O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat istituti huzuridagi bog’ot yengil sanoat texnikumi


Download 0.78 Mb.
bet31/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1350507
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
mehnat muhofazasi to\'plam2 (Lotincha)

8-Mavzu nomi:Korxona hududida yurish va o’zini tutish qoidalari


Reja:
1.Korxona hududida mehnat xavfsizligi talablari.
2. Korxona hududida yurish va o’zini tutish qoidalari.
Uskuna va mexanizmlarning xamma xarakatlanuvchi qismlari: bir-biriga tomon aylanadigan vallar, tishli g`ildiraklar ilashmasa; uskunalarning vertikal uzatmalari va kirkuvchi qismlari; qaytma-ilgarilma xarakatlanuvchi pishang ishlovchilarning sog`ligi xamda xayoti uchun yashirin xavf tug`diradi. Uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chikarishda shikastlanishning oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo`llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: himoyalovchi va to`suvchi tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va gabaritlari, xavfsizlik signalizatsiyasi, yorug`lik signalizatsiyasi va xavfsizlik belgilari, xavfli mintaqalar, ishlab chikarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Agar texnologik va umum fabrika uskunalarining barcha xarakatlanuvchi qismlari shkastlanish manbai xamda inson organizmi uchun xavf manbai bo`lsa, ular tusiqqa ega bo`lishi kerak. Masalan: xamma xavfli doiralar vallarning chiqib turadigan uchlari, tishli shesternya va segmentlar, maxovikli g`ildiriklar, tasmali, tishli xamda ponasimon tasmali uzatmalar, ilashish muftalari, to`xtatish (stoporlash) boltlari, shponkalar va texnologik xamda umumfabrika uskunalarining barcha xarakatlanuvchi kismlari tusib kuyilishi shart.
Korxona hududida harakatlanish transport vositalari.
Korxona hududida harakatlanish uskunalaridan xavfsizlik texnikasining asosiy talabi barcha xarakatga keltiruvchi kismlarni ishonchli kilib tusiklar bilan ta'minlashdir. Ayniksa, tishli gildiraklar, zanjirli va tasmali xarakat uzatgichlar, muftalar va boshqa xdrakatlanuvchi va aylanuvchi kismlar xavflidir.
Konveyerlarning barabanlarini, roliklarini va tasmalarini xarakatlanib turganda tozalash, sirpanib, tasma yurmay kolganda tasma va baraban tagiga biror material tashlab yurgizib yuborish takikdanadi.
Konveyerning uzunligi 20 m dan kam bulganda tuxtatish tugmalari uning bosh va oyok kismlariga, undan katta bulgan xollarda xar 20 m oralikda urnatiladi. Bu uskunada biror nosozlik sezilganda tezlik bilan tuxtatish imkonini beradi.Yuk kutarish-tashish uskunalarini ishlatayotganda, ayniksa, uning elektr kismlariga dikkatni karatish kerak buladi. Ularning elektr kismlari elektr uskunalarini tuzilish koidalari talablariga moe bulishi kerak.Yuk tashish uskunalarini (zanjirli, tasmali konveyerlarni) yurib turgan xolda moylash mumkin emas. Ularni sozlash vaktida dvigateli albatta uchirilgan va yurgizish tugmasi ustiga "Yurgizmang — konveyer sozlanayapti" degan yozuvli taxtacha osib kuyilishi shart.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling