O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Davlatlarning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorligi


Download 1.44 Mb.
bet143/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t


2. Davlatlarning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorligi


Iqtisodiy iinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmi xalqaro jinoyat huquqining muhim elementlaridan biri, huquqiy poydevori hisoblanadi. Xalqaro jinoyat huquqi ushbu huquqiy poydevorning asosini tashkil etadi. Hamkorlikda qatnashayotgan davlatlarning ichki (milliy) jinoyat qonunchiligi xalqaro jinoyat huquqi bilan mustahkam bog‘langan va bir-biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu murakkab jarayon kompleks huquqiy blokni tashkil etadi.
Shu o‘rinda xalqaro jinoyat huquqi tarmog‘i shakllangan bo‘lsada, lekin jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solish masalasi o‘zining to‘liq yechimini topgani yo‘q. Bundan tashqari, xalqaro jinoyat huquqi mazmuni, tushunchasini oydinlashtirish borasidagi muammolar, normalar, institutlar, davlatlarning ichki (milliy) jinoyat huquqi va xalqaro huquq tarmoqlari bilan aloqadorligini aniqlashtirish dolzarb bo‘lib, u turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va hozirda ham qiziqish uyg‘otmoqda.
Xalqaro jinoyat huquqi konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishida XX asr bo‘sag‘asida davlatlar tomonidan alohida turdagi jinoyatlarga qarshi kurash borasida (qulchilik, qaroqchilik, terrorizm, pulni qalbakilashtirish va hokazo) konvensiyalarning qabul qilinishi, jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarida o‘tkazilgan konferensiyalar, majlislar hamda xalqaro kongresslarning tavsiyalari va qarorlari katta ahamiyat kasb etdi.
Yangi xalqaro jinoyat huquqi tarmog‘ini tuzish g‘oyasining tashabbuskori kim: xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislarmi yoki kriminalistlarmi? degan savolga bo‘lsa haligacha aniq javob yo‘q. Bizning fikrimizcha, bu borada ushbu ishda ustunlik xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislarga tegishlidir. Aynan shuning uchun ular oldiga jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik munosabatlarida hal etilishi zarur yangi muammolar qo‘yilgan.
Xalqaro huquqning buzilishi umumiy xavf tug‘ilishiga olib keladi. Shu bois bundan nafaqat jabr ko‘rgan davlatlar, balki xalqaro huquqni himoya qilish uchun yetarli kuchga ega davlatlar ham unga qarshilik ko‘rsatmog‘i lozim. Xalqaro jinoyat huquqi xalqaro muomala sohasida, o‘zining jazolovchi hokimiyatini amalga oshirishda davlatlarning bir-biriga yordam berish shartlarini belgilovchi yuridik normalar majmuini o‘z ichiga oladi.
1927 yili Varshavada jinoyat huquqini unifikatsiya qilish borasida I Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu konferensiyada xalqaro huquqiy tartibotga tajovuz qiluvchi jinoyatlar qatoriga qaroqchilik, pul belgilarini qalbakilashtirish, odam savdosi, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda aylantirish, pornografik buyumlarni tarqatish kabilar kiritildi.
Keyinchalik shunga o‘xshash yana uchta konferensiya o‘tkazildi. Ularda jinoyatchilarni qaytarib berish jarayonini tartibga solish, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasi oldida turgan muammolar va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha jinoyat qonunchiligini unifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro jinoyat huquqining shakllanishida 1945 yil 8 avgustda qabul qilingan Xalqaro harbiy tribunal Nizomi katta ahamiyat kasb etdi. BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan ushbu Nizomda xalqaro jinoyatlarni sodir etgan jismoniy shaxslarni yakka tartibda jinoiy javobgarlikka tortish prinsipi umum e‘tirof etilgan xalqaro huquqiy norma sifatida mustahkamlangan.




    1. Download 1.44 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling