O’zbекiston rеspubliкasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshкеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «buxgaltеriya hisobi va audit» faкultеti
Xo’jalik yurituvchi subyekylarda buxgalteriya xisobini yuritish shakllari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
53d8dfc70af14
1.2. Xo’jalik yurituvchi subyekylarda buxgalteriya xisobini yuritish shakllari.
O’zbekiston Resublikasida Buxgalteriya xisobini registirlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tastiqlangan blankalardir. 9 Buxgalteriya xisobinig registirlari deb, boshlang’ich xujjatlarda aks ettirilgan xo’jalik mablag’lari va xo’jalik jarayonining tarkibi va xarakati va ularning tashkil topish manbalarini ixtisodiy mazmuniga qarab guruhlarga bo’lib ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Bosh kitob shakli 2. Jurnal-orderlar 3. Memorial-orderlar 4. Elektron-avtomatlashtirilgan shakl Bu shakllar bir biri bilan bazi bir xususiyatiga ko’ra farqlanadi: -Shakldagi registirlar soni, vazifasiga ko’ra. 9 O’zbekiston Respublikasi ,Buxgalteriya xisobi to’g’risida’’gi qonuni 10-modda 19 -Registirlarning tashqi ko’rinishiga ko’ra -Registirlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko’ra. -Sintetik va analitik xisob malumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko’ra. -Yozuvlarning yozish tartibi va texnika vositalarini qo’llash tatibiga ko’ra Quyidagi buxgalteriya shakllarini alohida, alohida ko’rib chiqich orqali ular xususiyatiga to’xtalib o’tamiz. Bosh kitob shakli. Buxgalteriya xisobi shakllari vujudga kelishi,qo’llanishi,xisob ishlarini xajmidan,xisob xodimlarini malakasidan kelib chiqiladi. Buxgalteriya xisobining bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to’g’ri keldi va xozirga vaqtida xam kichik firma va korxonalarda foydalanib kelinmoqda. Buxgalteriya xisobining ushbu shakli sintetik scho’tlar xam qo’llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki,kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo’lmaganligi sababli,qo’llaniladigan sintetik scho’tlar miqdori xam kam bo’ladi. Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, xamda xodimlar soni va faoliyatdan kelib chiqib,tegishli organlar tastiqlagan buxgalteriya xisobi shakllaridan birini tanlaydilar. Buxgalteriya xisobini bosh daftar shaklini bir oyda xo’jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan korxonalar qo’llashi maqsadga muofiqdir. Buxgalteriya xisobining ushbu shaklida dastlabki xisob malumotlari ,,Bosh daftar” deb ataladigan sintetik regisirlarda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi,shuning uchun xam kombinatsalashgan registr xisoblanadi. Buxgalteriya xisobining bosh daftar shaklida xisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomida xo’jalik jarayonlari reestrini xam yuritish mumkin. Xo’jalik jarayonlari reestri asosida esa bosh daftar to’ldiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling