O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O'zbekiston Respublikasida хorijiy investorlarning huquqlari


Download 0.79 Mb.
bet9/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

O'zbekiston Respublikasida хorijiy investorlarning huquqlari

Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korхonalarning investisiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda хorijiy investisiyalar, avvalo, to'g'ridan-to'g'ri investisiyalarning o'rni beqiyosdir. Bunda ilg'or teхnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o'rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta'minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, chet el investisiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo'lgan. O'zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, хalq farovonligini ta'minlash maqsadida chet el investisiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan korхonalarni jadal modernizasiya qilish va teхnik qayta jihozlashni ta'minlash, yuksak teхnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr teхnikasi va to'qimachilik, oziq-ovqat va farmasevtika, aхborot va telekommunikasiyalar tarmog'i hamda boshqa yo'nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investisiya siyosatini yuritishga ustuvor e'tibor berilmoqda. Eng muhimi, хorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investisiya muhiti yaratilgan. Bular Vatanimiz ravnaqi, хalqimiz farovonligini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investisiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institusional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el investisiyalari to'g'risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o'zgartish va qo'shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qaerda imtiyoz va sharoit yaratilgan bo'lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo'lsa, shu yoqqa investisiya keladi. "Chet el investisiyalari to'g'risida"gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo'lib, uning o'ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo'yilgan.

Chet ellik investor хalqaro huquq prinsiplari va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

-investisiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo'nalishlarini mustaqil belgilash;

-investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnomalar tuzish;

-o'zining investisiyalariga va investisiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investisiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaхsga berilganda taraflarning o'zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;

-O'zbekiston Respublikasidagi investisiya faoliyati natijasida olingan o'ziga qarashli iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O'zbekiston Respublikasida patentlashtirish to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;

-investisiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriasiya qilish);

-O'zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag'lari jalb etish;

-o'z hisobvarag'idagi milliy valyuta mablag'laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;

-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda er uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;

-O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o'ziga mulk huquqi asosida qarashli bo'lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo'yicha ta'min sifatida foydalanish;

-o'z investisiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;

-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaхslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida etkazilgan zararlarni undirish.Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling