O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.83 Mb.
bet3/15
Sana02.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1420848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish qullanma

UMUMIY QOIDALAR

Kurs ishlarini bajarish 60610200 - “Axborot tizimlari va texnologiyalari (moliya-bank tizimida)” mutaxassisligi bo‘yicha asosiy kasbiy ta ‘lim dasturining bir qismi bo‘lib, har bir talaba uchun zarurdir.
Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi, keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi, tashqi jihozlanishiga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bo‘lajak mutaxassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy atamalarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilishi, moliya va g‘aznachilik organlarining, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rejaviy va hisobot materiallaridan maqsadga muvofiq foydalana bilishi, ma‘lumotlarni to‘play olishi va qayta ishlay olishi, ularni atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko ‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Talabaning fan bo‘yicha kurs ishi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
• umum kasbiy va maxsus fanlar bo ‘yicha olingan nazariy bilim va amaliy ko ‘nikmalarni tizimlashtirish va mustahkamlash;
• berilgan mavzuga muvofiq nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
• qo‘yilgan kasbiy vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni qo‘llash qobiliyatini shakllantirish;
• ma‘lumotnoma, me‘yoriy - huquqiy hujjatlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
ijodiy tashabbus, mustaqillik, mas‘uliyat va tashkilotchilikni rivojlantirish.
Kursni loyihalash jarayonida talaba quyidagi ko‘nikmalarni yegallashi va mustahkamlashi kerak:
• fundamental va amaliy xarakterdagi maxsus adabiyotlar bilan ishlash;
• o‘rganila yotgan mavzu bo‘yicha faktik materialni tizimlashtirish, umumlashtirish va tahlil qilish muammo;
• ko‘rib chiqilganlarni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va takliflarni asoslash.
Fan bo‘yicha kurs ishi talabaning individual, mustaqil bajariladigan ishi hisoblanadi. Ko‘rsatmalar talabaga mavzu tanlashda va yuqori darajadagi tadqiqotni yakunlashda yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Kurs ishini amalga oshirishda o‘qituvchining maslahat yordamida va kurs ishining mavzusi va bo‘limlarini talabaning ijodiy rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Kurs ishi o‘quv jadvalida belgilangan muddatlarda bajariladi va himoya qilinadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling