O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Turizm sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o ‘rni
Download 60.25 Kb.
|
kurs ishi isoqov
1.Turizm sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o ‘rni
Ekspertlarning baholashicha, XXI asrda jahon iqtisodiyotini hanikatga kellinivchi kuch turizm boMadi. 2010-yilga borib dunyoda turistlik sayohatlar soni ikki marta ko'payishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kundayoq l'oydaliligi bo‘yicha turistlik xizmatlar eksporti va importi jahon mahsulot aylanmasida uchinchi o‘rinni egallamoqda va dunyo yalpi ichki mahsulotida o‘ndan bir qismni tashkil qilmoqda. Iqtisodiy l'aoliyatning ko‘plab sohalari uchun turistlik biznesni rivojlantirishning ahamiyati naqadar kaltaligini baholash qiyin. Turizm tashqi iqtisodiy aloqalarda alohida o'rin tutadi. Undan olinadigan daromadlar xorijga mahsulot va mehnat chiqarmay turib chet el valutasini olishning muhim usullaridan biri hisoblanadi. Turistlik biznesning «valutaning ko‘rinmas eksportchisi» deb atalishi bejiz emas. Turizmdan olinadigan mablag1 lushumlari daromadga aylanadi va iqtisodiyotning turli sohalarida aylanislida davom etadi. Eng yirik yuqori daromadli va eng dinamik tarmoqlardan biri bo'lmish, daromadliligi bo‘yicha faqat neft qazib olish va qayta ishlashdan keyin luradigan turizm, Butunjahon turistlik tashkilotinmg (BTT) tahliliga ko'ra sayyoramiz ishlab chiqarish-servis bozorining 10% ini la’minlaydi. Dunyo ichki milliy mahsulotining 6%, jahondagi investilsiyalarning 7%, dunyo iste’mol xarajatlarining 11%, butun soliq lushumlarining 5—6%, har lb-ishchi o'rni mana shu mehmondo‘stlik sohasiga to‘g‘ri keladi. Keltirilgan raqamlar turizm sohasi faoliyat ko‘rsatishining bevosita samarasini tavsiflaydi. Sol iqtisodiy samara bilan birga, bu soha inson hayotiy kuchining qayta tiklaiiishi va o'z bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishini ta'minlaydi. Ilmiy-texnik taraqqiyot bir lomondan jismoniy charchashning kamayishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkiiichi tomondan asabiy zo’riqishlarga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan dam olishni rejalashtirish va tashkillashtirishning roli oshib bormoqda. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yilda birinchi marotaba turizmni qishloq xo‘jaligi, sanoat, ta’lim, ijtimoiy ta’minot singari ustuvor yo‘nalishlar kabi mamlakatni kompleks rivojlantirish rejasining tarkibiy qismi sifatida chora-tadbirlar qabul qilish zamrligini belgiladi. Shunday qilib. boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat kabi turizm rasmiy ravishda tarmoq sifatida tan olindi va davlat tomonidan e ’tibor qilinishi ta’kidlandi. Hozirgi sharoitdn bu tarmoqning ahamiyati va uning xalqaro, jumladan hukumatlararo va shaxslararo munosabatlarga ta’siri ham doimiy ravishda o‘sib bormoqda. «Turizmni awalambor, mamlakatlar va qit ’alar o‘rtasidagi munosabatlar jihatidan olib qarash kerak. Xalqaro turistlik aloqalar qanchahk muntazam tus olaversa, jahon iqtisodiyoti shunchalik oldindan bashorat qilinishi, dunyo konyunkturasi esa shunchahk barqaror bo‘lishi mumkin». Turistlik bizncs har qanday davlat, viloyat, tumanning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodchilarning baholariga qaraganda, undan olinadigan pul tushumlari bir yil davomida 3 martadan besh martagacha muomalada bo‘ladi. Katta mablag‘lar talab qilishiga qaramay, turizm sohasiga kapital qo‘yish ancha foydahdir. chunki bu mablag‘lar nisbatan tezroq o‘zini oqlaydi. bundan tashqari ko‘proq xorijiy valutada sarmoya kelliradi. Hozirgi kiinda 0 ‘zbekistonda turizmdan olinadigan lushiunlar yuqori sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda. Butunjahon turizm tashkilotining (BTT) bashoratiga qaraganda, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan keyin xalqaro turizmdan olinadigan daromadlarning umumiy hajmi yana katta sur’atlar bilan rivojlanadi. Shularni hisobga olib turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. 0 ‘zbekiston Respubhkasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib. Butunjahon turistlik tashkiloti ekspertlarining bashorati buni to‘la tasdiqlamoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillardagi barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklarga qaramay, mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz mahsuJotlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmoqlaridan biridir. 0 ‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zaxur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga boy tarixiv, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Yuqorida ko'rsatilgan omillarga muhim ahamiyat berilar ekan, O'zbekiston Respublikasida ham turizm sohasini rivojlantirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi va ichki muhitning tez o'zgarib turishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston turizm bozorini rivoilantirishda ham bir qator muammolar mavjudligmi tan olish zarur. Olz navbatida bunday holat turizm tarmog‘iga valuta mablag”lari va mamlakatimiz hamda xorijiy investorlar tomonidan qo'yiladigan investitsiyalar hajmining kamayishiga olib keladi. Butun dunyoda turizmning rivojlanishi katta foyda keltirmoqda va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ko'maklashmoqda. Bu o'z navbatida hozirgi kunda O'zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim omildir. Turizm bozori doimiy rivojlantirish va nazorat qilish asosida boshqarishga muhtoj bo‘lib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish zarur. Shundagina turizm davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi, shuningdek, ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiymadaniy jarayonlarga yaxshi ta’sir ko'rsatishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuni turizmni rivojlantirish bo'yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog'ining oyoqqa turishi uchun me’yoriy-huquqiv baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi. So‘nggi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin o‘zgarmoqda. Ular turizmda milliy iqtisodiyotning o‘sishini, bozor munosabatlarini shakllantirish, davlat budjetiga katta mablag‘lar tushishining amaliy usulini, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishni, dam olish vaqtini mazmunli o'tkazish shaklini va aholini xnamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usullarini ko'rmoqdalar. Xorijiy mutaxassislar 0 ‘zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistlik jihatdan istiqboli porloq mamlakatlar jumlasiga kiritadilar. Download 60.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling