O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


Download 45.5 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1401889
  1   2
Bog'liq
Abdulla Avloniy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
19/26 GURUH TALABASI
JUMAYEVA SEVARANING
ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI”FANIDAN


MUSTAQIL ISHI

Reja:
1. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi.


2. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, yangi maktablar, o‘quv jarayonlari, dars uslubi tashkil etishdagi faoliyati.
3. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
ABDULLA AVLONIY
1878-1934
Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan va eski maktabda ta’lim olgan. U tarjimai holida bu haqda shunday yozgan: «12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjumon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim». Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug‘ullandi. O‘qish va o‘qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog-o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi. Abdulla Avloniy maktab o‘quvchilari uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy Guliston yoki axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo‘lgan darsliklarni yozgan. 1895 yildan ijodiy faoliyati boshlangan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, feleton va kichik hajmli dramatik asarlar yaratgan. Shoir o‘z asarlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tanqid qiladi va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqiradi. Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan noshir va jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To‘y», «S’ezd», «Layli va Majnun», «O‘liklar» kabi dramatik asarlarni yozib, ularda jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo‘pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi. Abdulla Avloniy shoir sifatida ko‘plab she’rlar bitgan. Uning she’rlari xoh eski urf-odatlarga qarshi qaratilgan bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo‘ladimi, hamma-hammasida inson, uning axloqiy go‘zalligi va ma’naviy boyligi kuylanadi. Jumladan, «O‘z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boylikni mo‘l-ko‘l isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun sariq chaqani ravo ko‘rmagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko‘zlari qiymas», deb qoralaydi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Avloniy 1913 yili «Turon» teatr truppasini tashkil etdi va shu teatr uchun original sahna asarlarini yaratish bilan birga qardosh dramaturglarning pesalarini o‘zbek tiliga tarjima ham qildi. Abdulla Avloniy 20-yillarda o‘zbek xalqi maorifi va madaniyati taraqqiyotida ishtirok etibgina qolmay, qo‘shni afg‘on xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham muayyan rol o‘ynagan. U ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar Ittifoqining Afg‘onistondagi konsul-elchisi vazifalarida xizmat qilgan. Avloniy umrining so‘nggi yillarida O‘rta Osiyo Kommunistik universitetida dars berish bilan birga o‘zbek adabiyotidan qator darsliklarni yaratgan. U 1934 yil 24 avgustda 56 yoshida vafot etgan.
Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri Abdulla Avloniy bola ta’lim-tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi.
- Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... , deydi u, - Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o`zlari ilmlariga olim bo`lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o`rgatmaklari lozimdir. Bu ravsh ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli-odobli bo`ladilar...
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib, amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko`rsatadir...
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sir kuchiga g’oyat zo`r baho beradi. Uningcha, zakovat – insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo`lsalar uni har taraflama o`ylab ko`radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, - deb yozadi Avloniy, - eng kerakli, ko`p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g’ayratli bo`lishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o`stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta’kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo`llash va uning o`sha narsa haqida o`ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo`naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo`yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo`naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishda muallim katta rol o`ynaydi: Bu tarbiya deb yozadi Avloniy, - muallimlarning yordamiga so`ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdir. Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bo`lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi birovga bog’langan jon ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o`tirmak mumkin o`lmadig’i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to`ldirib ziynatlangan eski imorat ham o`ltirishga yarog’limas. Basharti, o`ltirsa, insonlar. “Eski uyga yangi zardevor”, “xir ko`ylakka jun jiyak”, “Mis qozonga loy tuvoq” deb kulgu qulurlar.
Bayt:

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling