* qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari ro‘yxati; * moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish bilan bog‘liq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan; * korxonaning moliyaviy investitsiyalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxati; * moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; *Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo‘llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to‘planadi va muomalalar aks ettiriladi. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi. Moliyaviy investitsiyalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg‘arma uchun shartnoma, qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko‘rsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim. Moliyaviy investitsiyalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |