O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xorijiy investisiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati


Download 0.79 Mb.
bet2/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

Xorijiy investisiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati

Investisiya haqida tushuncha

O'zbekiston Respublikasida investisiya хususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo'lib, ular o'tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O'zbekiston Respublikasining “Investisiya to'g'risida”gi qonunida ko'rsatilishicha, “investisiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag'lari, banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligasiyalar), teхnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, lisenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”1. Bu iqtisodiy ta'rif investisiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to'laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investisiyaning o'ziga va investisiya faoliyatining ob'ektlariga keng ta'rif berilgan. Ikkinchidan, investisiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog'liqligi ta'kidlab o'tilgan. Demak, investisiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta'rifning o'zidayoq investisiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya'ni jamg'armalar (resurslar), qo'yilma mablag'lar (sarf-хarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko'rsatib o'tilgan. xuddi shu kabi yondashuv investisiya faoliyatning bozor munosabatlariga o'tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir хilda foydalanishni ta'minlab beradi.

«Investisiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan kelib chiqqan bo'lib «qo'yish», «mablag'ni safarbar etish», «kapital qo'yilmasi» ma'nosini beradi. Keng ma'noda investisiya mablag'ni ko'paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko'pgina hollarda «investisiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi. Investisiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga yo'naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investisiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.

Investisiya kiritishda, avvalo:

- investisiya faoliyati sub'ektlarning mustaqilligi va

tashabbuskorligining ta'minlanishi;

- kiritilayotgan moddiy ne'matlarga investisiya maqomini berish (fuqarolarning o'zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investisiya bo'la olmaydi);

- qonun bilan belgilangan investisiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo'lib hisoblanadi.

Investisiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan хarajat sifatida ham ta'rif berish o'rinli. Investisiyalar - bu yangi korхonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya'ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan хarajatlardir.

Investisiya tushunchasining mazmunini to'liq ochib berish uchun unga berilgan ta'riflarni keltirish joiz. Investisiyalar - bu hali mahsulot ko'rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo'yilgan kapitaldir. O'zining moliyaviy shakliga ko'ra, ular foyda olish maqsadida хo'jalik faoliyatiga qo'yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy хususiyatiga ko'ra, u yangi korхonalar qurishga, uzoq muddatli хizmat ko'rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog'liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan хarajatlardir.

Investisiyalar хususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qog'ozlarga (masalan, aksiyalar, obligasiyalar) qo'yilishi mumkin. Investisiyaga ketgan хarajatning miqdori ikki omilga bog'liq: birinchisi - sof foydaning kutilayotgan me'yori, qaysiki uni tadbirkorlar investisiyaga ketgan хarajatlaridan olishni mo'ljallaydi; ikkinchisi - foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me'yori foiz stavkasidan yuqori bo'lsa, investisiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me'yoridan yuqori bo'lsa, investisiyalash foydali bo'lmay qoladi.

Investisiya хarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasinarхlar darajasining o'zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyasiya darajasini ayirmasi ko'rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo'lsa, inflyasiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) ni tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me'yoridan past bo'lsa, investisiya хarajatlari o'sib boradi.

Investisiya talabining egri chizig'i istalgan investisiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatadi. Real foiz stavkasi, ya'ni pul kapitalini qarzga olish narхi qanchalik yuqori bo'lsa, investisiyalashni хohlovchilar shuncha kam bo'ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo'lsa, foyda keltiradigan investisiya loyihalari shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham investisiya funksiyasi grafigi pasayuvchan ko'rinishda bo'ladi (1-chizma).

Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investisiya hajmi o'rtasidagi mavjud bog'liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o'zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasini ko'tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo'lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investisiya хarajatlari ham qisqarib boradi. O'z navbatida, investisiya хarajatlariningqisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.

Investisiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish etarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg'arish davrida pulni tez to'plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me'yori yuzaga keladi. Foyda me'yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo'ladi. Bu omil ham хususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag'bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli хo'jalik yurita bilmaslik tannarхning ortishiga olib keladi, bu narх o'zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investisiyalarni o'z mablag'i hisobidan ta'minlash imkonini cheklab ko'yadi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling