Investisiya funksiyasining grafigi
Foiz stavkasi
r
I
Investisiya hajmi
1-chizma
Investisiyalarni jalb etilishi ko'p jihatdan investisiya bozorini har tomonlama o'rganish, uni bashorat qilish bilan uzviy bog'liqdir. Investisiya bozori investisiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi. Investisiya bozori ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi va investisiya хizmatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Uning asosiy unsurlariga talab, taklif, raqobat va baho kiradi. Bu unsurlar doimo o'zgarib turadi, ushbu o'zgarishlar iqtisodiyotdagi va bozor ichidagi omillar ta'sirida yuz beradi. Har bir investor uchun investisiyaga bo'lgan talabni o'rganish, investisiya bozorini tahlil etib, buning zaminida o'zining investisiya dasturini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |