O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sirtqi” fakulteti


Download 0.6 Mb.
bet12/29
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1548307
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
тайёр хисобот

Ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish. Ushbu operatsiya O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 29 avgustdagi 18/5-son qaroriga 1-ilova bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari talablariga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka buyurtma taqdim etadilar. Bunda buyurtma shakli bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va unda mijoz nomi, valyuta turi va summasi, sotib olish yoki sotish kursi kabi ma'lumotlar ko‘rsatilishi shart. Taqdim etiladigan buyurtmalarda chet el valyutasini sotib olish maqsadi va asoslovchi hujjatlar ham ko‘rsatiladi;
2. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmalar xizmat ko‘rsatuvchi filiallar tomonidan ko‘rib chiqiladi va Bosh bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentining Valyuta operatsiyalari departamentiga yuboriladi. Ushbu buyurtmalar qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha buyurtmani qanoatlantirish yoki uni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi, hamda Bank Boshqaruvi raisining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi;
3. Qanoatlantirish to‘g‘risida xulosa tasdiqlangan buyurtmalar bo‘yicha Bank va mijozlar o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblar keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi. Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan bo‘lsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi;
4. Xizmat ko‘rsatuvchi filial tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasini kirim qilish uchun mijoz nomiga maxsus hisobvaraqlar ochiladi. Maxsus valyutahisobvarag‘iga ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi. Maxsus valyuta hisobvaraqlariga kiritilgan mablag‘lar qat'iy ravishda buyurtmalarda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi;
5. Bank mijozi tomonidan sotib olinib, mijozning maxsus valyutahisobvarag‘iga kiritilgan vaqtdan e'tiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilmagan valyuta mablag‘lari, ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat banklariga qayta sotilishi shart. Maxsusvalyuta hisobvarag‘idan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun takroran o‘tkazib berilishi lozim. Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi;
6. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosda shakllanadigan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun operatsiyalari mijoz tomonidan “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Chet el valyutasini sotib olish va sotish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy oferta” shartlarini akseplagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qisqacha ma'lumot: 2020 yilning o‘n ikki oyi davomida mijozlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun 15565 ta buyurtma berilgan bo‘lib, ular ekvivalentda 592,5 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2021 yilning o‘n ikki oyi davomida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish uchun 5526 donabuyurtmalar berilgan bo‘lib, ularni jami miqdorining ekvivalenti 295,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.


SWIFT tizimi orqali mijozlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish hamda ularning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larini kirim qilish


Bankda oddiy pul o‘tkazmalaridan biri S.W.I.F.T. tizimi faoliyat yuritib bu tizim orqali dunyoning 208 dan ortiq davlatlari yirik banklari ish olib boradi. Bankimizning Respublika bo‘ylab mintaqaviy bo‘linmalari ko‘pligi va yirik xorijiy banklarda vakillik xisobvaraqlari mavjudligi mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda keng imkoniyat yaratadi.
Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qildi.
Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning mATIBburiyatlarini o‘z vaqtida bATIBaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta'minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyutazaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
Shu bilan birga, valyuta muomalasi sohasining haddan ziyod ma'muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samarali bo‘lgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keldi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirishmaqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini
2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertasiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yildi, eksporti-mport jarayoni soddalashtirildi, bu esa mijozlarni hisobvaraqlariga chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, ya'ni valyuta tushumini kelib tushishini, mijozlar tomonidan import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalari miqdorini sezilarni darATIBada oshishiga olib keldi.
Eksport–import operatsiyalari bo‘yicha: 2021-yilda eksportyorlarningvalyutaxisob raqamlariga, tovar va hizmatlar eksporti uchun jami ekvivalentda 515,03 mln. AQSh dollari miqdorida eksport tushumlari kelib tushgan bo‘lsa, import shartnomalari bo‘yicha esa jami ekvivalentda 1000,5 mln. AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalari amalgan oshirilgan.
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son Qaroriga 1-sonli ilova “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq, “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT eksport-import shartnomalarini ro‘yxatga olish, bATIBarilishini nazorat qilish, ular bo‘yicha joriy operatsiyalarni amalga oshiradi. Jumladan, kontrakt bilan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan ma'lumotlarni solishtirib, mijozlarning tashqi savdo shartnomalari shartlariga muvofiq pul mablag‘larini o‘tkazadi va ushbu amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha ma'lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritib boradi.

  1. Bankning daromadlari, xarATIBatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish.



Bugungi kundagi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar xalqaro savdodagi hisob-kitoblarning ishonchliligi va raqobatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlariga bo‘lgan alohida talablarni qo‘yadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti mijozlarga dokumentar hisob-kitoblarning eng zamonaviy shakllari va savdoni moliyalashtirish vositalarini taqdim etadi.
Hisob-kitoblarning dokumentar shakllari butun dunyoda xaridorlar hamda sotuvchilar uchun risklarni kamaytiruvchi hisob-kitoblarning ishonchli va qulay usullari sifatida tan olingan. Savdoni moliyalashtirish tovarlar va xizmatlarning aylanish muddati bilan mos keluvchi nisbatan arzon moliyalashtirish manbalarini olishga imkon beradi. Savdoni moliyalashtirish — bu mijozlar tomonidan tuzilgan eksport-import shartnomalari bo‘yicha tashqi savdo amaliyotlarini turli to‘lov vositalari, jumladan, eng ko‘p foydalaniladigan hujjatli (dokumentar) akkreditivlar orqali moliyalashtirishdir.
“O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT o‘z mijozlari va vakillik banklari manfaati uchun ularning topshirig‘iga binoan hujjatli akkreditivlar va inkasso shaklida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi. Bankning ishonchli hamkor sifatida obro‘ga egaligi tufayli uning akkreditivlari va inkassosi dunyoning barcha yetakchi banklari tomonidan qabul qilinmoqda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda. Bank mijozlarning kontragentlari tomonidan shartnomalar (kontraktlar) shartlarining bATIBarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha amaliy yordam va xorijiy valyutadagidokumentar akkreditivlar bo‘yicha istalgan amaliyotlarni taklif qiladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling