O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo`nalishi 2 bosqich 421- guruh talabasi boltayev abbosning optika fanidan yozgan mavzu


Download 162.01 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1607856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Reja

Lyuminessensiyaning boshqa turi - fosforessensiya – uyg‘onish energiyasi manbai uzilgandan so‘ng yorug‘lanishning sekin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu holda lyuminessensiya markazlari uyg‘ongandan keyin metastabil holatlarida bo‘ladi, bu holatlardan past energiyali holatga o‘tish «ta’qiqlangan» bo‘lib u 10-8 s qaraganda ancha uzoqroq vaqtda ro‘y beradi.

Lyuminеssеnt lаmpаlаr cho‘g‘lаnish lаmpаlаriга qаrагаnдааnchа tеjаmli: ulаr hаr бir vatt quvvatga chug‘lanish lampasidan bir necha marta ortiq yorug‘lik oqimi hosil qiladi. Ularning FIK 20% ga yetadi. Bunday lampaning silindrik ballonidagi simob bug‘larida elektr razryadi yuz beradi. Simobning uyg‘ongan atomlari kuchli elektromagnit nurlanish oqimlarini chiqaradi. Bunday nurlanishning asosiy energiyasi spektrning ultrabinafsha qismida yotadi. Lampa devoriga lyuminofor surkalgan bo‘lib, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida turli rangda nurlanadi. Lyuminoforlar aralashmasi ultrabinafsha nurlanishni yutib, spektrning ko‘rinadigan sohasida nurlaydi va yetarli darajada kunduzgi yorug‘lik spektrini hosil qiladi. Elektromagnit nurlanish tomonidan uyg‘otilgan lyuminessensiyaning bunday xili fotolyuminesensiya deb ataladi.

Ingliz fizigi J.Stoks 1852 yildayoq ushbu qoidani kiritgan edi: lyuminofor chiqaradigan yorug‘lik to‘lqini uzunligi uyg‘otuvchi yorug‘lik to‘lqini uzunligidan katta. Stoks qoidasi yutish polosasining maksimumi lyuminessensiya polosasi maksimumiga nisbatan qisqa to‘lqinlar tomonga siljigan bo‘lishini bildiradi.


Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling