O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi


-Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari


Download 0.77 Mb.
bet10/77
Sana28.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1235970
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
mehnat muhofazasi to\'plam2

-Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari
Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:

  1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.

  2. Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.

  1. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.

  2. Xafsizlik texnikasi asoslari.

  3. Yong‘in xavfsizligi.

  4. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining
ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning asosiy yo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiy- iqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim - mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish yo‘llari va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Tashkiliy asoslarida ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalari- ning roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fu- qarolarning mehnat qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish yo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling