O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti
Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish
Download 342.63 Kb.
|
Mirzaboyev hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. "MIKROKRЕDITBANK" ATB INFRATUZILMASI
3. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish
Mamlakatimizda 2020-yil bank tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda transformatsiya dasturlarini amalga oshirish yili sifatida eʼtirof etildi. Joriy yilda bank tomonidan xorijiy malakali mutaxassislar bilan birgalikda transformatsiya dasturlarini amalga oshirish, bankning hududlarga kirib borishi va bank xizmatlari spektrini kengaytirish asosiy diqqat markazimizda bo‘ldi. 6-rasm. "MIKROKRЕDITBANK" ATB INFRATUZILMASI Bugungi kunda Respublikamizning barcha mintaqalaridagi bankning 71 ta filiali va 78 ta bank xizmatlari markazlari va 31 ta mini-banklari tomonidan aholi hamda tadbirkorlik subʼektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yanada kengaytirib borilmoqda. Bankning moliyaviy barqarorligi va daromadliligini yanada oshirish qatʼiy nazoratga olinishi natijasida, bank asosiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Jumladan, bank aktivlari yil davomida 1,7 barobarga oshirilib, 10 trln. 283,0 mlrd. so‘mga, kredit qo‘yilmalari 1,8 barobarga oshirilib, 8 trln. 540 mlrd. soʼmga yetkazildi. Shu bilan birga, bank kapitali ichki manbalar hisobiga 7,0 foizga oʼsib, 1 trln. 738,2 mlrd. soʼmni tashkil qildi. Hisobot yilida Mikrokreditbank Prezidentimiz tashabbusi bilan aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish yo‘nalishida ishlab chiqilgan dasturlar ijrosida faol ishtirokchilardan biri boʼldi. Xususan, bu borada quyidagi natijalarni alohida qayd etish lozim. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4498-sonli qaroriga asosan Аholining bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida jami 49 238 ta mijozga 1 437,5 mlrd. soʼm, shundan: "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 42 051 ta mijozga 1 109,1 mlrd. soʼm; “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish” dasturi doirasida 4 424 ta mijozga 136,3 mlrd. soʼm; “Fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish” tadbirlari doirasida 750 ta mijozga 29,1 mlrd. soʼm; “Yoshlar kelajagimiz” dasturi doirasida 465 ta mijozga 121,8 mlrd. soʼm; “Xotin-qizlarni qoʼllab quvvatlash dasturi doirasida 995 ta mijozga 24,3 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratildi. Shu bilan birga Prezidentimiz murojaatnomasida bank oldiga yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularni ish bilan taʼminlash asosiy vazifalardan biri sifatida eʼtirof etilib, bank tomonidan 2022 yil davomida yoshlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 1,4 trln. soʼm imtiyozli kreditlar ajratish rejasi belgilandi va ularni moliyalashtirish manbalari ham aniqlab olindi. Bankni xalqaro standartlarga mos zamonaviy bankka transformatsiya qilishga yoʼnaltirilgan, “Yoʼl xaritasi” va bank faoliyatini 2019-2022-yillarda transformatsiya qilish strategiyasi ijrosi yuzasidan qoʼyidagi ishlar amalga oshirildi: biznes kommunikatsiyasini rivojlantirish maqsadida “Bitriks 24” korporativ portali joriy qilindi. Unda BPM – biznes jarayonlarni boshqarish, CRM – mijozlar bilan oʼzaro munosabatlarni boshqarish funktsiyalari joriy qilinadi; bankning yangi “MKB Mobile” mobil ilovasi ishlab chiqildi va yangi funktsiyalar bilan takomillashtirildi; mijozlar bilan munosabatlarni shakllantirish maqsadida IP telefoniya negizida Kontakt – markazi faoliyati tashkil qilindi; raqamli va masofaviy bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish maqsadida aholiga “Overdraft”, “Onlayn mikroqarz” va tadbirkorlik subʼektlariga xech qanday hujjatlarsiz, taʼminotsiz aylanma mablagʼlarni toʼldirishlari uchun bankning “Mobile banking” va “Internet banking” ilovalari orqali skoring tahlili asosida kredit olish imkonini beruvchi “Biznes Online” kredit ajratish tizimi joriy qilindi; bankning IT-auditi oʼtkazildi; xalqaro auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda kredit portfelini baholash ishlari olib borildi va tegishli xulosalari olindi; risk menejment va ichki nazorat tizimi diagnostikasi amalga oshirilib, tizimlarni takomillashtirish yoʼl xaritalari ishlab chiqildi; Rossiyadagi hamkorlar (Pochta Rossii, SKS-Bank va boshqalar) bilan birgalikda amalga oshirilishi koʼzda tutilgan mehnat migrantlariga xizmat koʼrsatish loyihasi ishlab chiqildi. “Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan 2020 yil 19 oktyabrda bankning kreditga layoqatlilik reytingi “VV -” “Barqaror” deb baholandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025 yillarga moʼljallangan Oʼzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bank tomonidan xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan bankning 2025 yilgacha moʼljallangan bankning rivojlantirish stretegiyasini ishlab chiqish ishlari boshlandi. Bank faoliyatini moliyaviy sogʼlomlashtirish, operatsion xarajatlarni qisqartirish hisobiga xizmat koʼrsatish geografiyasini kengaytirish borasida 2020-yilda 53 ta ixcham va kam xarajat talab qiluvchi “Bank xizmatlari markazlari” tashkil etildi. Ushbu amaliyotlar kelgusida ham davom ettirilishi koʼzda tutilgan boʼlib, bank filiallarini optimallashtirish orqali bank xizmatlari geografiyasini yanada kengaytirish va ular sonini 142 taga yetkazish bank oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling