O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va
san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1- avgustdagi PQ-3892-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 570-son qarori chiqdi. Undagi “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” tasdiqlangan Nizom asosiy dasturul amal bo’lib xizmat qilmoqda. 12.5. Atrof-muhitning inson taraqqiyotiga ta’siri Dastavval insonni rivojlantirish konsepsiyasiga yalpi milliy mahsulot hajmi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash vositasi sifatida qaralar edi. Biroq bugungi kunda xalqaro hamjamiyat iqtisodiy rivojlanish, atrof-muhitning holati va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish o‘rtasida o‘zaro qalin bog‘liqlik mavjud ekanligini e’tirof etmoqda. So‘nggi 50 yil mobaynida jahondagi aholining katta qismi moddiy ahvolini yaxshilashda ulkan taraqqiyotga erishildi. Biroq 169 surunkali qashshoqlik, rivojlanish darajasining pastligi muammolari ayrim mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish keskin sur’atlari oqibatidagi salbiy hodisalar bilan birga yanada chuqurlashib, jahondagi inson va tabiiy resurslariga nihoyatda kuchli bosim o‘tkazmoqda. Masalan, Yer yuzidagi 1,1 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi iste’mol qilish imkoniyatiga ega emas. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi barcha kasalliklarning 10,0% ichimlik suvi iflosligi, umuman ichimlik suvining etishmasligi bilan izohlanadi. Mazkur muammolar qishloq joylarida yanada o‘tkirdir. Qishloq joylaridagi aholining 29,0 % toza ichimlik suv iste’mol qilishdan, 62,0 % oddiy sanitariya sharoitlaridan mahrum. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi kasalliklarning 25,0-33,0 % ekologiya muammolari bilan bog‘liqdir. Dunyodagi 2,4 milliard odam sanitariya qoidalariga javob bermaydigan sharoitlarda yashaydi. Katta shaharlardagi aholining 40,0 % turar joyi kulbalardan iborat. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori hosildorlik ortishiga qaraganda tezroq sur’atlarda ko‘paymoqda. Texnogen omillar va aholining atrof-muhitga salbiy ta’siri oqibatida tabiiy fojialar takrorlanib turibdi. Insoniyat sivilizatsiyasiga xavf solayotgan omillar o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: yer yuzida haroratning ortishi; o‘rmonzorlarning qisqarishi; sahrolarning kengayishi; tuproqning ifloslanishi va zaharlanishi oqibatida uning unumdorligi kamayishi; suv resurslarining ifloslanishi; okean sathining ko‘tarilishi; radiaktiv muhitning o‘sishi; o‘simlik va hayvonat dunyosi turlari yo‘qolishining tezlashishi. Ushbu tendensiyalar ekologik vaziyatni keskin yomonlash- tirmoqda, chunki aholi ortishi bilan tabiatga bosim kuchayishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yuqorida qayd etilganlar ekologik barqarorlikni ta’minlash vazifasini BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga kiritishni qat’iyan talab etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling