O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

Pardoz.   Azal-azaldan  ayollar  o‗zlarining  ko‗rinishlaridan  ham  ko‗rkamroq 
bo‗lishga  intilib  kelganlar,  shunda  ular  bu  maqsad  yo‗lida  turli  xil  usullardan 
foydalanishni  boshlaganlar.    Hozirgi  davrda  turli  kosmetik  mahsulotlarning  butun 
bir  aslahalariga  egamiz.    Ammo  ularni  qo‗llash  zamonaviy  ayol  uchun  birdan-bir 
maqsadga  ega  bo‗lib  qolmasligi,  aksincha  uning  uslubini  ta‘kidlovchi  hamda 
individuallikni  namoyon  qiluvchi  vosita  sifatida  ish  ko‗rsatishi  lozim.  
Kosmetikadan foydalanish yuzni o‗zgartirishni emas, balki uning ba‘zi bir chiroyli 
jihatlarini  ta‘kidlashni  taqozo  etadi.    Bo‗yanishni  ko‗paytirish  hoh  u  o‗n  besh 


 
62 
yasharlik  qiz  bola,  hoh  o‗ttiz  yoshlardagi  ayol  bo‗lsin  –  barchaning  yoshini  katta 
qilib ko‗rsatadi.  Ma‘lum  bir  yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik 
yorqin  bo‗lmagan  ranglarga  o‗tishga  harakat  qilishlari  maqsadga  muvofiq.  
Kundo‗zgi pardoz kechki pardozga nisbatan tussizroq bo‗lishni yodda tutish kerak  
Qo‗llarga  kelsaq  ular  –  bizinng  «tashrif  qog‗ozimiz»,  desak  mubolag‗a 
bo‗lmaydi.    Qo‗llarni  parvarishda  nafaqat  ayollar,  balki  erkaklar  ham  avvalo 
tozalik va ozodalik nuqtai nazardan diqqatlilik bilan munosabatda bo‗lishlari kerak  
Lakning  rangi  lab  bo‗yog‗i  bilan  uyg‗un  bo‗lmog‗i  lozim.    Lak  qoldiqlari  bilan 
yurishga  yo‗l  qo‗ymaslik  hamda  tirnoq  lakini  tozalash  vositalardan  foydalanishni 
unutmaslik joiz.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling