O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mavzu: “O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini ustuvor yo‘nalishlari” Ilmiy rahbar


Download 161.5 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1235375
  1   2   3
Bog'liq
Abdullayev Dilshod


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MAVZU: “O‘ZBEKISTONDA HAYOT SUG‘URTASINI USTUVOR YO‘NALISHLARI”


Ilmiy rahbar: Toshkent moliya instituti
“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Hamraeva Feruza SHodibek qizi


Bajardi: Toshkent moliya instituti
“Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti
BPI-50 guruhi talabasi
Abdullaev Dilshodbek
T OSHKENT 2022
Mavzuning dolzarbligi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.
So‘ngi yillarda respublikamizda sug‘urta xizmatlari bozorini taraqqiy ettirish, tarmoqda bozor mexanizmlarini keng ko‘lamda joriy etish yuzasidan e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 21-maydagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuv darajasini oshirish, ularning respublika hududlarida agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan vazifalarning istiqbolda bajarilishi “Hayot sug’urtasini” yanada modernizatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash jarayonida sug‘urta olamining yetuk amaliyotchi mutaxassislari bilan bir qatorda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlarida soha bilan bevosita yaqindan tanish bo‘lgan olimlarning ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov 2012-yil 16-17-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Bilimli va aqlzakovatli yetuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti» mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi nutqlarida ta’lim, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolini alohida e’tirof etdilar. O‘zbekistonda Hayot sug’urtasini rivojlantirishning yo‘nalishlaridan biri sug‘urta tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining ko‘lami va sifatini oshirish masalasidir. To‘g‘ri, so‘ngi yillarda sug‘urtalovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish saviyasini oshirish borasida bir muncha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Ammo tadqiqotlarning ko‘rsatishicha va bozor ekspertlarining fikricha, respublikamiz sug‘urta bozorida chakana sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish talab darajasida emas. Bunga jiddiy e’tibor qaratishning asosiy sababi shundaki, chakana xizmatlar orqali aholining keng qatlamini sug‘urta himoyasiga olish imkoniyati tug‘iladi. Mamlakat hayot sug’urtasini isloh qilish va rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi, fikrimizcha, mijozlarning sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishlarini umumlashtirish va amaliy choralar ishlab chiqish maqsadida sohada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish ishlarini faollashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu jarayonda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyalari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu pirovardida, nafaqat sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning miqdor ko‘rsatkichlariga, balki sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta bozorini yanada modernizatsiya va isloh qilish kompleks xarakterga ega tizim bo‘lib, uni amalga oshirish hayot sug’urtasi, sohaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va konsalting kompaniyalarining samarali faoliyat yuritishlariga bog‘liq.



Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling