O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 8.29 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar
- 1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
- 2.Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
- K a t ye g o r i ya l a r Umumiqtisodiy kategoriyalar Formatsionmaxsus kategoriyalar Davriyohaliq kategoriyalar
- Q o n u n l a r Umumiqtisodiy qonunlar Formatsionmaxsus qonunlar Davriyoraliq qonunlar
- 3.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari
- 4.Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar
- 5.Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari
- 6.Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari
- Mustaqil ish mavzulari va topshiriqlari
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MA‟RUZALAR MATNI 1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI Darsning o„quv maqsadi: talabalarda iqtisodiyot nazariyasi fanining mohiyati, iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar, fanning tahlil usullari, iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik, ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari, ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy kategoriyalar, umumiqtisodiy kategoriyalar, formasionmaxsus kategoriyalar, davriyohaliq kategoriyalar, iqtisodiy qonunlar, induktiv va deduktiv usullar, umumiqtisodiy fanlar, xususiy iqtisodiy fanlar, moddiy ehtiyojlar, ijtimoiyma‘naviy ehtiyojlar, Mehnat ehtiyoji, ehtiyojlarning yuksalishi, ehtiyojlarni qondirish vositalari. Asosiy savollar 1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. 2. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar. 3. Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari. 4. Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar. 5. Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari. 6. Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari. 1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini o‗rganish barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofondan tortib to bugungi kunga qadar kishilar iqtisodiy faoliyati va xo‗jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning ob‘ektiv zaruhiyatini amalga oshirishdir. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqich - bu merkantilizmning yuzaga kelishidir. Merkantilistlar ta‘limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta‘rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to‗g‗rida birinchi bo‗lib fikr bildirganlar). Ular o‗z davrining shart-sharoitlari, boylikni qo‗lga kiritish omillarini o‗rganib, boylikning manbai muomala sohasidadir, boylikning o‗zi esa pulda ifodalanadi, degan mazmunda xulosalar chiqarganlar. Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar misolida ko‗rinadi, ular yirik yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo‗lib maydonga kelganlar. Mazkur yo‗nalishning bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (16941774) dir. Uning ta‘limotida boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnatdir, deb hisoblanadi. Iqtisodiyot fani keyingi bosqichda A.Smit (17231790) va D. Rikardo (17721823) asarlarida yanada rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy iqtisodning asoschisi sifatida kirib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm (Inglizcha ―margin‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―chegara‖, ―chetki‖, ayrim hollarda ―oxirgi qo‗shilgan», degan ma‘nolarni beradi) oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem Bavek va boshqalar bo‗lib, ular tomonidan «qo‗shilgan tovar nafligi, qo‗shilgan mehnat yoki resurs unumdorligi» nazariyalari ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‗lgan talab va uning bahosi o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda o‗zaro ta‘sirni tahlil qilishda keng qo‗llaniladi. Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Rojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur mutafakkirlar nomlari bilan bog‗liq. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan 18 ajralmagan bo‗lsada, katta ahamiyatga ega edi. Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning ehtiyojlari to‗g‗risidagi ta‘limot markaziy o‗rinni egallaydi. Iqtisodiyot nazariyasi - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo‗llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi fandir. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to‗g‗risidagi fan bo‗lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari - bu hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar o‗rtasida ob‘ektiv yuzaga keladigan munosabatlardir. Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o‗z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy sub‘ektlarning hattiharakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim hattiharakati va amal qilishi)ni oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida kishik tizimlari yoki xalq xo‗jaligi tarmoqlari hattiharakati) va supermakroiqtisodiyot (butun jahon iqtisodiyotining hattiharakati)ni ajratib ko‗rsatish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi - iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini berish emas, balki ularning o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro aloqadorligini ko‗rsatish, ya‘ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi. 2.Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar Iqtisodiyotda turli rodisalar, jarayonlar, ular o‗rtasidagi aloqalar o‗rganilganda, ular konkret sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya‘ni qonunkategoriyalar darajasida ilmiy jihatdan izorlab beriladi. Boshqacha aytganda, har bir fan o‗z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi. Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o‗rganishda qo‗llaniladigan nazariy tuchunchalar bo‗lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in‘ikosi, ifoda etilishidir. Kategoriyalar – ilmiy fikrlash marsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tuchunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko‗pchilik yig‗ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya‘ni kishilar o‗rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo‗linib o‗rganiladi: K a t ye g o r i ya l a r Umumiqtisodiy kategoriyalar Formatsionmaxsus kategoriyalar Davriyohaliq kategoriyalar iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‗lgan, lekin ijtimoiyiqtisodiy tizimga aloqasi bo‗lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo‗lgan, ijtimoiyiqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador, o‗tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar umuminsoniy mazmundagi, lekin bir necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o‗tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy rodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta‘riflanadi. Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o‗rtasidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog‗lanishlaridir. 19 Q o n u n l a r Umumiqtisodiy qonunlar Formatsionmaxsus qonunlar Davriyoraliq qonunlar Jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat‘i nazar amal qiluvchi qonunlar Maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiy- iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o‗ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar Bu turli ijtimoiyiqtisodiy tizimda, ammo ma‘lum davrda amal qiluvchi tizimlarning maxsus tuzumiga aloqasi bo‗lmagani holda, ularni birlashtirib bog‗lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo‗lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o‗zaro ta‘sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo‗lgan barcha, birbirini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. 3.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag‗ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‗llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma‘lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma‘lumotlarga bir qator belgilariga ko‗ra umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko‗rilmagan xulosa gipoteza olg‗a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraksiyalash usuli asosiy usul bo‗lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiytexnikaviy fan emas; u o‗z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko‗rmaydi. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g‗oyat ko‗p qirhali, chirmashib ketgan aloqabog‗lanishlarga duch keladi. Abstraksiyalash - bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‗rganishdagi uchinchi bosqich - bu nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog‗lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendensiyalar xos bo‗lishi, uning qanday omillari ta‘sirida rivojlanishi, unda qanday o‗zgarishlar bo‗lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning amaliyoti dasturini, uning qanday rattixarakatga qo‗l urishini ham tushunish zarur. Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraksiyaga o‗tib, nazariy xulosalar chiqarish, so‗ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o‗tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo‗llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o‗tiladi. Bunda olg‗a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko‗riladi. Har ikkala usul birbirini to‗ldiradi. Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o‗rganilganda miqdor va sifat tahlili qo‗llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo‗llanadi. 4.Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar Iqtisodiy fanlar shartli ravishda ikki guruhga bo‗linadi: 1) Umumiqtisodiy fanlar, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit olib o‗rganuvchi fanlar; 2) Xususiy iqtisodiy fanlar – iqtisodning u yoki bu sohasini yoxud korxona iqtisodini o‗rganuvchi fanlar. Iqtisodiyot nazariyasi butun bir kompleks fanlar, ya‘ni tarmoqlar iqtisodiyoti (savdo, sanoat, transport, qurilish iqtisodiyoti va r.k.), funksional iqtisodiyot (moliya, kredit, marketing, menejment, istiqbolni belgilash va boshqalar); tarmoqlararo iqtisodiyot (iqtisodiy geografiya, demografiya, statistika va boshqalar) kabi fanlarning metodologik asosidir. Iqtisodiyot nazariyasining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bilimlar oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa harakatga olib keladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosat asosida yotishi kerak, bu orqali esa xo‗jalik amaliyoti sohasini yoritishi lozim. Harakat (amaliyot) bilishga, bilish-oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa to‗g‗ri harakatga olib keladi. Iqtisodiy siyosat ijtimoiy ishlab chiqarish, ne‘matlarni taqsimlash, ayirboshlash va 20 iste‘mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadlarga qaratilgan tadbirlari tizimidir. U jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini aks ettirmog‗i lozim va milliy iqtisodiyotni mustarkamlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 5.Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari Odamlar yashash uchun iste‘mol qilishlari kerak; oziqovqat yeyishlari, kiyimkechak kiyishlari, ma‘lum turarjoy sharoitlariga ega bo‗lishlari lozim. Odamlarga zarur bo‗lgan bu narsalar tabiatda tayyor holda mavjud bo‗lmaydi. Moddiy ne‘matlarning manbalari mavjud bo‗lsada, ularni iste‘molga yaroqli narsalarga aylantirish uchun insonga kuchquvvat, aqlidrok berilgan. Aqlidrokni ishga solib, kasbkorni egallab, moddiy imkoniyatlardan o‗z rizqini hosil qilish insonlar YAIMasiga yuklatildi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko‗p. Ular iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, ma‘naviy va ratto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Ular orasida ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar ustuvor ahamiyatga ega, chunki ularni qondirishning o‗zi inson uchun birlamchi zarurat, bu ishlab chiqarishning rivojlanishini ta‘minlaydi. Odamlar madaniyat, san‘at, siyosat va boshqa qandaydir ijtimoiy faoliyat bilan shug‗ullanishlaridan avval, ularning birlamchi ehtiyojlari - ovqatlanish, kiyinish, boshpanaga ega bo‗lish, Mehnat qilish ehtiyojlari yuzaga chiqishi tabiiy. Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar - kishilarning yashashi, Mehnat qilishi va ma‘lum iqtisodiy mavqega ega bo‗lishi uchun iste‘mol etilishi zarur mahsulotlar va xizmatlar majmuidir Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topishi zarurati hamdir. Uning odatdagi jismoniy ehtiyojdan farqi shuki, uni Mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya‘ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj, avvalambor, yakka tartibda bo‗ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. Ehtiyoj odamning jismoniy holati, Mehnati, didi va odatlariga ham bog‗liq. Jamiyatdagi ehtiyojlar o‗zining turidan qat‘i nazar, jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan daraja; jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzumi; hayot kechirishning tabiiygeografik sharoiti; tarixiymilliy an‘analar va odatlar bilan bog‗lanib ketadi. Muhokama uchun matn: Iqtisodiyot qoloq bo‗lsa, ehtiyojlar doirasi tor bo‗ladi. Aksincha, iqtisodiyot yuksak bo‗lsa, ehtiyoj keng va xilmaxil bo‗ladi. Shu jihatdan o‗rta asrdagi ehtiyoj bilan hozirgi asr ehtiyojini solishtirib bo‗lmaydi. Yoki postindustrial bosqichdagi jamiyat ehtiyojlari bilan an‘anaviy iqtisodiyotlardagi kishilar ehtiyojlari hajmi va tarkibi o‗rtasida ham katta tafovutlar yuzaga chiqadi Ehtiyoj inson hayotining ajralmas qismidir. Ammo, ehtiyoj inson uchun tug‗ma belgi emas, u nasldannaslga o‗tmaydi ham. U jamiyatda insonning sub‘ektiv xususiyatiga bog‗liq holda yuzaga keladi. Shu sababli kishilarda u yoki bu ne‘matni afzal ko‗rish mavjud. Ehtiyojlar xilmaxilligidan bir odamning ehtiyoji boshqasinikiga o‗xshamaydi, chunki u qat‘iy ravishda yakkalashgan. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojni guruhlarga bo‗lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo‗linadi Moddiy ehtiyojlar Ijtimoiyma‘naviy ehtiyojlar Mehnat ehtiyoji Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‗lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo‗lib, oziqovqat, kiyimkechak, turarjoy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iborat bo‗ladi. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi sharoitidir. Ijtimoiyma‘naviy ehtiyojlar asosan xizmatlar (masalan, o‗qituvchi, vrach, san‘at arbobi xizmati)dan iborat bo‗lib, ular ma‘lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko‗rinishi yo‗q. Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat Mehnatsiz nozu ne‘matlar yaratib bo‗lmasligidan emas, balki Mehnatsiz inson hayotining bo‗lmasligidan, Mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidandir. Mehnat ehtiyoji insonning o‗zida mujassamlashgan, uning moddiy shakli yo‗q, u ishlashga bo‗lgan ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda Mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib chiqadi. 21 Ehtiyojlar kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy arvoli, kasbi, Mehnatining turi kabi omillarga bog‗liq. Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan kishilarning yakka ehtiyojlaridan iborat ekan, umumiy ehtiyojga aholining soni va tarkibi ham ta‘sir qiladi. Keyingi 200 yil ishida yer yuzidagi aholi soni deyarli 5 marta ko‗paydi. Bu ehtiyojga ta‘sir etmay qolmaydi, albatta. Aholining yosh, jins, ma‘lumot va kasb jihatidan tarkibiga, uning sanoat, qishloq xo‗jaligi, ilmma‘rifat sohalarida band bo‗lishiga qarab jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar har xil miqdorda va turlarda shakllanadi. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to‗xtovsiz yangilanib borishidan iborat. Bunday jarayon barcha ijtimoiyiqtisodiy tizimlarda mavjud bo‗lgan. Insoniyat paydo bo‗lgan davrdan boshlab shu kungacha ehtiyojlarning o‗sishi kuzatiladi. Ehtiyojni qondirishga intilish har doim iqtisodiy o‗sishni ta‘minlab kelgan. Ehtiyoj o‗sishining to‗xtashi jamiyat hayotining to‗xtashini bildiradi. Bu esa mutlaqo mumkin emas. Ehtiyojlar yuksalishining to‗rt jihati Muayyan ehtiyoj saqlangan holda, uning kengayib, miqdoran ortib borishi. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo‗lib, uning ichki tarkibi o‗zgarishi. Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‗zgarishi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko‗rinishlari va shakllari o‗zgaradi. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o‗rinbosar ehtiyojlarning paydo bo‗lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xos. Bu o‗rinbosarlik mahsulotlarning sifatiga, narxiga va iste‘mol uchun qulayligiga bog‗liq. Iste‘molsiz ehtiyoj yuzaga kelmaydi, chunki faqat iste‘mol jarayonida mahsulot va xizmatlarning naqadar foydaliligi, ya‘ni ehtiyojni qondira olish xususiyatlari amaliy sinovdan o‗tadi. Shundan so‗nggina yangi ehtiyoj tarqalib, ommaviy tus oladi. Ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarish yuritiladi. O‗z navbatida ishlab chiqarish yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 6.Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari Yuksalib bohayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdanbir vositasi ishlab chiqarishdir. Ammo mahsulot va xizmatlarni yaratishning o‗zi hali ehtiyoj qondirilganini bildirmaydi. Yaratilgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar iste‘molga yetib borgandagina bunga erishiladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning o‗zlari iste‘mol etishlari shart emas, bu ko‗p hollarda yuz bermaydi ham. Shu sababli ular ayrboshlash orqali iste‘molga kelib tushadi, ya‘ni iste‘molchilarga kerakli mahsulotlar ayrboshlanib, ehtiyoj qondiriladi. To‗xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Ammo resurslardan samarali foydalanish darajasi ularning kamyobliligi darajasiga teskari mutanosib bo‗ladi. Resurslar qisqargan sari ulardan to‗laroq foydalanish zarurati kelib chiqadi. 1. Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo‗ladi: 2. Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko‗proq iste‘mol buyumlari olishni talab qiladi. 3. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko‗p xildagi mahsulot olishni talab qiladi. Resursning bir mahsulot uchun ko‗p sarflanishi, uni boshqa mahsulot ishlab chiqarishdan ko‗proq ajratib olishni talab qiladi. Ehtiyojlarning uzluksiz yuksalishi iqtisodiy o‗sishning to‗xtovsiz borishini talab qiladi. Ehtiyojni to‗laroq qondirish uchun iqtisodiy o‗sish yuksak samarali bo‗lmog‗i zarur. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko‗paysa, ehtiyoj yaxshiroq qonadi va aksincha. Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir. 22 Ishlab chiqarish rivojlangan joyda ehtiyoj ham yaxshi qondiriladi. Uni iste‘mol hajmi ishlab chiqarishga bog‗liq ekanligidan ko‗rish mumkin. Ehtiyojlarning naqadar qondirilib borishini turmush darajasi ifoda etadi. Turmush darajasi aholi ehtiyojlarining qondirilish me‘yoridir. U birinchidan, ehtiyojning yuksalishi, ikkinchidan, ishlab chiqarish uni qondirishga qanchalik qodir ekanligini bildiradi. Nazorat savollari 1. Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o‗rganadi? 2. Iqtisodiy kategoriya va qonunlar tizimi nima? 3. Iqtisodiyotni o‗rganishda qanday tahlil usulidan foydalaniladi? 4. Iqtisodiy fanlar qanday guruhlarga bo‗linadi? 5. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi nimani talab qiladi? Mustaqil ish mavzulari va topshiriqlari 1. Ehtiyojlarning miqdoran ortib borishi bo‗yicha esse tayyorlang. 2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ehtiyojlar yuksalishining 4 jihatidagi o‗zgarishlar. 3. Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarni muhimligidan kelib chiqib tasniflang. 4. Mavzu bo‗yicha 30 ta tushuncha, atama va kategoriyadan iborat krossvord tuzing. Download 8.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling