O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


-Jadval. Aksiyadorlik jamiyatning dividend siyosatini tanlashga nisbatan asosiy yondashuvlar


Download 236.99 Kb.
bet9/14
Sana17.06.2023
Hajmi236.99 Kb.
#1537221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Raximov X (Aksiyadorlik..

2-Jadval. Aksiyadorlik jamiyatning dividend siyosatini tanlashga nisbatan asosiy yondashuvlar.



Dividend siyosatini
shakllantirishga nisbatan yondashuvlar

Foydalaniladigan dividend siyosatining variantlari

I. Konservativ yondashuv



  1. Dividend to'lovlarining qoldiq siyosati

  2. Dividend to'lovlarining barqaror miqdori siyosati

II. Murosali yondashuv



3. Alohida davrlarda ustama xaqi to'lanishi bilan dividendlarning eng kam barqaror
miqdori siyosati

III. Tajovuzkor yondashuv



  1. Dividendlarning barqaror darajasi siyosati

  2. Dividend miqdorining doimiy oshishi siyosati

Odatda, dividend siyosatini shakllantirishga nisbatan konservativ yondashuv chog'ida dividend to'lovlarining qoldiq siyosati yoki dividend to'lovlarining barqaror miqdori siyosatidan foydalaniladi.


Yuqorida aytib o'tganimizdek, dividend to'lovlarining qoldiq siyosati shundan iboratki, dividendlar sof foydani kapitallashtirish (qayta investitsiyalash)ning barcha ehtimoliy variantlari ko'rib chiqilganidan so'ng hisoblanadi. Mazkur siyosatning ustunligi shundaki, u aksiyadorlik jamiyatning yuqori sur'atlarda rivojlanishini ta'minlash bilan birga, uning moliyaviy barqarorligini oshiradi. Ushbu siyosatning kamchiligi esa dividend to'lovlari miqdorining beqarorligi, keyingi davrda ularniig miqdorini to'liq oldindan aytib bo'lmasligi, hatto, yuqori investitsion imkoniyatlar davrida ham ularni to'lashdan voz kechilishi mumkinligidan iborat. Odatda, bunday dividend siyosati aksiyadorlik jamiyat hayotiy davrining yuqori darajadagi investitsiya faoliyati bilan bog'liq dastlabki bosqichlarida qo'llaniladi.
Dividend siyosatini belgilashda yana shuni hisobga olish lozimki, «Aksiyalar kursi dividendga to'g'ri proporsional va muqobil kapital quyilmalarga teskari proporsional» klassik formula amaliyotining barcha holatlarida ham qo'llanilmaydi. Agar sarmoyadorlar aksiyadorlik jamiyatning rivojlanish istiqbollari, to'lovning pasayishi yoki to'lamaslik sabablari hamda sof foydani qayta investitsiyalash yo'nalishlari haqida to'g'ri xabardor etilsa ular, hatto, dividendlar to'lanmasa ham ushbu korporatsiyaning aksiyalarini yuqori baholashlari mumkin.

Download 236.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling