O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi


Download 0.78 Mb.
bet17/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1350507
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
mehnat muhofazasi to\'plam2 (Lotincha)

3 -Mavzu nomi:Tikuvchilik korxonalari tayanch bo’limida hamollatish, chang ajralib chiqish, shovqin va titrashni kamaytirish usullari
REJA:
1.Tayanch bo'limida texnika xavfsizligi
2. Shovqin va titrashni kamaytirish usullari
Tayanch bo'limida xavfsizlik texnikasi – bu baxtsiz hodisalardan ogohlantirish, xavfsiz ish usullariga o'qitish bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar majmuasidir. Odatda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari ishchilarning zarur ish malakalarini yetarli o'zlashtirmaganliklari, asbob va uskunalar bilan ishlashda malakalari yetarli emasligi va xavfsizlik texnikasi yuriqnomalariga yetarli rioya qilmasliklaridir. Ishlab chiqarish uskunalarini boshqarishga tibbiy korikdan otgan va oz kasbi xajmida xavfsizlik texnikasi qoidalarini biladiganlar qoyiladi. Uskunada ustki kiyimda, sharf, galstuk taqqan holda, keng, uzun va tor, tugmalari taqilmagan ish kiyimlarida, sochlari durracha ostiga yashirilmagan holda ishlash ta'qiqlanadi. Ishni boshlashdan avval uskunaning xarakatdagi qismlari tosiqlar bilan ta'minlanganligi, qopqoq va eshiklari blokirovkalovchi moslamalar bilan ta'minlanganligi va elektr simlarining ishonchli ixrtalanganligi sinchiklab tekshirib chizdilishi kerak. Agar mashinada ish otirib bajarilsa, orindiqlarning va oyoq osti tagliklarining holatlari qulay bolishiga e'tibor berish kerak. Uskunalarni boshqarish katta kuch talab qilmasligi kerak. Belgilangan me'yorlarga binoan boshqaruv tugmalarini bosish va turli elektr asboblari dastaklarini burash 2-3 N dan ortiq, kuch talab qilmasligi kerak. Muntazam ishlatiladigan richaglar, shturval va maxoviklar 40 N dan kam bolmagan kuch bilan ishga tushirilishi kerak.
Tepkilarni bosish uchun turib ishlaganda 35 N dan va otirib ishlaganda 27 N dan oshmagan kuch talab qilinadi. Uskunani tozalash, moylash xamda qayishlarini kiygizish faqat elektr dvigateli uchirilgan holdagina bajarilishi mumkin.Moylangan lattalarni ish joylariga yoki duch kelgan joylarga tashlab ketish mumkin emas. Ularni metalldan yasalgan, qopqoqli maxsus yashiklarda yig'ish kerak. Uskunada qandaydir nosozlik sezilishi bilan darhol ustaga xabar berish kerak. Uskunadan uzoqlashganda uning elektr dvigatelini o'chirish esdan chiqmasligi kerak. Sexdagi barcha ishchilar yong'in xavfsizligi bo'yicha yo'riqnoma o'tgan bo'lishlari va yong'in boshlangan hollarda o'z vazifalarini bilishlari kerak. Ish jarayonlarining va atrof-muhitning ishchilar organizmiga ta'sirini organadigan fan mehnat gigienasi deyiladi, Mehnat gigienasini qollash natijasida qulay ish sharoitlarini yarata oladigan, mehnat unumdorligini oshira oladigan, kasbiy kasalliklarni kamaytira oladigan yoki butunlay yuk kila oladigan sanitariya-gigiena va davolash profilaktik tadbirlari ishlab chiqiladi. Ma'lumki, ish jarayonida kishi organizmiga tashqi muhit salbiy ta'sir qilishi, ayni paytda ayrim a'zolar charchashi ham mumkin. Organizmning charchashi ikki xil buladi:
- tez charchash, bu ishga konikma hosil qilinmaganda yoki og`ir jismoniy ish bajarishdan kelib chiqadi. Bunday charchash ish tugagandan so`ng tezda o`tib ketadi; sekin-asta rivojlanib boruvchi charchash, mehnat qobiliyatining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Bu xil charchash uzoq vaqt va hamisha bir xil ishlarni bajarish natijasida yuzaga kelib, kishi organizmiga putur yetkazadi. Ish joylaridagi mikroiqlim omillarini — harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit kishi organizmiga salbiy ta'sir qilib, uni sovutib yoki qizitib yuboradi. Bundan tashqari, organizmdan chiqadigan issiqliq kishi bajarayotgan ishning jadalligiga ham bog`liq. Kishi organizmining me'yoriy harorati 36-37°S buladi. Organizm o`zi uchun zarur bo`lgan haroratni ta'minlab turish qobiliyatiga ega. Organizmning bu xususiyati "haroratni rostlash" deb ataladi. Masalan, biz sovqotsaq qaltiraymiz, bu muskullarning ish bajarishi natijasida energiya chiqarishidir. qizib ketsak, terlaymiz, bu ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga berish va shu orqali organizm haroratini ma'lum miqdorda saqlab turishdir. Ma'lum ogirlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo`lgan kishi uzini yaxshi his qilishi, ya'ni u qizib ketmasligi, yoki sovqotmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari ma'lum darajada bir-biri bilan o`zaro bog`liq bo`lishi kerak. Bunday sharoitlarni komfort sharoitlar deyiladi. Bu sharoitlarni yaratish "Ish zonasining havosiga umumiy sanitariya-texnika talablari" bilan belgilanadi. Berilgan ish turi uchun komfort (eng makbul) sharoit issiqliq balansi ta'min etilgandagina bo`lishi mumkin.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling