Qisqacha xulosa
Insonni rivojlantirish konsepsiyasi bugungi kunda eng yaxlit
rivojlanish modeli hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy investit-
siyalar, odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni
qondirish va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, siyosiy va madaniy
erkinliklar hamda inson hayoti barcha boshqa sohalarini qamrab
oladigan rivojlanishning barcha masalalarini mujassamlashtirgan.
Inson taraqqiyoti indeksi har yili turli mamlakatlarda turmush
darajasi, savodxonlik, ta’lim, umr ko‘rish davomiyligi kabi inson
salohiyatining asosiy xususiyatlarini o‘lchash va taqqoslash uchun har
yili hisoblab chiqiladi. U turli mamlakatlar va mintaqalar turmush
darajasi o‘rtasidagi umumiy farqlarni aniqlashda standart va vosita
vazifasini o‘taydi. Mazkur indeks BMTning Rivojlanish dasturi
doirasida inson salohiyatini rivojlantirish to‘g’risidagi hisobotlarda
e’lon qilinadi. Inson taraqqiyoti indeksi integral indeks bo‘lib, uni
aniqlash uchun o‘rtacha kichik indekslarni hisoblash zarur.
Mavzu bo‘yicha savollar
1. Inson taraqqiyoti mezonlarini sanab o‘ting.
2. Inson taraqqiyoti indikatorlarini tavsiflang.
3. Inson taraqqiyotining uchta o‘lchmlariga nimalar kiradi?
4. Hayotning kutilgan davomiyligi indeksi qanday hisoblanadi va
u nima uchun zarur deb bilasiz?
5. Ta’lim olishning integral indeksini hisoblab chiqish orqali bilim
olish imkoniyatini baholash qanday amalga oshiriladi?
6. Xarid qobiliyati pariteti nima? ITI da uning ahamiyati qanday?
7. Inson taraqqiyoti indeksi qanday hisoblanadi? Bosqichlarini
sanab bering.
8. Inson taraqqiyoti indeksini o‘lchash usullari haqida nimalarni
bilasiz?
9. O‘rtacha ta’lim davomiyligi indeksi qanday hisoblanadi?
10.Kutilayotgan ta’lim davomiyligi indeksi qanday hisoblanadi?
42
Do'stlaringiz bilan baham: |