O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Logistikaning konsepsiyasi va prinsiplari


Download 164.73 Kb.
bet7/9
Sana02.01.2022
Hajmi164.73 Kb.
#192239
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LOGISTIKA XIZMATIDA LOGISTIK KONSEPSIYALARNING O`RNI

5. Logistikaning konsepsiyasi va prinsiplari

Moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari jarayonlarini optimallashtirish yo‘li bilan xo‘jalik faoliyatini oqilona tashkil etishga yo‘naltirilgan qarashlar tizimiga logistikaning konsepsiyasi deyiladi. Logistika maqsadlariga mos ravishda logistika konsepsiyalari ishlab chiqilgan.



Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu, Maqsad:

  • bo‘lajak harakatlarni oldindan belgilab beradi;

  • faoliyatning ustivor yo‘nalishini belgilaydi;

  • faoliyatni aniq sohaga, ishga yo‘naltiradi;

  • u yoki bu faoliyatning zarurlik darajasini belgilaydi va h.k.

Oqim jarayoni asosan taqsimot, ta’minot va umuman xo‘jalik yuritish jarayonlarida ro‘y berganligi sababli, logistika maqsadlari ham yuqoridagilarga mos ravishda 3 qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Taqsimot (distribyutsiya) tizimi logistikasi maqsadi. Bu maqsad tayyor mahsulotni ishlab chiqarilgan joydan iste’mol joyigacha yetkazish va iste’molchi talabi darajasida saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni minimallashtirishdan iborat;

  2. Ta’minot tizimi logistikasi maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning xom ashyo, moddiy resurslar va yarim fabrikatlarga bo‘lgan ehtiyojini samarali qondirishdan iborat.

  3. Firma logistikasi maqsadi esa taqsimot va ta’minot tizimlari logistik faoliyatlarini muvofiqlashtirish va oqim jarayonlariga taalluqli bo‘lgan umumiy xarajatlarni kamaytirishdan iborat.

Ushbu logistik maqsadlarga erishish uchun logistikaning konsepsiyasi ishlab chiqilishi lozim. Bunday konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  1. Logistikaga bir butun yaxlit tizim deb qarash. Moddiy oqimni bitta korxona yoki bo‘lmasa xizmat ko‘rsatishning bir bo‘g‘ini doirasida oqilona tashkil qilish mumkin. Ammo hozirgi zamon ishlab chiqarishi va servisi turli tuman korxona va tashkilotlarning integratsiyalashuvini talab qiladi. Bu holda moddiy oqim jarayoni murakkab tarmoqni tashkil qiladi, ya’ni xomashyo dastlabki manbaadan to oxirgi iste’molchiga yetib borguncha ishlab chiqarish va servisning bir nechta bo‘g‘inidan o‘tadi. Bunday holda moddiy oqimni boshqarishda yuqori samaraga erishish uchun ushbu oqim o‘tuvchi zanjirning barcha bo‘g‘inlari bir tizim deb qaraladi va butun zanjir bo‘yicha moddiy oqim optimallashtiriladi.

  2. Universal texnologik yuklash-tushirish jihozlaridan voz kechish. Mazkur payt va holat uchun mos jihozlardan foydalanish. Ayrim logistik operatsiyalarni bajarishda universal jihozlarni qo‘llashdan ko‘ra maxsus shu operatsiya uchun ishlab chiqarilgan jihozlardan foydalanish qulay va samaraliroq bo‘ladi.

  3. Butun logistik zanjir bo‘yicha logistik xarajatlar hisob-kitobini yuritish. Ma’lumki, logistikaning asosiy vazifasi moddiy oqimni dastlabki manbadan oxirgi iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bu vazifani hal qilish ishlab chiqarish va muomala xarajatlari hisob-kitobi tizimidan logistik xarajatlarni ajratib hisobga olish quyi tizimi mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi.

  4. Xizmat servisi darajasini rivojlantirish. Hozirgi payt da ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot sifatini sezilarli darajada oshirish imkoniyatlari chegaralangan. Shu sababli ko‘pchilik tadbirkorlar raqobatbardoshlikni oshirishning vositasi sifatida logistik servis usullaridan foydalanmoqdalar. Aytaylik bozorda bir xil tur va bir xil sifatdagi mahsulotni yetkazib beruvchi bir nechta firma faoliyat ko‘rsatadi. Bu holda mijoz ushbu mahsulot yetkazib beruvchilar orasidan logistik servisi yuqori darajada bo‘lgan, masalan tovarni o‘z vaqtida, qulay idishlarda, kerakli miqdorda va h.k. yetkazib bera oladigan firmani hamkor sifatida tanlaydi.

  5. Logistik tizimning tashqi muhit o‘zgaruvchanligi va noaniqliklariga moslashuvchanligi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida tovar va xizmat turlarining ko‘pligi ularga bo‘lgan talabning o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida logistik tizimda harakat qilayotgan moddiy oqim sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining o‘zgarib turishiga olib keladi. Bunday holda logistik tizimda tashqi muhitning o‘zgarishlariga muvofiq (adekvat) tarzda moslashuvchanlik qobiliyatining mavjudligi firmaning bozorda barqaror o‘rin egallashi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Logistikaning maqsadi va konsepsiyasida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Moddiy oqimni tashkil etishda faqatgina kerakli tovar va yuklar tashilishi zarur;

  2. Tashilayotgan tovar sifatli bo‘lishi kerak;

  3. Ko‘rsatilgan miqdordagi yuk tashilishi kerak;

  4. Yuk ko‘rsatilgan vaqtda yetkazib berilishi kerak;

  5. Yuk ko‘rsatilgan joyga yetkazib berilishi kerak;

  6. Yukni tashishda qilingan xarajatlar minimal bo‘lishi kerak.

Yuqorida ko‘rsatilgan olti shart, ya’ni kerakli tovar, kerakli sifat bilan, yetarli miqdorda, kerakli joyga eng kam xarajatlar qilib yetkazilgan bo‘lsa, logistik faoliyatning maqsadiga erishilgan bo‘ladi.


Download 164.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling