O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti “tasdiqlayman


Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar


Download 18.09 Kb.
bet3/5
Sana20.02.2023
Hajmi18.09 Kb.
#1216272
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yadro reaktorlari fizikasi

2.4. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar.
Mustaqil ish jarayonida talaba taʼlim texnologiyalariga oid adabiyotlar, internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, auditoriya mashg‘ulotlari paytida qabul qilgan axborotni to‘g‘ri mushohada qilish qobiliyatini ko‘rsatishi zarur.
Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Zamonaviy reaktorlar.
2. Zamonoviy yadro materiallari.
3. Reaktorlarning sanoatda qo‘llanilishi.
4. Neytron-bor terapiyasi.
5. Kichik AES, ulardan kemazozlik va kosmosda foydalanish.
6. Ilmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladigan reaktorlar.
7. Uran va plutoniy uchun kritik massa.
8. Yadro energetikasining iqtisodiyoti.
9. Yadro reaktorlari.
10. Ilmiy-ishlar uchun yadro reaktorlari.
11. Issiqlik beruvchi AES.
12. Yadro yoqilgi siklining iqtisodiy asoslari.
13. Transmutatsiyaning asosiy bosqichlari.
14. Birlashgan energosistemalarni tashkil qilish jarayoni.
15. Sistemalararo bog‘lanish tiplari: o‘zgaruvchan tokni havo liniyalari orqali uzatish; o‘zgaruchan tokni yer osti kabellari orqali uzatish;
16. Energiyani yuqori kuchlanishli doimiy tok vositasida uzatish.
17. Transnatsional va transkontinental energosistemalarni tashkil qilish perspektivalari.
18. Yangi tipdagi reaktorlar. Yangi yadro yoqilgisi. Yopiq shaklidagi yadro yoqilgi siklini yaratish.
19. AES ishlatib bo‘lingan yadro yoqilgisining radioaktivligini kamaytirish usullari. Yoqilgi siklida muhandislik va ekologik xavfsizlik masalalari.
20. Tezlatgichlar vositasida boshqariladigan transmutatsiya sistemasi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.



3.

Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- atom elektrostansiyalari va yadro reaktorlarining fizikaviy asoslari va ularning ishlash tamoyillari, zamonaviy reaktorlardan foydalanib elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqishning fizik asoslarini va reaktorlardan turli sohalarda, jumladan dengiz va kosmik kemalar uchun yadro energetik qurilmalar sifatida foydalanishning fizikaviy asoslarini va ularda kechadigan fizik jarayonlar mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar haqida tassavvurga ega bo‘lishi;
- yadro reaktorlarini ishlash sistemalari va ishchi rejimining nazariy asoslarini bilishi va ulardan foydalana olish;
- yadro reaktorlarini texnologik jarayonlarini nazorat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 18.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling