Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 282.09 Kb. Pdf ko'rish
|
8 1 Бизнесда бухгалтерия хисоби Sillabus
I. Fan tavsifi Ushbu fan “Biznesda buxgalteriya hisobi” deb nomlanib, unda sizga biznesni qanday qilib samarali va axloqiy tarzda ishlashini oʻrgatadi va bunga erishish uchun moliya mutaxassislarining muhim rolini namoyish etadi, bu kurs birinchi kursning ikkinchi semestrida oʻqitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fanning maqsadi talabalarda turli biznes muhitlarida rejalashtirish, nazorat qilish va monitoringni boshqarishda menejmentni qoʻllab-quvvatlash uchun buxgalteriya hisobi uslublari toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni rivojlantirish. Fanning asosiy jihati siz biznesni atrof-muhit nuqtayi nazarida tushunasiz, shu jumladan boshqaruv, bandlik, sogʻliqni saqlash va xavfsizlik, maʼlumotlarni himoya qilish va xavfsizlik kabi jihatlarga iqtisodiy, huquqiy va tartibga soluvchi taʼsirlarni ham organasiz. Fan 6 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzuda biznesni tashkil etishning maqsadi va turlari, biznes tashkilotlaridagi sheriklar, siyosiy, huquqiy va biznesga taʼsir etuvchi boshqa omillari keltirilgan. Ikkinchi mavzuda rasmiy va norasmiy biznes tashkiloti, korxonaning tashkiliy tuzilishi va dizayni, biznesda tashkiliy madaniyat, biznes tashkilotlaridagi qoʻmitalar, davlat boshqaruvi va ijtimoiy javobgarlik biznesi keltirilgan. Uchinchi mavzu buxgalteriya va boshqa biznes funksiyalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqligi, biznes tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliya funksiyalari, buxgalteriya hisobi va auditni tartibga soluvchi qonun va meʼyorlar, biznes tarafdan taminlangan ichki va tashqi moliyaviy malumotlarning manbasi va maqsadi, moliyaviy tizimlar, ichki boshqaruv, avtorizatsiya, maʼlumotlarning xavfsizligi va biznes ichidagi muvofiqlik, firibgarlik va firibgarlik xatti-harakati va ular biznesdagi, shu jumladan korrupsiya haqida maʼlumot beradi. Toʻrtinchi mavzu yetakchilik, boshqaruv va nazorat, xodimlarni tanlash va ishga olish, biznes tashkilotlaridagi individual va guruhiy xatti-harakatlar, jamoaning shakllanishi, rivojlanishi va boshqaruv, odamlar va guruhlarni ragʻbatlantirish, ish joyida oʻrganish va oʻqitish, shaxsiy koʻrsatkichlarni koʻrib chiqish va baholashni yoritib beradi. Beshinchi mavzuda shaxsiy samaradorlik usullari, ishda samarasizlik oqibatlari, vakolat doirasi va shaxsiy rivojlanish, mojarolar manbalari va nizolarni hal qilish va yoʻnaltirish usullari, biznesda muloqot tushuntiriladi. Oltinchi mavzuda axloqiy xatti-harakatlarning asosiy prinsiplari, buxgalteriya faoliyatida axloqiy va professional standartlarni ilgari surishda tartibga soluvchi va professional organlarning roli, korporativ etika kodeksi, axloqiy nizolar va dilemmalar haqida fikrlar bayon etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling