O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya insituti moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar fanidan mustaqil ish


Download 58.13 Kb.
bet6/6
Sana08.06.2023
Hajmi58.13 Kb.
#1465663
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6m

Umuman olganda, moliyaviy investitsiyalarni yuqorida ko’rsatilgan ketma_ketlik asosida o’tkazish va har bir bosqichda bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni to’liq amalga oshirish auditorlik xulosasining to’g’ri va ishonchli bo’lishini ta’minlaydi.

Ushbu bobda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, audit obyekti sifatidagi 

tasnifi va tavsifi, ular auditining maqsadi, vazifalari, auditning axborot manbalari

va moliyaviy investitsiyalar auditining ketma-ketligi atroflicha yoritildi.

Moliyaviy investitsiyalar auditining amaliy jihatlar to’g’risida keyingi

bobimizda so’z yuritamiz.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. 

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. 

Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo‘lishi uchun dastavval, uning

puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo‘yilgan maqsad va uni

bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi.

Investitsiyalar auditini rejalashtirish chog‘ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlar

«Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi

o‘tkazish mumkin emas. Amalda, investitsiyalar auditini rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti 

 bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko‘p

hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar qaysi 

 manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘g‘risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik 

shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati

o‘tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo‘shiladi, aks holda u 

auditorlik tashkilotining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.


Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling