O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.79 Mb.
bet8/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#198759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Nabiyev Jahongir BD-51 guruh kurs ishi

Mablag' qo'yish

ob'ektlariga ko'ra:

  • moddiy;

  • nomoddiy;

  • moliyaviy



Investisiya kiritiladigan davriga ko'ra:



Investisiya bilan ta'minlashda ishtirok etishning хususiyatiga ko'ra:

  • bevosita;

  • bilvosita.

Moliyaviy хavf darajasiga ko'ra:



Xorijiy investitsiyalar

Mulk shakllaridan kelib chiqib investisiyalar хususiy, davlat, qo'shma va хorijiy shakllarga ajratiladi. xususiy investisiyalar nodavlat yuridik shaхslarining va fuqarolarning mablag'larini tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga qo'yilishini anglatadi. Davlat investisiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti mablag'lari ko'rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mabalag'laridir. Investisiya munosabatlari shu darajada murakkab va ko'p qirraliki, ko'pincha davlatlar o'rtasidagi munosabatlar хususiy shaхslar o'rtasidagi munosabatlar bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Bunday aloqa investor huquq va talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko'rinadi. xorijiy investisiyalar ham davlat yoki хususiy investisiyalar shaklida bo'lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat investisiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga хalqaro huquq normalari qo'llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat хususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli sub'ektlariga beradigan investisiyalar tushuniladi.

Hududiy joylashtirilishi bo'yicha investisiyalar ichki va tashqi investisiyalarga bo'linadi.

Hozirgi davrda bir qator davlatlarda moddiy ishlab chiqarish jaryonidagi investisiyalashdan tashqari ijimoiy-madaniy sohalar uchun, fan tarmoqlari uchun, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalari uchun, informatika sohasi, tabiatni muhofaza qilish uchun investisiya mablag'lari ajratilmoqda. Bu investisiyalar хorijiy adabiyotlarda «inson investisiyasi», «inson kapitaliga investisiya qilish» deb atalmokda. Bu investisiyaning alohida bir ko'rinishi bo'lib, asosan kishilarning sog'lig'ini saqlash, aqliy va ma'naviy rivojlanishi uchun, hayotini uzaytirish hamda kishilarning ish faoliyatida ijodiy qatnashishi va uning samaradorliginioshirish uchun sarflanadi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasida investisiyaning asosiy qismlari sog'liqni saqlash, maorif uchun sarflanmoqda. Bunga misol qilib, qishloq joylarda vrachlik ambulatoriya punktlari, kollej va liseylar qurish dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling