O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti
Download 342.63 Kb.
|
Mirzaboyev hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
- Boshqalar 1,03 Jami 100
- 2-rasm.Korporativ boshqaruv srukturasi. Bank korporativ boshqaruvining vazifalari
- 2. “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili.
1-rasm. “Mikrokreditbank” ATB aksiyadorlari Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidir. Korporativ boshqaruv: "Mikrokreditbank" АTB korporativ boshqaruv tizimi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Korporativ boshqaruv kodeksi, Markaziy bank meʼyoriy-huquqiy hujjatlari va jahon tajribasidan foydalanish tamoyillari asosida tuzilgan. 2-rasm.Korporativ boshqaruv srukturasi. Bank korporativ boshqaruvining vazifalari: Аktsiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish: Bankning investitsion jozibadorligini oshirish: Bankning samarali faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligini oshirish: Bank rivojlanish strategiyasini belgilab berish va amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish: Biznes-rejani tasdiqlash va bajarilishini nazoratga olish: Yangi xizmat turlarini, innovatsion g’oyalarni joriy qilish, xizmat ko’rsatish jarayonining samaradorlik darajasini oshirish. “Mikrokreditbank” ATB bankning ijroiya organi - boshkaruvini tuzish va uning vakolatlarini tugatish tartibi va boshqa huquqiy tashkiliy me’yoriy hujjatlar 1-lovada keltirilgan. 2. “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili. “Mikrokreditbank” ATB o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» (yangi tahrirda), «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustan va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi2. Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi. Ushbu qonunning 8-moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar. Usbu moddaga ko’ra bank ustavida: bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili); bank operatsiyalarining ro‘yxati; ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Ushbu qonunning 22-moddasida banklarning boshqaruv organlari faoliyati keltirib o’tilgan: Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat: omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish; bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish; bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish; bank siyosatini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash. Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin. Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir. O’zbekiston Respublikasining “Bank siri tog’risida”gi qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (qonunning 1-moddasi). “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar qatorida o’z nizomi mavjud (tahriri: 27.01.2020 da amalga oshirilgan). Ushbu nizom 10 bo’lim va ushbu bo’limlar tarkibiga kiruvchi 98 ta banddan iborat. Ushbu nizomning 1-bandida: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatuvchi kredit tashkiloti hisoblanadi. Bank belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqini bermagan holda o’z filiallarini va boshqa alohida bo’linmalarini tashkil qilishga haqli, bank tomonidan ularga taqdim qilingan vakolatlar doirasida ularga huquqlar berishi mumkin. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Kuzatuv kengashi qarori asosida tashkil qilinadi. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari davlat tilidagi o’z nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtampga va o’z nomidagi blankalarga ega. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari bank nomidan faoliyat yuritadilar. Bank o’z filiallari va boshqa alohida bo’linmalari faoliyati uchun javobgar bo’ladi. Filiallar va boshqa alohida bo’linmalar boshqaruvchilari bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadilar. Bank nomidan ishonchnoma Bank boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan beriladi. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari o’z faoliyatlarini Bank kuzatuv kengashi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradilar. Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mamlakat tashqarisida sho’ba banklar va vakolatxonalar ochishi, filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishi mumkin. Sho’ba banklar hamda vakolatxonalar ular tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq filiallar tashkil etiladi. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga haqli emas, Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonuni hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling