O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
159 12.2. Turar joyga egalik – insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida Kommunal xo‘jalik sohasining iqtisodiy kategoriyalari sifatiga xususiy va jamoa mulkchilik shakllariga asoslangan hamda o‘sha mulkni samarali tasarruf etish, kommunal xizmatlarining moddiy va ma’naviy resurslardan to‘laqonli foydalana olish huquqini beruvchi iqtisodiy munosabatlar, xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni belgilab boruvchi shartnomalar kiradi. Kommunal xo‘jaligi sohasining davlatning milliy iqtisodiyo- tidagi asosiy funksiyasi boshqa sohalarda yaratiladigan moddiy va man’aviy ne’matlarni odilona taqsimlash va qayta taqsimlash mexanizmlari asosida fuqarolarning farovon yashash darajasini muntazam saqlab va oshirib borish uchun turar joylariga o‘z vaqtida va to‘laqonli yetkazib turish xizmatidan iboratdir. Kommunal xo‘jalik sohasining ob’ektlari uy-joy va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi texnik energetika va elektr inshootlari bo‘lsa, subyektlari davlat, fuqarolar va kommunal xo‘jalik idoralari hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan... turar joyga... ega bo‘lish... huquqiga egadir” 36 deb ko‘rsatilgan. Turar joyga ega bo‘lish deyilganda inson uchun faqat boshpana mavjud bo‘lishi nazarda tutilmaydi. Inson istiqomat qiladigan turar joy uning yashashi uchun munosib bo‘lishi kerak. Munosib turar joy deyilganda esa quyidagilar nazarda tutiladi: shaxsiy hayotga aralashmaslikni ta’minlaydigan turar joy sharoitlari; munosib turar joy maydoni; yashash uchun zarur darajadagi xavfsizlik; turar joy saqlanishining kafolati; 36 Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар. – Т.: Адолат, 2004. – Б.35. 160 turar joy mavjud infratuzilmalarining barqarorligi va pushiqligi; turar joylarning zarur darajada yoritilishi, isitilishi va shamol- lattirishi; suv ta’minoti, zarur sanitariya sharoiti, chiqindilarni olib chiqib ketish kabi zarur infratuzilmalarning mavjudligi; turar joy hududidagi atrof muhitning qulayligi; turar joyning ish joyi va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalariga yaqinligi 37 . Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan turar joy narxlari ham aholining xarid qobiliyati uchun maqbul bo‘lishi lozim. Turar joyning munosibligi manfaatdor shaxslar bilan birgalikda aniqlanishi hamda bu turar joy muntazam yaxshilanib borilishi nazarda tutilishi kerak. Jahondagi barcha mamlakatlari hukumatlari zimmasida aholini turar joy bilan ta’minlash majburiyati bor. Turar joylarni adolatli taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga solish davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu turar joy qurilishi ko‘lamlarini kengaytirish, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni turar joy bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, bu sektorni rivojlantirishga imtiyozlar berish, boshqa choralarni ko‘rishni talab etadi. Ijtimoiy turar joy (ing. “social housing”) – davlat yoki munistipa- litet mulki hisoblangan turar joylar hisobiga fuqarolarni turar joy bilan ta’minlashdir. Ijtimoiy turar joy dasturi Gonkong gubernatori A.Grentmenning 1953-yilda shaharning shimoli-g‘arbiy qismida ro‘y bergan yong‘in natijasida boshpanasiz qolgan 53 ming kishini turar joy bilan ta’minlash zarurati sababli ishlab chiqilgan edi. O‘shanda yong‘in sodir bo‘lgan hududda aholini arzon kvartiralar bilan ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli binolar qurilishi boshlandi. Buning uchun Gonkong Ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan barpo etila boshlangan mazkur ko‘p qavatli binolar, asosan, besh 37 Абдураҳмонов Қ. Ўзбекистонда инсон омили ва манфаатлари – энг олий қадрият. Иқтисодий, илмий-таҳлилий рисола. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. – 202-203-б. 161 kishiga mo‘ljallangan, 24-28 kvadrat metr foydali maydonga (kattalarga o‘rtacha 2,2 kvadrat metrdan, bolalarga - 1,1 kvadrat metrdan to‘g‘ri keladigan) ega bo‘lgan bir xonali kvartiralardan iborat bo‘lgan. Bunda ushbu kvartiralar uchun fuqarolar oyiga 10-14 dollar (bozor narxi 100 dollar edi) ijara haqi to‘laganlar. Ijtimoiy turar joy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqi- chida bir xonali kvartiralar foydali maydoni 35 kvadrat metrgacha (katta kishiga o‘rtacha 3,3 kvadrat metrdan to‘g‘ri kelgan) kengaytirildi. Ijtimoiy turar joylar janubiy-sharqiy Osiyoda keng ommalashgan. Jumladan, Singapurda ijaraga beriladigan kvartiralarning asosiy qismi davlat byudjeti hisobiga qurilgan va davlat mulki hisoblanadi. Ularda mamlakatdagi turar joy ijarachilarining 85,0 % ga yaqini istiqomat qiladi. Ijtimoiy turar joylar Ko‘chmas mulk departamenti tomonidan barpo etiladi va boshqarib boriladi. Ushbu binolar joylashgan mavzelarda maktablar, shifoxonalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari, sport inshootlari kompleks barpo etiladi. Ijtimoiy turar joylardagi ikki xonali kvartiralar 45,0 kvadrat metr, uch xonalilar – 60,0-74, to‘rt xonalilar – taxminan 93,0 kvadrat metr foydali maydonga ega bo‘ladi. Munosib turar joy yashash uchun qulay bo‘lishi bilan birga zarur infratuzilmalar bilan ta’minlanishni ham nazarda tutadi. Aholi istiqomat qiladigan turar joylardagi binolarning muhandislik infratuzilmalari ishlashini ta’minlaydigan, yashash uchun qulaylik yaratadigan hamda talab etiladigan xizmatlarni taqdim etadigan sohalar majmuasi turar joy kommunal xo‘jaligidir. Turar joy kommunal xo‘jaligi murakkab, ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish texnikaviy majmua bo‘lib, uning tarkibiga turar joydan foydalanishni ta’minlovchi korxonalar, turar joy xo‘jaligi hamda ta’mirlash-foydalanish ishlab chiqarishi va obodonlashtirish xizmati kiradi. Turar joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi va undan foydalanuvchi tashkilotlar vazifasiga turar joy umumiy mulkini, turar joy ichki muhandislik tuzilmalarini saqlash va normal ishlashini ta’minlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar va boshqa tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzish kiradi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling