O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti fan: Ekonometrika Mavzu


Inson kapitaliga investitsiyalar – O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni shakllantirish uchun asos sifatida


Download 427.66 Kb.
bet2/5
Sana11.02.2023
Hajmi427.66 Kb.
#1190315
1   2   3   4   5
Bog'liq
SMM-50 Qurbonboyev Sarvar. Ekonometrika

Inson kapitaliga investitsiyalar – O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni shakllantirish uchun asos sifatida 
Islohotlarning inson tafakkurini o‘zgartirishga yo‘naltirilganligi ularning muhim tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadi, chunki aynan ular yangi O‘zbekistonni yaratuvchilardir. Insoniy kapital sifati – har qanday modernizaiya va iqtisodiy muvaffaqiyatning eng muhim poydevoridir. Biroq buning ortida quruq formulalar va mulohazalar emas, balki, avvalo, asosida harakatlar strategiyasi quriladigan g‘oyalar turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uchinchi Renessans” g‘oyasi shunday g‘oya bo‘ladi. 
Uning mohiyati shundan iboratki, u, bir tomondan, qachonlardir zamonaviy O‘zbekiston hududi o‘z bilimlarini boshqa sivilizatsiya va xalqlarga beradigan jahon ilmiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyot markazi bo‘lganligi to‘g‘risidagi xotira yashaydigan o‘tmishga, ma’naviy-tarixiy ildizlarga, milliy o‘z-o‘zini anglash va madaniyatning chuqur qatlamlariga murojaat qiladi. Bunday intellektual gullab-yashnash davrlari Birinchi “ma’rifat” Renessansi (IX-XII asrlar) va Ikkinchi “temuriylar” Renessansi (XIV-XV asrlar) bo‘lgan. Boshqa tomondan, Uchinchi Renessans g‘oyasi hozir va kelajakka qaratilgan. Dunyoda xalqlar iqtisodiyoti va farovonligini, ularning XXI asrdagi raqobatbardoshliligini belgilab beradigan axborot-kommunikatsiya sohasidagi ilg‘or bilimlari asosida yangi ilmiy-texnik inqilob bormoqda. O‘zbekiston uchun bu chorlov va ayni vaqtda global taraqqiyot avangardiga kirishning tarixiy imkoniyatidir, biroq uning buni qilishini asoslaridan biri ta’lim tizimi bo‘lishi zarur bo‘lgan tiklanishning uchinchi davri doirasidagina mumkin bo‘ladi. 
Modomiki, uzoq muddatli maqsad aniq bo‘larkan, unda ta’lim islohoti unga muvofiq ravishda tizimli xarakter kasb etdi. Birinchi navbatda, maktabgacha ta’limga yuqori e’tibor ajratila boshlandi, chunki aynan bolalik davrida tafakkur, bilimga muhabbat, ma’naviy va estetik tasavvurlarga muhim asos joylanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun 2017 yili Maktabgacha ta’lim vazirligi bunyod etildi va 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar natijasida 2020 yilga kelib bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 2015 yil ko‘rsatkichlariga solishtirganda bir necha barobarga ortdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida – 3,4 barobarga, Jizzaxda – 4 marotaba, Namanganda– 3 marotaba, Samarqandda – 3,1 barobarga va Toshkent viloyatida – 1,6 barobarga o‘sdi. Bu beshta viloyatda respublikadagi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan umumiy bolalar sonidan 43,9foiz bolalar istiqomat qiladilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2020 yil dekabridagi Oliy Majlisga murojaatida 2023 yil yakuniga qadar maktabgacha ta’limga qamrovni 75 foizgacha oshirish maqsadini qo‘ydi.Byudjetdan ajratilgan 600 mlrd so‘m subsidiyaga 2 mingta nodavlat bolalar bog‘chalari tashkil etilishi zarur. Bu sohada xususiy sektor ulushi ham 25 foizgacha o‘sishi darkor. Bunda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab va maktabgacha ta’limga bepul tayyorgarlik tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.
Parallel ravishda maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022 yildan boshlab metodologik, institutsional, infratuzilmaviy xarakterdagi bir necha yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladigan maktab ta’limi tizimini isloh qilishning yangi bosqichiga start berildi. Birinchidan, bu yangi metodikalar asosida o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularni mamlakat mintaqalari hamda har bir tumandagi maktablarning 20 foiziga tatbiq etish dasturidir. Moliyalash hajmi 100 mln dollar qilib belgilangan. Shuningdek, o‘qituvchilarning jamiyatdagi maqomini oshirish va ularning daromadlarini ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlar ham ko‘riladi. Islohotlar maktab direktorlariga daxl qiladi – yangi o‘quv yilidan boshlab ularni sertifikatlash tizimi kiritiladi, shu asosdabu lavozimga nomzodlar saralanadi. 
Ikkinchidan, to‘lib ketgan maktablar, shuningdek, maktablarni ta’minlash va ularni zamonaviy kompyuter asbob-uskunalari va yuqori tezlikdagi Internet bilan jihozlash muammolari hal qilinadi. Uchinchidan, zamonaviy davr talablarini inobatga olgan holda 193 ta ta’lim muassasalari negizida tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishi bo‘lgan maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan. To‘rtinchidan, maktablarda ma’naviy muhitni tubdan yaxshilashning yangi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Mamlakatimiz poytaxti va hududlarida intellektual qobiliyatlarni maksimal darajada ochib berish maqsadida yosh iste’dodlarni aniqlash, ularni ko‘p tarmoqli ilg‘or ta’lim muhitiga integratsiyalashga ixtisoslashgan Prezident maktablarining paydo bo‘layotganligi alohida e’tiborga molik. Bundan tashqari, oxirgi yillarda O‘zbekistonda nodavlat maktab muassasalarining rivojlangan tarmog‘i paydo bo‘ldi.
Yosh avlodning oliy maxsus ta’lim olishga o‘sib borayotgan istagi fonida oliy ta’lim tizimi jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. 2020 yilda O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun ariza berishning eng yuqori ko‘rsatkichi – deyarli 1,5 mln. abituriyent qayd qilindi. 2022-2023 o‘quv yiliga davlat buyurtmasi bakalavriat uchun – 110,707 nafar talabani, magistratura uchun – 10,688 ming talabani tashkil etdi.
Hukumat tegishli ta’lim infratuzilmasini yaratadi va ta’lim bozorini iqtisodiy o‘sishning haydovchisiga aylantirishga hamda ilmiy va kadrlarga oid bazani mustahkamlashga ko‘maklashadi. 2022 yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 162 ta oliy o‘quv yurti faoliyat yuritadi. Bunda 25 ta oliy o‘quv yurti nodavlat universiteti, xorijiy universitetlar va filiallar miqdori esa 30 taga yetdi. Joriy yilda bir necha universitetlar yangidan ochildi yoki qayta tashkil etildi. Masofaviy ta’lim tizimining joriy etilganligini ta’kidlash mumkin. «IT-ParkUniversity»onlayn-universitetining ochilishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Umuman olganda, oliy ta’lim bilan qamrab olish 28 foizdan 38foizgacha o‘sdi. 
Oliy ta’lim tizimida barcha uchun teng va sifatli ta’limni taqdim etish, shuningdek, gender tenglik taomillari faol tatbiq etilmoqda, oliy ta’lim muassasalariga kirishda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan qizlar uchun grantlar miqdori ikki barobarga oshirildi. Bundan tashqari, davlat universitetlariga akademik va boshqaruvda mustaqillikni taqdim etish sohasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozircha 35 ta universitet akademik va moliyaviy mustaqillikni oldilar, biroq bu ro‘yxatni kengaytirish rejalashtirilgan. 

Download 427.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling