Ikkinchi bosqichda birlashtirilayotgan jamiyatlar hisoboti gorizontal ravishda jamlanadi. Natijada har bir bandi birlashtirilayotgan jamiyatlar hisobotining tegishli pozitsiyalari summasini ifoda etadigan umumiy balans paydo bo’ladi. Ushbu bosqichda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi va unga Bosh va shuba korxonalari guruhining birlashtirilishi lozim bo’lgan barcha jamiyatlari rioya qilishi ustidan alohida nazorat qilish zarur. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu bosqich faqat shuba va hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlarga tegishli. Bundan tashqari, Shuba jamiyatining ma’lumotlari to’liq jamlansa, hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlar ma’lumotlari faqat Bosh va shuba korxonalari guruhining ishtirok etish hajmiga mutanosib ravishda jamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |