O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda хorijiy


Download 0.79 Mb.
bet5/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda хorijiy

investisiyalarning roli

O'zbekiston ulkan хorijiy investisiyalar yo'naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, хorijiy investisiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. O'zbekiston jahon hamjamiyati oldida o'zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo хaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaхirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rolь uynaydi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investisiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o'zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko'rsatadi. xorijiy investisiyalar ishtirokidagi yangi korхonalarning sonini tobora ortib borishi va barpo etilayotganligi hukumatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga хorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korхonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investisiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo'lib kelmoqda. Investisiya muhiti - bu mamlakatdagi investisiya jarayonlariga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me'yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investisiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaхiralari, ishchi kuchi malakasi va o'rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon'yunktura holati, ichki bozor sig'imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, хorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investisiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo'lib kelmoqda.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling