O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Bir  qancha  tajribadan  o„tgan  maslahatlar


Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/284
Sana30.11.2021
Hajmi1,9 Mb.
#177986
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284
Bog'liq
professional etika va etiket

Bir  qancha  tajribadan  o„tgan  maslahatlar.  O‗zimizga  kiyim  tanlar  ekanmiz 
dugonalarni  emas,  o‗z  didimizga  tayanib  ish  tutganimiz  ma‘qul.    Libosning  rangi 
nafaqat  zamonaviy  tusda,  balki  o‗ziga  tushadigan  rang  bo‗lishi  lozim.    To‗q 
rangdagi  kiyimlarni  afzal  ko‗rarkansiz,  och  rangdagilarda  ham,  to‗qda  ham  kirlik 
bir  xil  hajmga  ega  ekanligini  yodda  tutish  lozim.    Uning  farqi  faqat  och  rangdagi 
yubka  ko‗zga  tezroq  tashlanishidadir.    Kiyim  tanlashda  ansamblni  ushlashga 
(birining  ikkinchiga  mosligi,  monandligi)  harakat  qilish  kerak    Kiyimni  rangiga 
mos keluvchi jihatlar: sumka, tufli, kamar va boshqalarni tanlashda o‗ta ideallikka 
erishishga  harakat  qilmagan  ma‘qul.    Faqatgina  bitta  kiyim  uchun  qo‗shimcha 


 
59 
narsa  olish  –  isrofgarchilik  hisoblanadi.    Libosni  yanada  ko‗rkam  qilib 
ko‗rsatuvchi  mayda  narsalar:  sharf,  bijuteriya  va  boshqa  narsalar  muhim 
hisoblanadi.  Aynan libos bilan bir xil tusda bo‗lishi shart emas, bu bachkanalikni 
ham  paydo  qilish  mumkin.    Asosiy  gap  ranglarning  uyg‗unligi,  andozalarning 
mutanosibligida.    Barcha  davrlarda  erkaklarning  kiyimidan  farqli  o‗laroq 
ayollarning  liboslarida  odmi  va  jiddiylik  kamroq,  ularda  o‗z  kamchiliklarini 
berkitgan holda hamda o‗z afzallik jihatlarini alohida ta‘kidlagan holda, o‗z didini 
yanada  yorqinroq  ifodalash  mumkin.  Va shu bilan bir qatorda ayollarga ozodalik 
va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat‘iyroq qo‗yiladi.  
Jozibadorlikning  yana  bir  siri  –  kostyumning  qulayligidir,  unda  u  o‗zini  erkin 
va  o‗ziga  nisbatan  ishonch  va  tabiiylikni  his  qilish  imkoniyatiga  egadir.    Libos 
tanlayotganingizda  yoningizda  sizni  ko‗zatib  yuruvchi  erkakning  ham  kiyimini 
inobatga olgan yaxshi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling