O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi toshkent davlat texnika universititeti qo'qon filiali


Download 1.49 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1142788
Bog'liq
Rajabboyev Muzaffar (1)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI QO'QON FILIALI

“Elektr aparatlarining elektr ta’minoti“

Fanidan

M U S T A Q I L I S H

Mavzu:Yoqilg‘ili elektr ta’minoti manbaalari

Guruh: 15-21 (EAIChT)

Bajardi: Rajabboyev M

Tekshirdi: Ergashev Q

1.Energiya manbalari nima

2.Elektr enyergiyasi sanoati.

3.Elektr stansiyalari.


Reja:
  • Quyosh energiyasi: Nomidan ko'rinib turibdiki, bu energiya quyosh nuri yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Shuningdek, texnologik taraqqiyot tufayli quyosh energiyasi taniqli quyosh panellari va quyosh avtomobillarini keltirib chiqardi.
  • Gidroelektr quvvati: Oldingi energiya turlaridan farqli o'laroq, gidroelektr energiyasi energiya ishlab chiqarish uchun suvdan foydalanadi. Ushbu jarayon to'g'on yoki gidroelektr stantsiyasida sodir bo'ladi.
  • Shamol kuchi: Agar biz tabiiy boyliklar haqida gapirgan bo'lsak, shamol haqida gapirish vaqti keldi. Bu shamol turbinalari yoki shamol tegirmonlari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mas'ul bo'lgan shamol energetikasida muhim rol o'ynaydi.
  • Biomassa: Bu shuningdek tabiatda energiya ishlab chiqarish uchun quyosh nurlaridan foydalanish bilan bog'liq.
  • Geotermik energiya: eng muhim qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri bo'lgan geotermik energiyadan foydalanish.
  • Termodinamika: Agar biz ushbu turdagi energiya haqida gapiradigan bo'lsak, qayta tiklanadigan manbalarda issiqlik uzatish hali ham muhim ahamiyatga ega.

 Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan yoqilgʻiga moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda.
Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik shaharlarda quriladi. Bu soha boʻyicha Rossiya jahonda yetakchi hisoblanadi. Gidroelektr stantsiyalarda (GES) energiya ishlab chiqarish toʻxtovsiz oqib tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past boʻladi. GESlar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar majmuidir.
Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiqsuyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtcariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi
• Atom energiyasi — bu, atomlardan olinadigan energiya. Har bir atom energiya zarrachalaridan iborat. Bu energiya esa atomdagi barcha zarrachalarni bir butunlikka aylantiradi. Shu sababli atom energiyasida atom yadrosi energiya manbai hisoblanadi. Bu energiya atomning parchalanishi paytida ajralib chiqadi.
• Atom elektr stansiyalari ham ishlash prinsipi bo’yicha Issiqlik elektr stansiyalaridan farq qilmaydi, faqatgina atom elektr stansiyalarida reactor qurilmasi mavjud bo’lib, unda yadroviy element hisoblangan moddalar Uran va Plutoniy atomlaridan birlamchi yonilg’I sifatida foydalanamiz. • Yadro reaktorida ishlab chiqariladigan issiqlik maxsus quvurlardan yurgiziladigan suvga o’tkaziladi. Suv qaynaydigan darajada isitiladi va issiqlikka almashtiruvchi bo’linmaga o’tkaziladi, u yerda tashqi tomondan keladigan suv bug’lantiriladi. Issiq bug’ quvur tomonga yo’naltirilgach, generatorni aylantiradi, generator esa elektr energiya ishlab chiqaradi. Quvurlardan chiqadigan issiq suv isitiga uchun ishlatiladi.
Atom energetikasi sanoati. Hozirgi kunda yer yuzidagi 30 mamlakatda atom elektrostansiyalari bo‘lib, ular umumiy iste’mol qilinadigan elektroenergiyaning 17 % ni ishlab chiqadi. • Yer yuzidagi atom elektrostansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 360 GVt ni tashkil qiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar – AQShda 98 GVt, Fransiyada 63 GVt, Yaponiyada 44 GVt, Angliyada 13 GVt, Rossiyada 20 GVt va Germaniyada 22 GVt elektroenergiya ishlab chiqiladi. • Xalqaro MAGATE tashkilotining ma’lumotiga qaraganda AESlar uchun yadro yoqilg‘isi zahiralari hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Yadro yoqilg‘isi xom ashyosi - boyitilgan uranning zahiralari dunyodagi barcha AESlarni 3000 yil to‘xtovsiz ishlashiga yetadi.
Dunyodagi 50 mamlakatda uran rudasi resurslari mavjud, ammo uni faqatgina 25 mamlakat ishlab chiqaradi. Uran qazib olish bo‘yicha Kanada (yiliga 8500 tonna), Avstraliya (6500 tonna), Namibiya va Nigeriya (har qaysisi 2900 tonnadan) hamda Rossiya (2600 tonna) mamlakatlari yetakchi o‘rinlarni egallaydilar. Uran xomashyosini qazib olish uchun 1 kg ga 40 dollar xarajat qilinadigan dunyo zahiralari 1,32 mln.tonnani tashkil qilsa, 1 kg ga 130 dollar xarajat qilinadigan zahiralar 4 mln. tonnani tashkil qiladi. Dunyodagi barcha AESlarni ishlashi uchun 64 ming tonna uran talab qilinadi.
Atom energetikasi sanoati. Hozirgi kunda yer yuzidagi 30 mamlakatda atom elektrostansiyalari bo‘lib, ular umumiy iste’mol qilinadigan elektroenergiyaning 17 % ni ishlab chiqadi. • Yer yuzidagi atom elektrostansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 360 GVt ni tashkil qiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar – AQShda 98 GVt, Fransiyada 63 GVt, Yaponiyada 44 GVt, Angliyada 13 GVt, Rossiyada 20 GVt va Germaniyada 22 GVt elektroenergiya ishlab chiqiladi. • Xalqaro MAGATE tashkilotining ma’lumotiga qaraganda AESlar uchun yadro yoqilg‘isi zahiralari hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Yadro yoqilg‘isi xom ashyosi - boyitilgan uranning zahiralari dunyodagi barcha AESlarni 3000 yil to‘xtovsiz ishlashiga yetadi.
• Dunyodagi 50 mamlakatda uran rudasi resurslari mavjud, ammo uni faqatgina 25 mamlakat ishlab chiqaradi. Uran qazib olish bo‘yicha Kanada (yiliga 8500 tonna), Avstraliya (6500 tonna), Namibiya va Nigeriya (har qaysisi 2900 tonnadan) hamda Rossiya (2600 tonna) mamlakatlari yetakchi o‘rinlarni egallaydilar. Uran xomashyosini qazib olish uchun 1 kg ga 40 dollar xarajat qilinadigan dunyo zahiralari 1,32 mln.tonnani tashkil qilsa, 1 kg ga 130 dollar xarajat qilinadigan zahiralar 4 mln. tonnani tashkil qiladi. Dunyodagi barcha AESlarni ishlashi uchun 64 ming tonna uran talab qilinadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling