O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 5.01 Kb.

bet1/39
Sana20.02.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 “INFORMATIKA VA AXBOROT 
TЕXNOLOGIYALARI” 
 
fanidan 
 
MA’RUZA MATNLARI 
 
T O’ P L A M I 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2009 
 
1

 
O.T. Kenjaboev, R. X. Ayupov, B.S. Sultonov, A.O. Ro‘ziev, 
A.X.Abdullaev «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan 
ma’ruza matnlari to`plami. 
- T.: TMI, 2009.   398 - bet 
 
 
Annotatsiya 
 
Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo`yicha ma’ruza matnlari 
iqtisodiy yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarining talabalari ta’lim olishi uchun ishlab 
chiqilgan bo`lib, unda ushbu fan bo`yicha asosiy mavzularning savollari hamda 
ularga tegishli javoblar muammoli tarzda qisqacha yoritilgan. Mavzularning 
ketma-ketligi va ma’nosi talabalarning o`rganilayotgan fan bo`yicha chuqur 
hamda atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab 
chiqilgan. 
 
Ma’ruzalar to`plami «Informatsion texnologiyalar» kafedrasi majlisida muhokama 
qilingan va nashrga tavsiya etilgan.  
 
 
 
Tuzuvchilar:         

 
Ayupov R. X. - professor, t.f.d.  

 
Kenjaboev O.T. – professor, i.f.d. 

 
Sultonov B.S. – dotsent, i.f.n. 

 
Ro‘ziev A.O. – katta o‘qituvchi 

 
Abdullaev A.X. – katta o`qituvchi 
 
 
Taqrizchilar:  
          Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti , i.f.d., professor  Begalov B. 
O’zbekiston Respublikasi Injenerlar Akademiyasi raisi, f.m.d., 
professor Qobulov A.V.             
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2

 
M U N D A R I J A 
 

 
Informatika va axborot texnologiyalari fani predmeti va uning 
hozirgi davrdagi dolzarbligi 
6

 
Kompyuterlar va axborot texnologiyalarining texnik taminoti  
23

 
Kompyuterlar va axborot texnologiyalarining dasturiy taminoti  
38

 
Windows operatsion tizimlarida ishlash asoslari 
51

 
Fayllarni arxivlash usullari va uning axamiyati 
86

 
Matnli axborotlarni yaratish va tahrirlash, Winword dasturi 
96

 
Jadval hisoblagichlari va ularning imkoniyatlari,  Winexcel 
dasturi 104

 
Taqdimotlar yaratish amaliy dasturlari, Power Point dasturi 
114

 
Malumotlar bazasini tashkil qilish va boshqarish,  Win Access 
dasturi 135
10 
 
     Intellektual va ekspert tizimlar haqida tushuncha 
148
11 
     
      Axbоrоt texnоlоgiyalari va ahborot  tizimlari haqida tushuncha 
156
12 
 
     Informatsion tizimlarining axborot ta’minoti 
160
13 
 
     Avtomatlashtirilgan ish joylari va ularning asosiy turlari    
167
14 
 
    Tarmoq axborot texnоlоgiyalari va ularning asosiy turlari 
173
15 
     
    Glоbal kоmpyuter tarmоqlari. Internet tarmоg‘i 
185
16 
 
    Elektron ma’lumot axtarish tizimlari va ularning asosiy turlari 
204
 
3

17       Web sahifalar yaratishni avtomatlashtirish vositalari.  FrontPage 
dasturi 209
18       Masofaviy  ta’lim  tizimini  tashkil qilish usullari va uning 
ahamiyati 224
19 
    
    Axborot tizimini tashkil qilish va uning asosiy bosqichlari 
235
20      Iqtisоdiy axbоrоtlar klassifikatоrlari,  kоdlashtirish va ularni 
qo‘llash texnоlоgiyasi. Shtrih kodlar. 
251
21 
     
    Iqtisodiy axborotlar xavfsizligi va uni ta’minlash usullari 
261
22      Axbоrоtlashgan jamiyat va axborotlashgan jamiyatni  rivojlanishi 
bilan axborotlar axamiyatining ortib borishi 
274
23      Buxgalteriya hisobida avtomatlashirilgan axborot texnologiyalari 
va tizimlari 
284
24       Soliq  xizmatida  avtomatlashtirilgan axborot texnologiya va 
tizimlarini joriy qilinishi 
299
25       Sug‘urta  faoliyatida  avtomatlashtirilgan axborot texnologiya va 
tizimlarini joriy qilinishi 
303
26 
     
     Bank avtоmatlashtirilgan axbоrоt tizimlarini qurish asоslari 
310
27       Butun  jahоn banklararо ma’lumot almashinish SWIFT tizimi 
haqida tushuncha 
325
28 
 
      Plastik kartоchkalarga asoslangan elektron to‘lоv tizimlari 
332
29       Avtоmatlashtirilgan elektrоn tijоrat tizimlari va ularning 
xavfsizligini ta’minlash 
336
30 
 
    Internet to‘lоv tizimlari va ularning asosiy turlari 
362
31 
     
    Elektrоn hujjat aylanishlar tizimi 
378
32      Mulimedia vositalari va ularning information tizimlarda 
qo’llanilishi 384
33      Adabiyotlar 
394
 
4

So`z boshi 
 
Ushbu ma’ruza matnlari  iqtisodiy yo`nalishda ta’lim berayotgan 
O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiyot yo`nalishidagi universitet va 
institutlarda o`qitiladigan «Informatika va axborot texnologiyalari» faniga 
bag`ishlangan bo`lib, unda kompyuterlashtirish umumiy yo`nalishi bilan bog`liq 
bo`lgan kontseptual masalalar, iqtisodiy masalalarni qo`yish va ularni kompyuter 
yordamida yechish muammolari, algoritmik tillarda dasturlar tuzish masalalari, 
zamonaviy katta va shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi va ishlashi, ularning tizimli 
va amaliy dasturiy ta’minoti xamda ushbu amaliy dasturlarda ishlash, informatsiya 
uzatish tarmog`i xususiyatlari va unda ishlash, intellektual va ekspert tizimlar 
tuzilishi va ularning asosiy turlari kabi asosiy masalalar ko`rib chiqiladi. Talabalar 
bu kursni tugallagandan so`ng, moliya-kredit va iqtisodiy sohalardagi dasturiy-
texnik vositalarWindows,  Word,  Excel,  Access,  Power Point, Front Rage, 
Buxgalteriya 1S, bank ishi, soliq, sug`urta va shunga o`xshash dasturlarda ishlash, 
Internet  tizimida ishlay olish xamda iqtisodiy yo`nalishdagi amaliy masalalarni 
yecha olish va mavjud hisoblash tarmoqlaridagi dasturlarda ishlay olish 
ko`nikmalarini xosil qiladilar. Talabalarning olgan bilim va ko`nikmalari keyingi, 
yuqori kurslarda o`tiladigan boshqa fanlarni o`rganish uchun asos bo`lib xizmat 
qiladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari” kursi bir tomondan 
Modellashtirish”, “Oliy matematika” va “Matematik programmalash” 
fanlarining fundamental nazariyasiga asoslangan bo`lib, ularga uzviy bog`liq 
ravishda o`tiladi. Ikkinchi tomondan u barcha moliya-iqtisod fanlari uchun asosiy 
manba bo`lib hisoblanadi. 
Talabalar ushbu kursdan to`laqonli saboq olishlari va bu fanni yaxshi 
o`zlashtirishlari uchun ular maktab programmasi miqiyosida kompyuter haqidagi 
bilimlarga ega bo`lishlari lozim. Ya’ni, kompyuterning tashqi qurilmalari, 
programmalashtirish asoslari, algoritmlashtirish va algoritmlar tuzish, blok-
sxemalar bilan ishlash, biror-bir tilda programma tuza olish va ushbu 
programmalarni kompyuterga kiritish va ularni sozlash, kompyuterning 
qo`shimcha qurilmalarining ishini tushunish kabi maktab programmasiga oid 
bilimlarni o`zlashtirib olishlari lozim. 
Talabalar “Informatika va axborot texnologiyalari” kursini o`rganish 
jarayonida har bir ma’ruza mavzusi bilan uzviy ravishda bog`langan va uning 
amaliy jihatlarini atroflicha tushunishga imkon beradigan amaliy va laboratoriya 
mashg`ulotlari bo`yicha ta’lim oladilar. Ular ushbu mashg`ulotlar davomida 
informatika fani bilan bog`liq dasturiy-texnik vositalarni, amaliy dasturlarni, 
sistemaviy dasturiy ta’minot komponentalarini, informatsiya uzatish, qabul qilish 
va qayta ishlash tizimlarini hamda dasturlashtirish usullarini atroflicha o`rganib 
puxta o`zlashtiradilar va keyingi yuqori kurslarda ta’lim olish uchun  malaka 
orttiradilar. Talabalar amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari o`tkazish jarayonida 
xususiy kompyuterda va uning asosiy dasturli vositalarida ishlashni o`zlashtirib 
olishlari lozim. Fan bo`yicha ajratilgan auditoriya soatlarining kupgina kismi 
laboratoriya hamda amaliy mashg`ulotlaridan iborat. Bunday mashg`ulotlarda 
 
5

ma’ruza mavzulariga oid misol va masalalar taxlil kilinadi hamda kompyuter 
yordamida yechiladi. 
Oliy kasbiy ta’limning davlat standartlariga ko`ra mazkur kursga 242 soat 
xajmida vaqt ajratilgan. Ularning 84 soati ma’ruza (33,3 %), 84 soati laboratoriya 
mashg`ulotlari (33,3 %), 84 soat amaliy ta’limdir (33,3 %). «Informatika va 
axborot texnologiyalari» fanidan olingan bilimlar talabalarni oliy o`quv yurtini 
tamomlagandan so`ng, kundalik faoliyatida uchraydigan dolzarb amaliy 
masalalarni yechishlarida hamda zamonaviy iqtisodiyotga doir muammolarni hal 
qilishlarida qo`l keladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar bilimini 
baholash uchun o`tkaziladigan nazorat tadbirlari – joriy va oraliq baholashda 
talabalar fanga ajratilgan auditoriya soatlarining 70 % miqdorigacha, yakuniy 
nazoratda esa 30% miqdorigacha ball to`plashlari mumkin. Mazkur fan ikki 
semestr davomida o`tkaziladi va bu davr ichida talabalarning bilim darajasini 
baholash uchun har semestrda ikki marta joriy, ikki marta oraliq va bir marta 
yakuniy nazorat o`tkaziladi. Har bir oraliq baholashdan talabalar eng ko`pi bilan 
8,75 % dan, jami 35 %, har bir joriy baholashda 8,75 % dan, jami 35 %, yakuniy 
baholashdan esa 30 % ball to`plashlari mumkin. Talabalar bilimini baholash uchun 
kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va institut uslubiy kengashi tomonidan 
tasdiqlangan uslubiy ko`rsatmalardan foydalaniladi. 
Dastur bo`yicha samarador va zamona talablariga javob beradigan darajada 
dars berish uchun quyidagi texnik vositalar zarur bo`ladi:  
1.  IBM xususiy kompyuterlar oilasiga mansub va texnik ko`rsatgichlari 
Pentium III-IV ga mos bo`lgan darajadan kam bo`lmagan kompyuter 
sinflari, har bir sinfda kamida 10 ta kompyuter va xuddi shuncha atrofida 
talaba bo`lishi talab etiladi. 
2. Litsenziyasi mavjud va faol sharoitda ushlab turiladigan zamonaviy 
programma dasturlari. Masalan, Windows va  Microsoft  Office 
programma dasturlariga mansub amaliy programmalar. 
3. Har bir qulliyot uchun kamida 2 tadan diaproektorlar va ularga tegishli 
bo`lgan kerakli materiallar. 
4. Kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qila oladigan lokal tarmoq hosil 
qilish uchun zarur bo`lgan texnik va programmaviy vositalari. 
5. Elektron pochta tashkil qilish vositalari va unga tegishli texnikaviy va 
dasturiy resurslar. 
6.  Internet informatsiya almashinish tarmog`iga ulanish, uning normal 
ishlashi uchun lozim bo`lgan resurslar va unda ishlash qoidalari. 
7. Turli xil fan soxalariga oid amaliy programmalar va ularning ishlashi 
uchun zarur bo`lgan texnik vositalar. 
8. Bank, moliya, soliq, sug`urta va hisobga oid dasturlar kompyuterlarga 
urnatilgan bulishi lozim. 
Ushbu fanni o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalar va uning xilma-xil 
usul (qoida)lari keng miqyosda qo`llaniladi. Masalan, bular jumlasiga ishbilarmon 
o`yinlar, internet tizimida ishlashni o`rganish, tayanch iboralardan foydalanib 
reyting baholashni amalga oshirish, talabalar bilimini kompyuterda va bevosita 
 
6

uzluksiz testlashtirishni amalga oshirish, ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy va 
kompyuterlash bo`limlariga sayohatlar uyushtirish, kompyuterda iqtisodiy 
o`yinlarni tashkil qilish va ularning tahlili, kritik mushohada-fikrlashni 
rivojlantirish usullarini qo`llash, laboratoriya va amaliy darslarni bir-biriga 
muvofiq tarzda tashkil qilish, hisobotlar, referatlar tayyorlash va ularni talabalar 
orasida himoya qilish, informatsion sistemalarni boshqarish sohasidagi eng yangi 
adabiyotlarni qo`llash, o`rganish kabilar kiradi. 
Talabalar ma’ruza darslari, amaliy mashg`ulotlar va laboratoriya darslarida 
o`z bilimlarini chuqurlashtirib, kompyuter texnik va dasturiy vositalarini chuqur 
o`zlashtirib oladilar hamda uning periferiya/tashqi vositalarini ongli ravishda 
boshqarishni o`rganadilar.  
 
1 – M A V Z U 
"Informatika va axborot texnologiyalari" fani predmeti va uning hozirgi 
davrdagi dolzarbligi (2 soat) 
Reja: 
1. "Informatika va axborot texnologiyalari" fanining predmeti va uning 
iktisodiyotdagi ahamiyati. 
2. Hisoblash texnikasi rivojlanishi tarixi va asosiy bosqichlari. 
3. Hisoblash texnikasining klassifikatsiyasi. 
4. EHMning turlari va asosiy oilalari. 
5. Mikroprotsessor texnikasining xalq xo`jaligidagi ahamiyati. 
 
Tayanch iboralar. 
 
1.
 
Hisoblash texnikasi. 
2.
 
Hisoblash texnikasining rivojlanish davrlari 
3.
 
Mexanik bo`lmagan hisoblash mashinalari 
4.
 
Mexanik hisoblash mashinalari 
5.
 
Elektromexanik hisoblash mashinalari 
6.
 
Analog hisoblash mashinalari 
7.
 
Elektron hisoblash mashinalari 
8.
 
Gibrid hisoblash mashinalari  
9.
 
Intellektual kompyuterlar 
10.
 
Kompyuter 
11.
 
Mikroprotsessor 
12.
 
Kompyuterlarning iqtisodiyotda qo`llanishi 
13.
 
Kompyuterlarning boshqaruvda qo`llanishi 
14.
 
EHM larning rivojlanish bosqichlari 
15.
 
EHM avlodlari 
16.
 
Mikroprotsessorli qurilmalar 
 
7

17.
 
Diskret va analog mashinalar 
18.
 
Integral sxemalar 
19.
 
Katta integral sxemalar 
20.
 
Juda katta integral sxemalar 
21.
 
Universal EHM lar 
22.
 
Super EHM lar 
23.
 
Mini EHM lar 
24.
 
Xususiy EHM lar 
Mavzuga oid adabiyotlar ruyxati:  
3, 6, 7, 17, 21, 40 
  
1.  "Informatika va axborot texnologiyalari"ning xalq   
                 xo`jaligidagi ahamiyati 
Qadim zamonlardan to hozirgacha murakkab hisoblash ishlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga bo`lgan talab hamda bu bilan bog`lik 
muammolar mavjud bo`lgan. Insoniyat bu muammolarni xal qilish uchun xilma xil 
usullarni qo`llab kelgan. Har bir konkret soxada bu muammoni yechishga urinish 
o`ziga xos yechim va muvaffaqiyatlarga olib kelgan. Lekin hisoblash texnikasi va 
informatikaning paydo bo`lishi bilan insoniyat bir qancha qo`shimcha 
imkoniyatlarga ega bo`lganki, bular jamiyatning katta tezlik bilan rivojlanishiga 
olib kelgan. Bu imkoniyatlar haqida nimalar deya olasiz? Ushbu imkoniyatlar 
informatsion texnologiya programma-texnik vositalarining qaysi ko`rsatgich va 
xususiyatlari tufayli yuzaga kelgan? 
Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash 
texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyoda tatbiq 
qilinishidir. Xalq xo`jaligining rivoji o`z navbatida yuqori unumli elektron 
hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar 
va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni 
ko`paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning 
asosiy quroli bo`lib, o`zining algoritmik va programma ta’minotiga ega bo`lgan 
kompyuterlar xizmat qiladi. 
Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni 
avtomatlashtirish asrini ochgan bo`lsa, kompyuter va sun’iy intellekt vositalarning 
paydo bo`lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. 
Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko`pincha "kompyuter 
inqilobi" deb yuritiladi. 
Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining 
tez rivoji o`ziga xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda  informatika faniga 
ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog`liq 
bo`lgan yangi ilmiy yo`nalish sifatida qaralmoqda. 
Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog`lash imkonining vujudga 
kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog`ozsiz" informatikaning 
 
8

imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining 
barcha sohalariga o`z amaliy ta’sirini o`tkazmoqda. 
Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, 
faqat mutaxassis-operatorlar bu EHM-larda ishlagan bo`lsa, hozir esa 
kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo`lgan qurilma bo`lib, 
mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumotlar va bilimlar bankiga 
bevosita murojaat qilish imkonini ta’minlaydi. 
Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo`yicha kompyuterlarni 
samarali qo`llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq 
etishning asosiy sohalari quyidagilardir: 
- ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish; 
- ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; 
- tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash; 
- maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarida o`qitish va kadrlar tayyorlashni 
kompyuterlashtirish; 
- xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash va aholi turmush sohalariga 
informatikani tatbiq etish. 
Xususiy kompyuterlarning paydo bo`lishi informatikani tatbiq etish va 
"kompyuter bo`yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo`ldi. 
Hozirgi zamon kompyuterlariga bo`lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular 
masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral 
sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo`llanishi 
loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish 
imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo`llanishini hisobga 
olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin 
orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz 
mumkin. 
Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o`rinlari 
(AIO’)- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar 
programma ta’minotining asosiy qismlaridan biri bo`lib funktsional protsessorlar 
xizmat qiladi. 
Funktsional protsessorlar turli xildagi ma’lumotlardan qulay holda 
foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini 
ta’minlash bilan birga katta hajmli ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini 
beradi. 
Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma’lumotlarni qayta ishlash va 
boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada 
bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, 
to`liq va aniq ma’lumotlarni istalgan vaqt oralig`i uchun olish imkonini beradi. 
Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron 
ma’lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo`lib, sun’iy 
 
9

yo`ldoshlar orqali bog`langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan 
ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog`lovchi xalqaro 
kompyuter tarmog`i xizmat qilishi mumkin. 
Bu sohada chet ellarda juda ko`p ibratli ishlar qilingan. Shularni tarixiy 
jixatdan qisqacha ko`rib o`tamiz. 
1976 yilda Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga 
kirishildi. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo`lgan 
xonadan o`z xonadoniga terminalni o`rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida 
telefon tarmog`i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan 
foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan bank xizmatlarini ham olish 
mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o`rnatildi. Shulardan bir 
qismi tekinga o`rnatildi. 
Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko`rsatish turi mavjud 
bo`lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko`rsatish uchun mo`ljallangan. 1986 yil 
boshida 150 ming iste’molchilar uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron 
schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning taxminan 2% xonadon egalari o`z 
uylarida banklarning bo`limlariga ega bo`ldilar. 
Bu yo`nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va 
"Benk of Skotland", Germaniyada "Kelьn jamg`arma banki” va Gamburgdagi 
"Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar 
bilan ishlashni Stokgolьmdagi "Gota banken" boshlab berdi. 
O’zbekiston Respublikasi uchun ko`rib chiqilayotgan muammo juda ham 
dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik 
bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo`limi o`z 
kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo`limlari, magazinlarda, 
vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog`ini tashkil qilish 
mumkin. 
Germaniyaning "Niksdorf" kompaniyasi elektron pullarni tatbiq qilish 
bo`yicha ilg`orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada Eurocard nomli standart 
kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo`yicha 5,8 mlndan ortiq 
kishi bu kartochkalardan foydalanadi. Har bir kredit kartochkasiga ma’lumot 
tashuvchi vosita-magnit karta o`rnatilgan bo`lib, unda xususiy schet nomeri, bank 
nomi, mamlakat, mijozning to`lash qobiliyati ko`rsatkichi, berilgan kredit qiymati 
va hokazolar yozilgan bo`ladi. Yangi mijozni bu tarmoqka qo`shish uchun unga 
kamida 2 ming Germaniya markasida kredit ochilgan bo`lishi kerak. 
Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi. Bunday 
kartochkalarga 7 kilobaytli operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor 
o`rnatilgan bo`lib, 200 xil to`lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. 
AQShda magnitli to`lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham 
tegishli xajmda operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor o`rnatilgan bo`lib, 
hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to`g`ridan-to`g`ri bank bilan 
hisob-kitobni amalga oshirish mumkin. 
 
10

Butun dunyo bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo`lgan 
bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo`lib, u kredit 
iste’molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo`ljallangan edi. 
Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas’uliyatli moliya qarorlarini 
ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma’lumotlar ham yuborilar edi. 
AQSH federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan Fedwire sistemasi 
mamlakat ichida sodir bo`lgan oldi-berdilarning 60% ini qamrab oladi. Bu 
taxminan bir kunda 360 milliard dollarga to`g`ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan 
ortiq bank foydalanadi. Nьyu Yorkda joylashgan SNIPS (Claring House 
Interbank Payments System) moliyaviy tarmog`i 90% tashqi oldi-berdilarni 
jamlagan bo`lib, unda 190 ta bank ishtirok etadi. 
Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir 
oqibatda nakd pullarning butunlay yo`qotilishiga olib kelishi shubha tug`dirmaydi. 
Har qalay bu qat’iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda 
tayyordir. G`arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har 
bir yangi tug`ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib 
qo`ydilar. 
Bizning respublikamizda pul-kredit muomalasini kompyuterlashtirishdek 
dolzarb vazifa turibdi. Ichki elektron pulning ma’lum sistemasisiz respublika 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda teng xuquqli ishtirokchi bo`la olmaydi. 
Ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi va bozor iqtisodining shakllanishi 
sharoitida respublikada birinchi navbatda informatikani qo`llash ob’ektlari bo`lib, 
bozor munosabatlari ishtirokchilari - mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va 
istemolchilar (assotsiatsiyalar, kontsernlar, firmalar, qo`shma korxonalar, kichik 
korxonalar, kooperativlar va hokazolar) hamda moliya-birja faoliyati va 
tashkilotlar xizmat qilishi mumkin. 
"Informatika va informatsion texnologiyalar" fani moliya-iqtisod 
mutaxassisliklari talabalarini moliya-iqtisodiy va boshqarish masalalarini yechish 
jarayonida zamonaviy elektron hisoblash vositalaridan unumli foydalanishga 
tayyorlashni maqsad qilib qo`yadi. 
Bunda asosan e’tiborni iqtisodiy informatika va hisoblash texnikasi 
bo`yicha nazariy bilimlarni shakllantirish hamda EHMda ishlash, masalani aniq 
qo`yish, algoritmlash, tayyor programma vositalaridan, xususan amaliy 
programmalar paketidan foydalana bilish ko`nikmalarini hosil qilishga qaratiladi. 
Informatika ma’lumotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish 
bilan bog`liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu soxadagi yetakchi 
olimlarning fikriga ko`ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil 
qilib, ma’lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini 
loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta’minlash bo`yicha barcha muammolarni 
o`rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo`llash va shu sohalarga ta’sirini 
o`rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma’lumotlarni ishlash 
 
11

jarayonlarini o`rganish va uni avtomatlashtirish yo`llarini izlashga xizmat 
qiladigan fan sifatida maydonga keldi. 
Informatikaning usullari va vositalari ma’lum ma’noda moddiylashib, 
iste’molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. 
"Informatsion texnologiya" deganda, ma’lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi 
orqali joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko`rsatishning zamonaviy hisoblash 
texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa 
vositalariga tayangan hozirgi zamon turlari tushuniladi. 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling