O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo’nalishi
Mexmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash
Download 131.14 Kb.
|
2 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asson” mehmonxonasi bilan tanishuv
Mexmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash
Mexmonxona industriyasi kishilarning o‘z uylaridan boshqa yerlarga sayyoxatlarga chiqib tunash, ovqatlanish kabi zaruriy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan, tijoriy xususiyatga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatidir. Mexmonxonalarning dunyodagi ilk bor ko‘rinishlarda bo‘lishi, karvonsaroylar qurilishi miloddan keyingi I asrlarga to‘\ri keladi. Bu vaqtlarga kelib sayyoxlarning dam olish, ovqatlanish kabi ehtiyojlarini qondirish uchun karvonsaroylarda tunaganliklari aniqlangan. Asosan pulning iqtisodiy bir o‘zgarish sifatida qo‘llanishi, ahamiyatining ortib borishi natijasida tijorat qilish maqsadida sayoxatga chiqishning ko‘payishi hozirgi kundagi zamonaviy mexmonxonalarning namunalari bo‘lib hisoblangan. G‘arbda texnologik rivojlanish, temir yo‘llarning qurilishi va boshqa tarmoqlarga tarqalishiga mehmonxona industriyasining ham rivojlanishi va katta shaxarlardan kichik tumanlarga tarqalishiga olib keldi. 1939 yilda Amerikaning Boston shahrida birinchi shahar mehmonxonasi qurilgandan keyin bu soxa butun mamlakatlarga yoyildi. XX asrning boshlarida avtomobil yo‘llarining kengayishi, turmush harakatining ortishi kichik otellar qurilishiga sabab bo‘ldi. Faqat Yevropa aristorkratiyasiga mos keluvchi katta otel turlari va o‘rta sinfga mos bo‘lgan o‘rta otel turlarini o‘z ichiga oluvchi industriya davomli va qoniqtiruvchi shaklda rivojlanmagan. Xalqaro mehmonxona industriyasi korxonalarining qurilishi va ishga tushirilishida Amerika investitsiyasi va texnologiyasining tobora ko‘proq kiritilishi kuzatilmoqda. Hilton, Knott, Sheraton kabi trajmilliy korporatsiyalar vujudga kelmoqda. “Asson” mehmonxonasi bilan tanishuv 1-rasm Termiz shahridagi "Asson" mehmonxonasi O'zbekistonning eng janubiy shahrida zamonaviy va qulay xonalarni taklif etadi. Mehmonxonalar restoranlari, shu jumladan bitta italiyalik va barlarda xalqaro va mahalliy oshxonalargacha bo'lgan taomlar mavjud. Mehmonxonani mehmonlar sifatli xizmatlarni olishlarini va mehmonxonada dam olishlarini ta'minlaydigan Xalqaro menejment tomonidan boshqariladi. Turistik xizmatlarga shartnoma tuzish va turfirmalar tanlash mavzusini ko‘rib chiqar ekanmiz, asosiy turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi turoperator va turagentni yoddan chiqarmaslik lozim. Quyida turagent va turoperator faoliyati xususiyatlarini tushuntirishga urinib ko‘ramiz, negaki ularning bozordagi o‘rni va vazifasini tushunish turistga eng yaxshi tur xizmatlarga e’tibor qaratishga yordam beradi. Turistik industriya – bir-biriga bog‘liq mehmonxonalar, transport, joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngil ochar vositalar, bilimni boyitish ob’ektlari, ishga doir, sog‘lomlashtirish va sportga mo‘ljallangan yo‘nalishlar, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, gid-tarjimonlik, ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish va sotish bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek, ekskursiyalarni tayyorlash va o‘tkazish, boshqa turistik xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari sezilarli rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turistik bozorda shunday ikki tipdagi tashkilot faoliyat ko‘rsatayapti: Turoperator va Turagent Turagent faoliyat xususiyatlari quyidagilardan iborat: turagent turistga turoperator tomonidan shakllantirilgan turni turoperator taklif etgan shartlar bo‘yicha sotadi. Bunda turagent turist va turoperator o‘rtasida faqat vositachi vazifasini bajaradi. Uning javobgarligi odatda, sayohat shartlari, turistning huquq va burchlari uchinchi shaxs va turoperatorga o‘z vaqtida to‘lashni to‘liq tushunarli tarzda ma’lumot berish bilan chekalanadi. Turoperatorlik faoliyati deyilganda, yetakchi rolni bajarishadi, negaki aynan ular turistik mahsulotlarni shakllantiradilar. Otellari bronlashtiradilar va to‘lab qo‘yadilar, aviareyslarga buyurtma beradilar, transport bo‘yicha xizmatlarni ta’minlaydilar, ekskursiya xizmatlarini va h.k. amalga oshiradilar. “Asson” mehmonxonasi Termiz shahridagi birinchi hashamatli ob'ektlardan biri bo'lib, jahon darajasidagi xizmatlar va xizmatlarga ega. Zamonaviy jihozlar, garchi an'anaviy uslubda bo'lsa-da, mehmonxona biznes, dam olish va hordiq chiqarish uchun sayohatchilar uchun mukammal tanlovdir. "Asson" mehmonxonasi shahar markazida, xalqaro aeroportdan 15 daqiqa, avtovokzaldan 10 daqiqa va temir yo'l vokzalidan piyoda 5 daqiqa masofada joylashgan. Turar joy 130 o'ringa mo'ljallangan 83 ta xonadan (33 ta yakkalik, 45 ta ikki kishilik, 3 ta Junior Suite, 1 ta Deluxe va 1 ta Suite) 4 qavatli binoda taqdim etiladi. Ishbilarmonlik aloqalari uchun xalqaro va shaharlararo telefon, biznes markazi, faks va Internet mavjud. Mehmonxonada 30 ta ishchi xodim mavjud. Shuningdek, Termiz shahridagi eng yaxshi restoranlardan biri bo'lib, u yerda siz shinam va iliq muhitda Yevropa va milliy taomlarning keng assortimentidan bahramand bo'lishingiz mumkin. “Asson” mehmonxona majmuasi qadimiy shahar, ya'ni Termizdagi eng qulay kòngilochat maskandir 2-rasm Xonalarda quyidagi qulayliklar mavjud: -muzlatgich -televizor -konditsioner ( qish-yoz) -WI-FI internet -bug’-isitish -24 soat uyģotish -issiq va sovuq suv -tozalash -dush kabinasi -xona xizmati 3-rasm "ASSON" mehmonxonasidagi bir kishilik xonalar katta karavotlar bilan jihozlangan. Superior bir kishilik xonalarda bitta katta karavot, kofe stoli, yengil stul, stol chiroqi, shippak, televizor, shkaf, choyshab va dush mavjud
Qulay mebellar bilan jihozlangan ikki kishilik shinam xonalarimiz bitta sayohatchi yoki er-xotin uchun mos keladi. Superior ikki kishilik xonalarda ikkita katta karavot, kofe stoli, stul, stol chiroqi, shippak, televizor, shkaf, choyshab va dush mavjud. Download 131.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling