Ayrim vakillari va ularni ishlatilishi. Spirtlar orasida metil va etil spirtlarning ahamiyati kattadir. Metil spirti 540C da qaynaydigan suyuqlik, o’ta zaharli. Sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi.
Metil spirti asosan chumoli aldegidi ishlab chiqarishda, erituvchi sifatida, turli molekulalar tarkibiga metil guruhini kiritishda, metil-, dimetil- va trimetilamin olishda ishlatiladi.
Etil spirti 78,40C qaynaydi. Sanoatda asosan etilendan va pentozan saqlovchi birikmalardan olinadi. U erituvchi sifatida butadiyen-1,3 olishda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Propil-, izopropil-, butil spirtlar sirt aktiv birikmalar olishda, aldegid va ketonlar, murakkab efirlar olishda ishlatiladi.
Ikki atomli spirtlar (glikollar). Tuzilishida ikkita gidroksil guruhi bo’lgan birikmalar ikki atomli spirtlar yoki glikollar deb ataladi.
Glikollarning umumiy formulasi CnH2n(OH)2 bilan ifodalanadi. Bu yerda n 2 bo’lishi kerak. Chunki CH2(OH)2 tarkibli spirt mavjud emas. Bitta uglerod atomi ikkita gidroksil guruhini ushlab turolmaydi, natijada undan suv molekulasi ajratib chiqib, chumoli aldegidini hosil qiladi. Shuning uchun glikollarning gomologik qatori CH2(OH)2–etilen glikoldan boshlanadi.
Izomeriyasi va nomlanishi. Glikollarni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga diol qo’shimchasi qo’shiladi va gidroksil guruhlari hamda radikallarning holatlari raqamlar bilan ko’rsatiladi.(3-ilоvа)
Formulasi
|
Empirik nomenklatura bo’yicha nomi
|
Sistematik nomenklatura bo’yicha nomi
|
CH2OH-CH2OH
|
Etilenglikol
|
1,2-etandiol
|
CH3-CH(OH)CH2OH
|
Propilenglikol
|
1,2-propandiol
|
CH2OHCH2-CH2OH
|
Trimetilenglikol
|
1,3-propandiol
|
CH2OHCH2-CH2-CH2-OH
|
Tetrametilenglikol
|
1,4-Butandiol
|
CH2OHC(CH3)(OH)CH3
|
|
2-metil-1,2-propandiol
|
Do'stlaringiz bilan baham: |