O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi


-Mavzu nomi:Korxonada mehnat xavfsizligi talablari


Download 0.77 Mb.
bet29/77
Sana28.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1235970
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
mehnat muhofazasi to\'plam2

7-Mavzu nomi:Korxonada mehnat xavfsizligi talablari

1 Mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilishni nazorat qilish.


2 Mehnat muhofazasi bo'yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish qaysi davlat tashkilotlariga topshirilgan:

1. O'zbekistan Respublikasi Mexnat vazirligi. Mehnat muhofazasi Davlat texnik nozirligi;


2. Davlat kon texnik nazorati agentligi;
3. Respublika sanepidemstantsiya nazorati;
4. Davlat yong'in nazorati;
5. Davlat energiya nazorati.
I. Mexnat muhofazasi Davlat texnik nozirligi.
Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo'yicha me'yor va qoidalariga rioya qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga rioya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o'z texnik noziriga ega.
P. Davlat kon texnik nazorati agentligi. Bu tashkilot bug' qozonlarining to'g'ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko'tarish mashinalari (ko'tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
III. Respublika sanepidemstantsiya nazorati. Bu tashkilot havoni, suvni va tuproqni
ifloslanishdan ogoxlantirish, shovqin va titrashni yo'qotish, sexlarning sa¬nitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
IV. Davlat yongin nazorati — bu tashkilot yonginga qarshi tadbirlarni, o't o'chirish
vositalarining holatini, yong'in haqida xabar berish vositalarining ishini nazo¬rat qiladi.
V. Davlat energiya nazorati — bu tashkilot korxonalardagi energiya sistemalarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.Hozirgi paytda ko'pgina sanoat tarmoqlari korxonalarida uch pog'onali nazorat keng joriy qilingan:
I pog'ona — har kuni usta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko'rishadi.
II pog'ona — har hafta sex boshlig'i katta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko'rishadi.
III pog'ona — har oyda bir marta korxona bosh muxandisi mehnat muhofazasi muxandisi bilan birgalikda shu ish joylarini aylanib chiqishadi. Bu nazorat bo'yicha korxonada qaror chiqariladi. Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati O'zbekistan Respublikasi Mehnat vazirligiga yuklatilgan.
MEHNAT MUHOFAZASI QONUNLARI BUZILGANLIGI UCHUN JAVOBGARLIK TURLARI
Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me'yorlarining buzilishi uchun qat'iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari (3 turlidir):
1. Ma'muriy javobgarlik (uyaltirish, hayfsan e'lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o'tkazish, imtiyozlarni cheklash).
2. Jinoiy javobgarlik. O'zbekistan Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
- qoidaning buzilishi baxtsiz xodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan maxrum qilish yoki besh minimal ish haqi mikdorida jarima yoki ishdan bo'shatish choralari qo'llanadi;
- qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yuqotishga olib kelsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qo'llanadi;
- qoidaning buzilishi kishining o'limiga yoki bir necha kishining og'ir tan jarohatiga sabab bo'lsa, 5 yilgacha ozodlikdan maxrum bo'lishi mumkin;
- korxonadan chiqayottan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki besh minimal ish haki miqdoricha jarima to'lanadi.
3. Moddiy javobgarlik.
Qonunsiz ravishda ishdan bo'shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga to'lanadigan hakni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki to'liq undirib olish.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling