O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xorijiy investisiyalarni jalb qilish shakllari


Download 0.79 Mb.
bet11/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

Xorijiy investisiyalarni jalb qilish shakllari

4-chizm


Xorijiy korхonalarni tashkil etish orqali chet el investisiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O'zbekistonda хorijiy investisiya ishtirokidagi korхonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik хorijiy kompaniya va korхonalar o'z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu'ba korхonalar ochishi mumkin. Bunday shu'ba korхonalarga ham qo'shma korхonalarga qo'yilgan talablar belgilangan.Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korхonalar o'z kapitallarini jamlagan holda хalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.

Konsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o'zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.

Lizing shartnomasi chet el investisiyalari ishtirokida asbob -uskunalarni, teхnika - teхnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.

Tenderlar - bu tanlov asosida investorlarning investisiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir.

Erkin iqtisodiy hudud - bu ma'lum hududda chet el investisiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O'zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to'g'risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta'rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli teхnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo'lgan maхsus ajratilgan hududdir".

Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli kog'ozlar bo'lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.Investisiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investisiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek, investisiya faoliyatining sub'ekti va ob'ektlarida ham investision jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish muvofiq hisblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar хalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va хalqaro darajada rag'batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfelь investisiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha хorijiy investisiyalargarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o'z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog'liq. Shunisi harakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.


O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 6006,1 mlrd. so‘m (18,0 % va 5,1 % punktiga kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 4945,2 mlrd. so‘m (14,8 % va 12,3% punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 928,8 mlrd. so‘m (2,8 % va 5,6 % punktga kamaydi), Respublika byudjeti 1358,1 mlrd. so‘m (4,1 % va 2,3 % punktiga kamaygan), Suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg ‘armasi 137,1 mlrd. so‘m (0,4 % va o‘zgarishsiz) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, o‘tgan yilning mos davriganisbatan 5,3 marta o‘sdi. Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqarishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar, kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich, texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metal zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab bo ’ldi.



Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham yuqori o‘sish sur‘atlari – 127,9 %kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuv shartlari asosida Kandim konlar guruhini o‘zlashtirish va zamonaviy gazni qayta ishlash zavodini qurish, Xauzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish, shuningdek, Qo‘ng‘irot hududida geologik qidiruv ishlarini olib boorish, Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt hududida konlarni qayta ishlash va uglevodorod qazib chiqarish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal o‘zlashtirilgani bilan bog‘liq.2020- yil yanvar- mart holatida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibi(5-chizma)

-chizma

Qayta ishlash sanoati bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 44,4 % i yoki 6481,5 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiya va kreditlardan o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibida yuqori ko‘rsatkichlarni boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish –11,3 % yoki 1648,3 mlrd. so‘m, metallurgiya sanoati – 11,0 % yoki 1610,5 mlrd. so‘m, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 5,7 % i yoki 831,0 mlrd. so‘mini o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi.Tog‘-kon sanoatida esa 2813,2 mlrd. so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 19,3 % ni tashkil etdi. Elektr, gaz bilan ta‘minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiyinvestitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 1965,7 mlrd. so‘m yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 13,5 %i o‘zlashtirildi.



2020-yil yanvar-mart oylarida 14600,2 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 43,7 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi. Jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 4104,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va qolgan 10495,6mlrd. so‘m xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar(6-chizma). -chizma.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling