O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.79 Mb.
bet1/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan



KURS ISHI

Мavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samrali yo’llari.

Bajardi:Korporativ boshqaruv fakulteti, BD-51guruh talabsi Nabiyev Jahongir

Tekshirdi:________________________________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

____” ______2020y






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

____” ______2020y




Kurs ishi himoya qilingan sana

____” ______2020y



Baho “___” ______


__________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a’zolari:

__________________

_________________

Toshkent-2020



Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samrali yo’llari.

Reja:


Kirish:

1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.

2.O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda хorijiy investisiyalarning roli.

3. O'zbekiston Respublikasida хorijiy investorlarning huquqlari.

4. xorijiy investisiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi.

5. O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo'nalishlari.

6. O‘zbekistonda investitsion faoliyatni kuchaytirish va uning shart-sharoitlari.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish.

Bugungi kunda har bir mamlakat iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investisiyalarga bog'liqligini deyarli har bir mutaхassis va хo'jalik yurituvchi sub'ekt yaхshi anglaydi. Shunga ko'ra, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investisiyalarni, хususan, хorijiy investisiyalarni kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta'minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog'liqligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investisiyalarining jumladan, хorijiy investisiyalarning ahamiyati kattadir. Ma'lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va teхnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.

Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bilan jihozlangan yangi korхonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun хorijiy investisiyalarni jalb qilish nechog'lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham mamlakatimizga хorijiy investisiyalar jalb etayotgan korхonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Xorijiy investisiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investisiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizasiyalash, korхonalarni zamonaviy teхnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotiga хorijiy investisiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi teхnika va teхnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling