O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning


Download 0.79 Mb.
bet12/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning

asosiy yo'nalishlari

O'zbekiston iqtisodiyotiga хorijiy investorlar sarmoyalarini jalb qilishga quyidagi shart-sharoitlar mavjuddir:

- chet ellik hamkorlarni jalb etish uchun soliq va bojхona imtiyozlari;

- siyosiy barqarorlik;

- qulay geografik joylashuv;

- mamlakatning muhim transport koridorlari tutashuvida joylashganligi;

- Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi;

- mineral resurslar va qazilma boyliklarga boyligi;

- tasdiqlangan rezervlar 1,3 trln. AQSh dollariga teng;

- mamlakatning jami potensial mineral resurslari 3,5 trln. AQSh dollariga teng;

- inson resurslari:

a) deyarli 100 foiz savodlilik darajasi;

b) ishchi kuchining mavjudligi.

Hozirda O'zbekiston iqtisodiyotiga o'zlashtirilayotgan chet el investisiyalari ko'lami mintaqalarda mavjud eksport imkoniyatlariga (tabiiy-iqtisodiy, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatlari) nisbatan ancha past darajada bo'lmoqda. Mavjud holat sababini qo'shni Afg'onistonda davom etayotgan fuqarolar urushi kabi tashqi omillar bilan izohlash mumkin. Ma'lumki, хorijiy sarmoyadorlar nafaqat mamlakatdagi ichki siyosiy barqarorlikni, balki qo'shni davlatlardagi mavjud holatni ham alohida e'tiborga olishadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda 2005-2008 yillarda iqtisodiyotga horijiy investisiyalarni yo'naltirishda mavjud tashqi omillar sezilarli darajada salbiy ta'sir qildi. 2009-2010 yillar mobaynida ichki va tashqi sarmoya manbalarini jalb etish hisobiga iqtisodiy jihatdan etarli rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga erishiladi. Bu esa mavjud resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta'minlagani holda, mintaqalarga chet el investisiyalarini yanada keng miqyosda o'zlashtirishga imkon beradi. Pirovardida barcha mintaqalar o'z eksport imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yuqori sifatli, raqobatbardosh хamda zamonaviy mahsulotlar bilan jahon bozordan munosib o'rin ola boshlaydi.

2020-yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investit siyalar –8666,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 26,0 % initashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,1 %i yoki 3376,0 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3648,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 % punktga ko‘payib, 10,9 % ni tashkil etdi.

2020-yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikni pasayganikuzatilib, asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o’tganyilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 89,8 % ni tashkil etdi.2020-yil yanvar-mart oylarida 33,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 63,9 % i yoki 21,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo ‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 36,1 % yoki 12,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, o‘tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 13,0 % punktga kamayib, 25,3 % ni yoki 8430,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 24957,2 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 74,7 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o ‘tgan yilning mos davridagi ko ‘rsatkichga nisbatan 13,0% punktga ko‘paydi.(7-chizma)



-chizma

Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 4320,5 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,9 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 % punktga kamaydi),(8-chizma)

8-chizma




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling