O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 5.01 Kb.

bet1/27
Sana16.02.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

 

O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
T.JO‘RAYEV,  D.TOJIBOYEVA 
 
IQTISODIYOT 
NAZARIYASI 
 
(I QISM) 
 
КO‘RGAZMALI VA TARQATMA MATERIALLAR 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim 
vazirligi  tomonidan  oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma 
sifatida  tavsiya  etilgan 
 
 
TO‘ILDIRILGAN 2-NASHRI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHКENT – 2014 
 

 

UO‘К: 336.63+346.26 
KBК 65.290-93+65.9(5U)09 
J-13  
 
J-13        T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi (ko‘rgazmali va 
tarqatma  materiallar).  (Qayta  nashr).  1-qism.  –T.:  «Fan  va 
texnologiya», 2014, 332 bet. 
  
ISBN 978–9943–10–550–8 
 
Mazkur qo‘llanma iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda jahon tajribasi-
dan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal 
qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o‘zlashtirishni yengillashtirish, 
fanning  mazmunini  chuqurroq  tushunishga  yordam  berish  maqsadida  tayyorlan-
gan. Qo‘llanmada iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, yetakchi nazariy 
maktablar, yo‘nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, konsepsiyalari hisobga 
olingan.  Unda  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  o‘quv  dasturda  o‘rganish  ko‘zda 
tutilgan barcha mavzulari qamrab olingan. 
Qo‘llanma mantiqan bir-biri bilan bog‘langan ikki qismdan iborat bo‘lib, un-
da  iqtisodiyotning  umumiy  asoslari  va  bozor  iqtisodiyotiga  oid  ko‘rgazmali  va 
tarqatma materiallar berilgan. 
Qo‘llanmani  tayyorlashda  Respublika  Prezidenti  I.A.Кarimov  asarlaridan, 
Respublika  qonunlari  va  boshqa  me’yoriy-huquqiy  hujjatlardan  hamda  mamlakat 
iqtisodiy  hayotiga  tegishli  rasmiy  statistik  ma’lumotlardan  o‘z  o‘rnida  foyda-
lanilgan.  
Qo‘llanma  oliy  o‘quv  yurtining  barcha  yo‘nalishdagi  bakalavrlari  va  iqtiso-
diyot  nazariyasi  fanidan  dars  beruvchi  o‘qituvchilarga  mo‘ljallangan.    Shu  bilan 
birga  undan  magistratura  talabalari,  tadqiqotchilar  va  hozirgi  zamon  iqtisodiyot 
nazariyasining  muammolarini  o‘rganishga  qiziquvchi  kitobxonlar  foydalanishi 
mumkin.  
UO‘К: 336.63+346.26 
KBК 65.290-93+65.9(5U)09 
 
Taqrizchilar: 
Sh.Shodmonov – iqtisod fanlari doktori, professor; 
U.Gafurov – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 
P.Hoshimov – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 
K.Umarov – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 
B.Xajiyev – iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 
 
ISBN 978–9943–10–550–8 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013. 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2014.
 

 

 
КIRISH 
 
Bozor  iqtisodiyoti  har  bir  kishidan  qanday  kasb  egasi  bo‘lishidan  qat’i 
nazar, iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni o‘rga-
nishni  talab  qiladi.  Bo‘lg‘usi  iqtisodchilardan  esa  voqeliklarni,  iqtisodiy 
jarayonlarni  tahlil  qilish  va  ulardan  tegishli  xulosa  chiqarish  bilan  chegara-
lanmay, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqa-rish sama-
radorligini  oshirish,  tanlovning  eng  optimal  variantlarini  amalga  oshirish, 
buning  uchun  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish,  bilganlarini  joriy  qilish  layo-
qatiga ega bo‘lishni talab qiladi. 
Fanni o‘rganishda talabalarni tahliliy xulosa chiqarishga o‘rgaish  – eng 
muhim masala hisoblanadi. Tahliliy xulosa chiqara  oladigan odam mustaqil 
fikrlaydi.  Mustaqil  fikrlaydiganlar  doimo  izlanadi,  ularning  fikri-o‘ylari, 
ijodiy, mehnati tufayli jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti yuz beradi. 
Demak, talabalarning mustaqil fikr yuritishi, hayotda yuz beradigan turli 
muqobil variantlar ichidan eng maqbulini tanlashni o‘rganishi hozirgi zamon 
talabidir. 
O‘qish,  o‘rganish  idrok  qilish,  xayolan  qayta  jonlashtirish  bilan  cham-
barchas bog‘liq. Hayot tajribasi ko‘rsatadiki, inson o‘zi ko‘rib, tasavvur qil-
gan narsani  to‘liq o‘zlashtiradi. Avtomobil  yoki  traktor haqida qancha o‘qi-
gan, og‘zaki eshitgan bo‘lmang, o‘zini ko‘rib, mashq qilmay, ularni boshqa-
rib  bo‘lmaydi.  Inson  tabiatan  shunday  yaratilgan  ekanki,  u  biron  narsani 
o‘rganishi uchun uni tasavvurida jonlantira bilishi kerak ekan. Shuning uchun 
ham fanni o‘rganishda turli vositalar, tasvir, maket, rasm, chizma va boshqa 
shu kabilardan foydalaniladi, ya’ni ta’limning ko‘rgazmaliligi ta’minlanadi.        
Ta’limning  ko‘rgazmali  uslublarining  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki, 
ular og‘zaki  ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi. 
Obyektiv  borliqdagi  qonuniyatlar  so‘z  va  ko‘rgazmalilikning  chambar-
chas bog‘liqligini amaliyotda birgalikda qo‘llashni taqozo etadi. Demak, so‘z 
va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Bunda ta’lim vazi-
fasi,  mavzuning  mazmuni,  mavjud  ko‘rgazmali  vositalarning  xarakteri, 
o‘quvchi-talabalar  tayyorgarligi  darajasidan  kelib  chiqib,  ularni  oqilona 
uyg‘unlashtirishdan iborat. 
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib 
qo‘ysa,  ikkinchi  tomondan  turli-tuman  yangi  usullarni  qo‘llash,  ko‘rgazma-
lilikni  oshirish,  texnik  vositalardan  foydalanish,  ularni  qo‘llashni  takomil-
lashtirish  orqali  bilim  olishni  osonlashtirish,  uni  qiziqarli  jarayonga  aylanti-
rishga yordam beradi. 

 

Кo‘rgazmali  qurollar  yordamida  bir  vaqtning  o‘zida  muhokama 
qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish 
shubhasiz talabalarning puxta bilim olishlariga yordam beradi. 
Iqtisodiy  fanlarning  boshqa  fanlardan  ajralib  turadigan  tomoni  ham 
shundaki,  u  faktlar,  ma’lumotlar,  raqamlar  bilan  ish  ko‘radi.  Iqtisodchidan 
ular  bilan  ishlay  bilish,  qo‘ygan  maqsadga  erishish  uchun  hisob-kitob, 
matematik  amallar,  kuzatishlarni  amalga  oshirish,  ularning  dinamikasi 
(o‘zgarishi)ni  o‘rganish  asosida  xulosalar  chiqarish,  qaror  qabul  qilish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab qilinadi. 
Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni  chuqur  o‘rganish, imkon qadar  real 
voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko‘rishni 
zarur  qilib  qo‘yadi.  O‘tilayotgan  darsda  talabalarga  axborot  yetkazish,  ular 
darsni  puxta  o‘zlashtirishlari  va  faol  qatnashishlarini  ta’minlashda  tarqatma 
materiallarning ahamiyati katta. 
Darslarda  tarqatma  materiallardan  foydalanish  tobora  keng  qo‘llanil-
moqda.  Tarqatiladigan  materialning  muhim  ijobiy  tomoni  shundaki,  u 
bevosita  talabaning  qo‘lida  bo‘lib,  ko‘rgazmali  qurollarning  uzoqdan 
ko‘rsatilishi kamchiliklardan holi qiladi. 
Axborot  ko‘lami  katta  bo‘lgani  sababli  qisqa  vaqt  ichida  barcha 
axborotni  talabalarga  to‘liq  yetkazib  berish  qiyin.  Bunday  paytda  axborotni 
tarqatma  material  sifatida  yetkazib  berish  muhim  rol  o‘ynaydi.  Tarqatma 
materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda:  
a) axborot beruvchi;  
b) topshiriq beruvchi;  
d) bilimni nazorat qiluvchi turlarga ajratish mumkin. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanma  yordamida  tarqatma  materiallarni  mavzuni 
o‘rganishdan qo‘yilgan maqsadga ko‘ra turli variantlarda qo‘llash mumkin.  
Ma’lumki,  iqtisodiy  fanlarning  xususiyatidan  kelib  chiqib,  ularni 
o‘rganishda markaziy o‘rinni masala, mashq yechish egallaydi.  
Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o‘rganishning bosh maqsadi – 
olingan bilimni amaliyotda qo‘llash imkonini ta’minlaydi. 
Ikkinchidan, talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi. 
Uchinchidan, ularning mustaqil  fikrlash darajasini oshiradi. 
Shuning uchun ham masala so‘ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni 
bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish obyekti sifatida qaralishi 
bejiz  emas.  Aytaylik,  yechimini  kutayotgan  masalalar,  hal  qilinishi  zarur 
masalalar va shu kabilar. 
Mashqlar  mushohada  qilish,  xulosa  chiqarishga  o‘rgatish  bilan  birga 
vaqtni  tejash,  ayrim  masalalarda  ikkilanib  turgan  talabalarni  to‘g‘ri  javob 
topishga o‘rgatish imkonini beradi. 
Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o‘quvchi, 
talabalarda  aniq  miqdorlar,  raqamlar  yordamida  qonun  va  kategoriyalarni 

 

tushunishni osonlashtiradi. Chunki iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda 
ko‘pincha  ilmiy  abstraksiyadan  foydalaniladi.  Кo‘pchilik  o‘quvchi-talabalar 
ilmiy  abstraksiya  metodini  tezda  tushunaverishmaydi.  Matematik  ifodalar 
orqali  iqtisodiy  hodisalarni  o‘zaro  bog‘lanishini  tushunish  esa  oson.  Shuni 
hisobga  olib,  kitobda  iqtisodiyot  nazariyasi  fanidan  har  bir  mavzu  bo‘yicha 
masala  va  mashqlar  tayyorlangan  va  o‘ziga  xos  topshiriq  sifatida  testlar 
javobi bilan berilgan.  
Masala-mashqlarni  mustaqil  yechar  ekansiz,  unga  sarflagan  intellektual 
energiyangiz  va  vaqtingizga  achinmaysiz.  Chunki  ular  iqtisodiyot  muam-
molarini chuqur o‘rganishga katta yordam beradi. 
Masala-mashqlarning  javobini  qidirishga  oshiqmang.  Berilgan  masala-
mashqni  o‘zingiz  mustaqil  yechib,  uning  javobi  to‘g‘riligini  bilgach 
intellektual  jihatdan  qoniqish  hosil  qilish,  zavqlanish  nashidasi  o‘zgacha 
bo‘ladi. Bunday tuyg‘uni totib ko‘rishdan o‘zingizni bebahra qoldirmang. 
Qo‘llanmani  tayyorlashda  Respublikamizda  qabul  qilingan  qonunlar, 
me’yoriy  hujjatlar,  Prezidentimiz  asarlaridan,  mamlakatimiz  iqtisodiy  hayo-
tiga tegishli rasmiy statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. 
Qo‘llanma talabalarga fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun ko‘mak bersa, 
professor-o‘qituvchilarga  dars  jarayonini  va  mustaqil  ta’lim  olishni  zamo-
naviy interfaol usullarni qo‘llab tashkil etishga yordam beradi. 
Qo‘llanmadan elektron materiallar, virtual stendlar va boshqa shu kabi-
larni  tayyorlashda,  dars  jarayonida  axborot-kommunikativ  texnologiyalarni 
qo‘llashda keng foydalanish mumkin. 
Mazkur  kitob  qo‘llanmaning  birinchi  qismi  bo‘lib  u  iqtisodiy  taraqqi-
yotning  umumiy  asoslari  hamda  bozor  iqtisodiyotining  mazmuni  va  uning 
asosiy  qonun  va  kategoriyalarini  o‘rganishga  qaratilgan  mavzularni  qamrab 
olgan. 
Bunday  turdagi  qo‘llanma  iqtisodiyot  nazariyasi  fanidan  o‘zbek  tilida 
birinchi marta qayta nashr qilinmoqda. Mualliflar u haqda bildirilgan masla-
hatlar va fikr-mulohazalarni kutadi va bajonidil qabul qiladi. 
 
 
 
 
 

 

 
I BO‘LIM. IQTISODIY TARAQQIYOTNING UMUMIY  
ASOSLARI 
 
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING  
PREDMETI VA USLUBI  
 
1-§. Iqtisodiyot va uning asosiy muammolari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining 
cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir 
Mikroiqtisodyot 
Mezoiqtisodiyot 
Makroiqtisodiyot 
Turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab 
chiqarishning muayyan usulini hamda 
infratuzilmaviy muassasalarni yaxlit qilib 
birlashtiruvchi iqisodiy tizim 
Tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar 
ko‘rsatuvchi va ish bajaruvchi korxona 
(firma)lar hamda alohida bozorlar 
Hududiy iqtisodiyot va yirik tarmoq hamda 
tarmoqlararo majmualar (Harbiy-sanoat, agro-
sanoat majmuasi va h.k.) 
Milliy iqtisodiyot va uning alohida yirik 
sektorlari (davlat sektori, kooperativ va xususiy 
sektor) 
Jahon xo‘jaligi va davlatlararo hududiy 
tuzilmalar iqtisodiyoti(Yevropa ittifoqi, MDH 
va boshq. 
Insonlarning moddiy va ma’naviy ne’matlarni 
ishlab chiqarish, iste’molchiga yetkazib berish 
hamda xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, bir-
biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan 
faoliyatlar 
Iqtisodiy faoliyat 
Iqtisodiyot 
 
Megaiqtisodiyot 
 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va 
qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi. 
Oddiy 
Кengaytirilgan 
Ishlab chiqarish kengayib borish tartibida 
takrorlanadi. 
Takror ishlab chiqarish turlari 
 
Qisqarib boruvchi 
Ishlab chiqarish hajmi kamayib borish 
tartibida takrorlanadi 
Ishlab chiqarish hajmi bir me’yorda, 
o‘zgarmasdan takrorlanadi 
Ishlab chiqarish 
Takror ishlab chiqarish bosqich (faza)lari 
Tovarlar va xizmatlar yaratiladi 
Yaratilgan  tovar  (xizmat)lar  hududiy  bir-
liklar,  tarmoqlar,  sohalar  hamda  resurs 
egalari o‘rtasida taqsimlanadi 
Turli  xil  bozorlarda  tovar(xizmat)lar  pul 
vositasida  ayirboshlanib,  ishlab  chiqaruv-
chidan iste’molchi qo‘liga o‘tadi 
Tovar  (xizmat)lar  pirovard  foydalaniladi, 
ya’ni  ular  shaxsiy  va  unumli  iste’mol 
qilinadi 
 
Taqsimot 
Ayirboshlash 
Iste’mol 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Infratuzilma  –  bu  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashni  me’yorida  amalga 
oshirish  hamda  kishilarning  turmush  kechirishining  umumiy  shart-
sharoitlarini tashkil qiluvchi sohalar 
 
   Infratuzilma      
       turlari 

 
ishlab chiqarish infratuzilmasi;  

 
ijtimoiy infratuzilma; 

 
bozor infratuzilmasi; 

 
qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi 
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – 
bu iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyatning cheksiz 
ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib berish mumkinligi 
to‘g‘risidagi masaladir. 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyotning 
asosiy 
muammosini hal 
qilish yo‘llari 
Iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish; 
 
Resurslar unumdorligini oshirish
 
Resurslardan  foydalanishning  turli  xil  vari-
antlaridan eng samaralisini tanlash;  
 
 
 Resurslarni samarali  uyg‘unlashtirish;  
 
Ehtiyojlarni cheklash 
 

 

2-§. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  ko‘pgina  mamlakatlarda  milliy  bozorlarning 
qaror  topishi  va  jahon  bozorining  vujudga  kelishi  sharoitida  (XVI–XVII 
asr) iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida «siyosiy iqtisod» 
nomi bilan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. 
 
«Siyosiy  iqtisod»  yunoncha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  «politikos»  – 
ijtimoiy,  «oykos»  –  uy,  uy  xo‘jaligi,  «nomos»  –  qonun  degan  ma’noni 
anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkret’en (1575–1621y.) birinchi 
marta  «Siyosiy  iqtisod  traktati»  (1615  y.)  asarida  bu  fanni  ilmiy  jihatdan 
asosladi va u 300 yildan ortiq vaqt davomida shu nom bilan rivojlandi. 
 
Iqtisodiy bilimlarning paydo bo‘lishi 

 
  Miloddan  avvalgi  davrdagi  qadimgi  Misr,  Hindiston,  Xitoy, 
Yunoniston,  Rim  va  Sharq  mutafakkirlari  (Xammurapi,  Manu,  Кonfutsiy, 
Кsenofont,  Platon,  Aristotel,  Varran,  M.Кaton,  Кolumella  va 
boshqalar)ning  iqtisodiy  qarashlari.  Ular  mehnat  taqsimoti,  yaratilgan 
mahsulot  taqsimlanishi,  boylikning  vujudga  kelishi,  xo‘jalik  yuritish 
qoidalari,  mehnatni  tashkil  qilish,  yerga  mulkchilik  masalalariga  o‘z 
yondashuvlarini bayon qiladi.   
 

 
 
Miloddan  keyingi  dastlabki  ming  yillikdagi  iqtisodiy  qarashlar.  Bu 
davrda  iqtisodiy  bilimlarning  rivojlanishida  muqaddas  kitoblar  («Qur’on», 
«Hadis») hamda O‘rta Osiyo va Sharqning buyuk allomalari qarashlari alohida 
o‘rin tutgan. 
Ular inson ehtiyojlari (Forobiy), daromadlar va xarajatlar muvozanati (Ibn 
Sino),  pulning  kelib  chiqish  sabablari  (Abu  Rayhon  Beruniy),  jamiyatdagi 
mehnatning  roli,  moddiy  ne’matlarning  xususiyatlari,  pul  va  uning  vazifalari 
(Yusuf  Xos  Hojib)  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzilishi,  davlat  moliyasi, 
soliqlarni  belgilash  tartibi  (A.  Navoiy),  insonlarning  ishlab  chiqarish  faoliyati, 
mehnat  va  uning  jamiyatdagi  roli,  tovar  qiymati  va  iste’mol  qiymati, 
ayrboshlash  jarayoni,  tarixiy-ijtimoiy  taraqqiyot  prinsiplari  (Ibn  Xoldun)  kabi 
masalalarga o‘z munosabatlarini bildirishgan. 
 
 

 
10 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

  Sismondi  (Jon  Sharl  Leonard  Simon  de  Sismondi)  kapitalistik 
iqtisodiy  mexanizmni  tanqid  qilib,  siyosiy  iqtisod  inson  baxti  yo‘lida 
ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim, 
deb ko‘rsatadi. 

  Sotsial-utopistlar  (A.Sen-Simon,  Sharl  Fur’e,  Robert  Ouen) 
kapitalizmni  tanqid  qilib,  xususiy  mulkchilikni  yo‘q  qilish,  ishlab 
chiqarish,  taqsimot  va  iste’molni  qayta  tashkil  etish  va  adolatli  tuzum 
(industrial  jamiyat,  garmonik  jamiyat,  kommunizm)  o‘rnatish  talabi 
bilan chiqadilar.  

  Marksizm  jamiyat  taraqqiyotiga  tabiiy-tarixiy  jarayon  deb  qarab, 
ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalar,  ularning  vujudga    kelishi,  rivojlanishi 
va  boshqasi  bilan  almashinishi  sabablari  to‘g‘risidagi  ta’limotni  hamda 
qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanish jarayonida vujudga kelgan asosiy 
g‘oyaviy oqimlar 
Merkantelizm  –  jamiyatning  boyligi  pul  va  oltindan  iborat  bo‘lib,  u 
savdoda,  «asosan  tashqi  savdoda  paydo  bo‘ladi  va  ko‘payadi»,  deb 
tushuntiriladi.  Merkantelizm  –  italyancha    «mercante»  so‘zidan  olingan 
bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari: U. 
Stafford, Tomas Men, Antuan Monkret’en, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va 
boshqalar. 
Fiziokratlar  –  jamiyatning  boyligi  qishloq  xo‘jaligida  vujudga  keladi 
degan  g‘oyani  ilgari  suradilar.  Bu  ta’limotning  asoschisi  Fransua  Кene 
(1694

1774 y.y.) hisoblanadi. 
Кlassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki 
sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab 
berdi. 

  U.Petti  (1623

1686  yy.)  boylikning  manbai  yer  va  mehnat 
ekanligini  e’tirof  etgan.  «Mehnat  boylikning  otasi,  yer  uning  onasi» 
degan ibora unga tegishlidir. 

  A.Smit  «Odamlar  boyligining  tabiati  va  sabablari  to‘g

risida 
tadqiqot»  (1776  y.)  asarida  talab  va  taklif  asosida  shakllanadigan  erkin 
narxlar  asosida  bozor  o‘z-o‘zini  tartibga  solishi  («ko‘rinmas  qo‘l») 
g‘oyasini  ilgari  suradi.  Insonni  faollashtiradigan  asosiy  rag‘bat  shaxsiy 
manfaatdir, deb ko‘rsatadi.  
– 
D.Rikardo  qiymatning,  turli  sinflar  daromadlari  va  foydaning 
yagona manbai mehnat ekanligini ko‘rsatadi.  

 
11 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyot nazariyasidagi yangi  oqimlar  
(XIX asr oxiri va  XX asr boshlari) 
Кeynschilik  –  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotini  davlat 
tomonidan  tartibga  solib  turish  zarurligini  asoslashga  diqqat 
qaratiladi.  Jon  Meynard  Кeyns  «Bandlik,  foiz  va  pulning  - 
nazariyasi»  (1936  y.)  nomli  kitobida  bunday  tartibga  solish  yalpi 
talabga hamda shu orqali inflatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatishini 
asoslaydi.  


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling