan. Texnika va fanning yuksak darajadagi rivojlanishi har bir kishi bilimini yuqori sifatda bo‘lishini talab qilmoqda. darhaqiqat, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda birinchi navbatda, kelajak avlodning madaniyati, ma’lumoti, ma’naviyati muhim o‘rin egallaydi. Ilm-ma’rifatni egallamasdan turib, biror-bir yutuqni qo‘lga kiritish, tub ma’nodagi islohotlar o‘tkazish, yosh avlod tarbiyasida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Ayni shu haqiqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq va ravon belgilab qo‘yilgan. 2Ushbu me’yorlar Konstitutsiyaning 2 bo‘limining “Shaxsiy huquq va erkinliklar” deb nomlangan VII bobda, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda ko‘rish mumkin. Jumladan, 41-moddada quyidagilar kafolatlangan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” . Mazkur moddada belgilab qo‘yilgan qoidalarga ko‘ra, bizda millatidan qat’i nazar har bir fuqaroning bilim olish huquqi kafolatlanadi. Davlat tomonidan bepul umumiy ta’lim olinishi mustahkamlanib, ayni paytda maktab-maorif ishlarining davlat nazoratida ekanligi belgilab qo‘yilgan. Nazarimizda, 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning mohiyati Konstitutsiyamizdagi aynan shu moddalarning amaliy isbotidir. 2013 yilda mamlakatimizda 756 ta ta’lim maskani, musiqa va san’at maktablari, bolalar sporti ob’ektlari yangitdan qurildi, rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Zamonaviy kompyuter sinflari, o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar tashkil etilib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlandi. ma’lumki, shu yildan e’tiboran mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab xorijiy tillarni chuqur o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, yoshlarning jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini egallashi, yetuk va malakali kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. xar yili mamlakatimizda 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo‘llanma olmoqda. 2012 yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarga qiymati qariyb 28 milliard so‘mdan iborat bo‘lgan qishki kiyim-kechak berildi. Yangi o‘quv yilida 510 mingga yaqin birinchi sinf o‘quvchisi, shuningdek, uyda ta’lim olayotgan, imkoniyati cheklangan 11 mingga yaqin bola davlat budjeti hisobidan 12 turdagi o‘quv anjomlari to‘plami bilan ta’minlandi. Ayni vaqtda o‘quvchi qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish va rag‘batlantirish maqsadida 190 mingta sport kiyimlari to‘plami ularga sovg‘a tariqasida berilgani, 50 ming nafar bola bepul, 270 ming nafar bola esa imtiyozli asosda yozgi oromgohlarda dam oldirilganini ta’kidlash lozim. 2012 yil davomida mingga yaqin umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter xonalari, 1150 tadan ziyod kasb-hunar kollejidagi o‘quv ustaxonalari amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan jihozlar, xomashyo mahsulotlari bilan ta’minlandi. “Yelektron ta’lim” loyihasi doirasida oliy o‘quv yurtlarining kutubxona fondlarini elektron shaklga o‘tkazish borasidagi dasturiy ishlar boshlandi. Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha qishloq yoshlari uchun ishlab chiqilgan maxsus o‘quv dasturi asosida 30 mingga yaqin yigit-qiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilimini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 2012 yilning o‘zida 168 ta bolalar sporti ob’ekti foydalanishga topshirildi va bugungi kunda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 1 million 600 mingdan ziyod bolalarimiz sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o‘tganidek, davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig‘i ta’lim sohasini moliyalashtirishga yo‘naltirildi. Aholini ijtimoiy himoya qilishda yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha amaliy va aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011 yil 30 maydagi PQ-1542-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 1994 yil 24 avgustdagi 434-son qarori, “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori, “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2010 yil 19 fevraldagi 29-son qarori, “Ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to‘liq hisobga olinishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2012 yil 7 iyundagi 165-son qarori shular jumlasidandir. Oliy ta’limda ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda, Jumladan, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab biz uchun yangi bo‘lgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etildi. Ilmiy kengashlar asosan nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylanishi lozim bo‘lgan yetakchi oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etildi. 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etildi. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi zimmasiga yuklandi. Ushbu markaz reyting baholarini tuzishning hozircha vaqtinchalik tasdiqlangan metodikasi asosida Hukumatga mamlakatimizda oliy ta’limning qanday rivojlanayotgani to‘g‘risida har yili tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi. Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlab o‘tganidek, ta’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Frantsiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bizning mamlakatimiz 35-o‘rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo‘yicha esa O‘zbekiston – shunga e’tibor beringlar – dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o‘rinni band etgan . Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarida hech bir shaxs, hech bir fuqaro o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasisiz tasavvur qila olmaydi, chunki har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi hamda ushbu Asosiy Qonunga o‘zining huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjat sifatida qaraydi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatda yashayotgan har bir shaxs Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglab olishi, uni hayotiy qo‘llanmaga aylantirishi hamda shaxsiy hayotida uchrab turadigan muammolarning yechimini aynan Konstitutsiyadan topa bilishi zarur. Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o‘rganish hamda uni hayotga tatbiq etishdan boshlanadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e’lon qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ham “O‘zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib va tashviq qilish maqsadida” qabul qilingan tarixiy hujjat sifatida demokratiya yo‘lida ulkan bir qadam qo‘yish uchun katta turtki bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘rganishni vazifa qilib qo‘ydi.TDYu va TDPUni bitiruvchilari ta’limning barcha turlarida faoliyat olib borar ekanlar, nafaqat ijtimoiy fan o‘qituvchilari, balki tabiiy, gumanitar fan o‘qituvchilari ham yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishda O‘zbekiston Konstitutsiyasining ma’no-mazmuni va mohiyatini tushuntirishga tayyor bo‘lishlari lozim. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquqiy me’yorlarni shunchaki yodlatish emas, balki uning ma’nosini tushuntirish va uni hayotga tatbiq etishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston xalqi Konstitutsiyaning 21 yilligini katta tantana qilib nishonladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, uning baquvvat bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, bir qator vazifalar belgilandi. Prezident ta’kidlaganidek, “sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiyaning o‘rni va ta’sirini yanada kuchaytirish lozim”. Darhaqiqat, ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog va murabbiylarni ta’minlash bizning universitetimizga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Boshlang‘ich ta’limda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlarning faoliyat ko‘rsatishiga erishmoq lozim. Ta’limning boshqa yo‘nalishlarida ham sog‘lom bolani voyaga yetkazishda nimalarga ahamiyat berish lozimligini aniqlash va uning yechimini topish bugungi kunning dolzarb masalasidir. 3Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakli; jamiyat aʼzolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida oʻz aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham oʻz ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqii ongi ajratib koʻrsatiladi. Huquqii ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodi-salar haqidagi nuqtai nazar, tushun-cha, gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqii ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bagʻishlangan maxsus nazariy izlanishlarda oʻz rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar maʼnaviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, eʼtiqod va kay-fiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqii ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa boʻlgan munosabatiga hal qiluvchi taʼsir qiladi. Huquqiy psi-xologiya — huquqiy hodisalarni his-siyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi. Huquqii ong darajasi jamiyat aʼzolarining huquqiy maʼlumotlariga ham bogʻliqdir. Shunga koʻra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini koʻtarishga koʻmak beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, Huquqii ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqii ong, odatda, oʻz-oʻzidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy oʻquv yurtiga kirish qoidalari yo boʻlmasa yoʻl qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol boʻla oladi. Huquqii ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqii ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimini oʻz ichiga oladi. Kasbiy Huquqii ong esa yuridik oliy oʻquv yurtlaridaoʻqish natijasida shakllanadi, soʻngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning subʼyektlari hisoblanadi.Huquqii ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniyHUQUQIY, demokratik yoki avtoritar anʼanalari bilan belgilanadi HUQUQIY ONG - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo‘lgan g‘oyalar, his tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir. HUQUQIY RUXIYAT - alohida ijtimoiy guruh, shaxs yoki butun jamiyatda stixiyali ravishda vujudga keladigan huquqiy tuyg‘ular, hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlar yig‘indisidan iborat. HUQUQIY MAFKURA - bu sinfning, jamiyatning huquqiy qarashlari, g‘oyalari, tasavvurlari va talablarining ilmiy tizimlashtirilgan ifodasidir. HUQUQIY MADANIYAT - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishi. HUQUQIY TARBIYA - bu jamiyat a‘zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta‘sir etish orqali singdirib borish jarayoni. HUQUQIY NIGILIZM – bunda (lot. “nihil”-“hech narsa”) huquq sub‘ekt(lar)ining amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga hurmatsizlik munosabatida bo‘lishi yoki inkor qilishi tushuniladi.Batafsil ma`lumot ilova qilinadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko‘rsatadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ‘ibotning ilg‘or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Download 199.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling