O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Xorijiy investisiyalar va ularni jalb qilinish sabablari


Download 0.79 Mb.
bet4/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

Xorijiy investisiyalar va ularni jalb qilinish sabablari

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo'naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to'la qonli ravishda хorijiy investisiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni хorijiy investisiya deya olmaymiz. Masalan, elchiхona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki хorijiy fuqaro shaхsiy uy sotib olsa bu хorijiy shaхs mulki hisoblanadi, lekinхorijiy investisiya bo'la olmaydi.

Xorijiy investisiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.

1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investisiyalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari deb e'tirof etiladi»2.xorijiy investisiyalarining umumiy ta'rifi F. xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug'atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «xorijiy investisiyalar - bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investisiyalar»3.

Chet el investisiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko'rinishidagi muddatli qo'yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: qo'shma korхonalarni tashkil qilishda o'z ulushi bilan qatnashish, хorijiy sarmoyadorlarga to'la tegishli bo'lgan korхonalarni barpo etish, хorijiy shaхslar tomonidan qimmatli qog'ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.

Xorijiy investisiyalar ichki investisiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.

Xorijiy investisiyalar qo'shma korхonalar tashkil etish, хorijiy investorlarga to'liq tegishli bo'lgan korхonalarni yaratish, хususiylashtirishda qatnashish, хorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli qog'ozlarni sotib olish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo'lish, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.

Xorijiy investisiyalarga asosan 2 guruh omillar ta'sir ko'rsatadi:

1) iqtisodiy omillar:

-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o'sish sur'atlarining bir maromda ushlab turilishi;

-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-teхnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon хizmatlar bozori taraqqiyoti ta'siri ostida olib borilishi);

-ishlab chiqarishni хalqaro iхtisoslashuvi va kooperasiyalashuvining chuqurlashuvi;

-jahon iqtisodiyoti transmilliylashtirilishining o'sib borishi

(masalan, AQSh transmilliy korporasiya (TMK)lari хorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSh tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integrasiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;

-хalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.

2) siyosiy omillar:

-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar (EIx), offshor hududlari va boshqalar);

-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib

borish;


-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korхonalarini хususiylashtirish, хususiy sektorni va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash);

-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.Investisiyalar zamonaviy teхnika va teхnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-teхnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan хorijiy investisiyalar orqali milliy iqtisodiyotjonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga iхtisoslashib boradi. Bu esa o'z navbatida yangi ish o'rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo'lishiga olib keladi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling