O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti
-rasm. "Mikrokreditbank" ATB ning 2022 yilga mo'ljallangan Biznes rejasi ijrosi bo'yicha 2022 yil 1aprel` holati (mln.so‘mda)
Download 342.63 Kb.
|
Mirzaboyev hisobot
5-rasm. "Mikrokreditbank" ATB ning 2022 yilga mo'ljallangan Biznes rejasi ijrosi bo'yicha 2022 yil 1aprel` holati (mln.so‘mda).
Bank quyidagi huquqlarga ega (30-band): omonatlar va beriladigan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini, qonun hujjatlariga asosan bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash; shartnoma asosida depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablag’larini jalb qilish hamda mablag’larni depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarda joylashtirish; hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish; litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish; bank operatsiyalari bo’yicha to’lov miqdorini mustaqil belgilash; qarzni to’lash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning bankrotligi to’g’risida ish qo’zg’atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli; litsenziyada, qonun hujjatlar va Bankning mazkur ustavida nazarda tutilgan, o’z moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish. Bank majburiyatlari quyidagilardan iborat (31-band): mablag’larni Markaziy bankda zahiraga qo’yish va belgilangan prudentsial normativlarga rioya qilish bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish; kredit va lizing operatsiyalari bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan, ichki bank hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda zahiralar tashkil etish; garov (shu jumladan mol-mulk shaklidagi), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini hisobga olgan holda beriladigan kreditlar ta`minlanishining ichki tartibini belgilash; o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish; bankda ichki audit departamentiga ega bo’lishini ta’minlash; “tenglik” tamoyiliga rioya qilish, ya`ni barcha aktsiyadorlarga ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar bir xil munosabatda bo’lishdir. Quyidagilar Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi (43-band): - Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi; - Bank kuzatuv kengashi; - Bank boshqaruvi. Bank kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi ushbu Ustav, bank ichki hujjatlari, Аksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorlari va qonun hujjatlarda berilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bank faoliyatini samarali tashkil etish va ustav kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish, Bankni boshqaruv organlari, mehnat jamoasi vakillari o’rtasida o’zaro munosabatlar tizimini ta`minlash Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadigan Korporativ boshqaruv kodeksi va bankning boshqa ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, mazkur Ustav, bankning ichki hujjatlari asosida harakat qiluvchi bankning kollegial ijro etuvchi organi bo’lib, faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni to’liq zimmasiga oladi. Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va bank ichki hujjatlari bilan Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas. Bank boshqaruv a`zolari Bank kuzatuv kengashi tomonidan bir yil muddatga tayinlanadilar. Bank boshqaruvi a`zolarini tayinlash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin. Bank boshqaruvi a`zolari ishchanlik obro’siga, bank xatarlarini samarali boshqarish, o’z vakolatlari doirasida asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan tajriba, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim. Bank boshqaruvi 7 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Bank boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv raisi, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter va yuridik xizmati departamenti direktori kiradi. Bank boshqaruvi tarkibiga shuningdek, Bank kuzatuv kengashining qaroriga asosan bankning asosiy bo’linmalari rahbarlari kirishi mumkin. Bank boshqaruvi raisi o’z lavozimiga Bank kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlanadi. Boshqaruv raisi va Boshkaruv a`zolari bilan shartnoma bank nomidan Bank kuzatuv kengashi raisi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirish yokiuni bekor qilish mumkinligi to’g’risida har yili qaror qabul qilish sharti bilan bir yil muddatga imzolanadi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling