Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiyhal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishgaxizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir:
Asosiy shakllar
|
Me’yoriy hujjatlar
(o‘quv fanlari bo‘yicha
DTS, o‘quv dasturi va
rejalari)ni tayyorlash
|
O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma,
tavsiyanoma, lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish
|
Ta’lim jarayoni va ma’naviy ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash
|
O‘quv axborotlari, nazorat
hamda sinov topshiriqlarini
shakllantirish
|
Ta’lim jarayonini qiziqarli,
jonli, jo‘shqin tashkil etish
|
Ilmiy-tadqiqotlarni
muvaffaqiyatli olib borish
|
Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish
|
Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish
|
Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish
|
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |