O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Buxgalteriya balansining uzoq muddatli aktivlar bo’limini tuzish qoidalari
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
2.7. Buxgalteriya balansining uzoq muddatli aktivlar bo’limini tuzish qoidalari
Balans tuzishga qadar joriy yil oxiriga analitik schyotlarning oborot (aylanma)lari va qoldiqlari bilan Bosh daftardagi schyotlarning oborot (aylanma)lari va qoldiqlari yana bir bor taqqoslanishi zarur. Joriy yil oxiriga bo’lgan balans ma’lumotlari su’yektning tashkiliy qayta qurilishi, tovar-moddiy zaxiralarining qayta baholanishi va boshqa shunga o’xshashlarni hisobga olgan holda, 3-ustunda, ya’ni kirish balansining ma’lumotlari yil boshiga ko’rsatiladi. Balans moddalarining va umumiy summasining yil boshiga va yil oxiriga ma’lumotlarining bir-biriga mos bo’lishi uchun tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga bo’lgan balans moddalari va guruhlangan bo’limlariga mos keltirilishi shart. "Asosiy vositalar" moddasida ham harakatdagi, ham konservatsiya yoki zaxiradagi asosiy vositalar to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Shuningdek, bu moddada yer unumdorligini oshirishga (melioratsiyalash, ularning zahini yuvish, irrigatsion va boshqa ishlar) qilingan kapital qo’yilmalar, ijaraga olingan binolar, inshootlar, jihozlar va asosiy vositalarga kiruvchi boshqa ob’yektlar ham aks ettirilib, bu moddada su’yekt, tomonidan amaldagi qonunchilikka binoan, yer uchastkalarini sotib olishga haqiqatda sarflangan xarajatlar ham ko’rsatiladi. Ijarachi va ijaraga beruvchi o’rtasida tuzilgan ijara shartnomasi (yoki boshqa ahdlashuv)ga binoan ijaraga olingan asosiy vosita ijara muddatining tugashi bilan yoki shartnomaga muvofiq sotib olish bahosiga 0310-"Lizing shartnoma bo’yicha olingan asosiy vositalar" schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar ham ko’rsatiladi. Korxonaning 0100-"Asosiy vositalar" va 0310-"Lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar” schyotlarida hisobga olingan asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summalari ushbu moddada alohida ko’rsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda, asosiy fondlarni to’liq qayta tiklashda belgilangan yagona amortizatsiya ajratmalarining me’yorlaridan foydalanish kerak. “Nomoddiy aktivlar” moddasida su’yekt o’z xo’jalik faoliyati davomida uzoq davr mobaynida foydalanadigan va unga daromad keltiradigan nomoddiy ob’yektlarga sarflangan xarajatlarini ko’rsatadi. Bularga tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqlari, patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, tashkiliy xarajatlar va soliqlar kiradi. Nomoddiy aktivlarni ta’sischilar (mulkdorlar) tomonidan su’yektning ustav kapitaliga hissa tarzida qo’ygan bo’lishi yoki su’yekt o’z faoliyati davomida sotib olgan bo’lishi mumkin. Ushbu modda bo’yicha nomoddiy aktivlar ham boshlang’ich, ham qoldiq qiymatlarida alohida, shuningdek, hisoblangan eskirish miqdorlarida keltiriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish me’yori su’yekt tomonidan ularning boshlang’ich 37 qiymati va ulardan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda (lekin su’yektning faoliyat ko’rsatish muddatidan oshmagan holda) hisoblangan oylik me’yorlari bo’yicha hisoblanib, oyma-oy mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxiga (davr xarajatlariga) olib boriladi. Хizmat qilish muddatlarini aniqlab bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish me’yori besh yilga (lekin su’yektning faoliyat ko’rsatish muddatidan oshmagan holda) belgilanadi. "Kapital qo’yilmalar" moddasida xo’jalik va pudrat usullarida olib borilayotgan, tugallanmagan qurilishlarning qiymati ko’rsatiladi. Asosiy podani tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlari bo’yicha xarajatlar, shu maqsadlarda vaqtinchalik foydalanish uchun su’yektlar tomonidan bo’nak (avans) tarzida berilgan qo’yilmalar ham ushbu moddada aks ettiriladi. "Avlod korxonalaridagi aksiyalar" (040-satr) moddasida 0600-"Uzoq muddatli investitsiyalar" 0620-"Avlod korxonalariga investitsiyalar" schyotining analitik qismida hisobga olinuvchi avlod korxonalarning aksiyasiga qo’yilgan mablag’larning miqdori bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi. "Avlod korxonalarga berilgan qarzlar" (050-satr) moddasida 4110-"Bo’linmalardan olinadigan schyotlar" 0620-"Avlod korxonalariga investitsiyalar" schyotida hisobga olinadigan avlod korxonalarga berilgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi. "Uyushma korxonalaridagi aksiyalar" (050-satr) moddasida analitik holda 0600-"Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar" 0640-"Uyushma korxonalariga investitsiyalar" schyotida hisobga olinuvchi uyushgan korxonalarning aksiyasiga ko’yilgan mablag’larning miqdori ko’rsatiladi. "Uyushma korxonalariga berilgan qarzlar" (070-satr) moddasida 4110-"Ayrim balansdagi bo’linmalardan olinadigan schyotlar" schyotida hisobga olinadigan uyushma korxonalariga berilgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi. "Uzoq muddatli investitsiyalar" (080-satr) moddasida davlatning daromad keltiruvchi aktivlariga (qimmatbaho qog’ozlar - aksiya, obligatsiyalar), O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etilgan su’yektlarning ustav kapitaliga (uyushma va shuba korxonalarning ustav kapitali bularga kirmaydi) va boshqa shu kabilarga qo’yilgan (bir yildan kam bo’lmagan muddatga) investitsiyalarning miqdori ko’rsatiladi (boshqa su’yektlarga berilgan qarzlar bunga kirmaydi). Moliyaviy investitsiyalar belgilangan soliq tartibiga ko’ra sarflangan haqiqiy xarajatlar miqdorida hisobga olinadi. Agar investor dividend olish huquqiga ega bo’lib, qo’yilma uchun mas’uliyatni o’ziga olganda, to’liq to’lanmagan aksiya va ulushlarning to’liq, sotib olish qiymati balansning aktivida, to’lanmagan qiymati esa, balans passivining kreditorlar moddasida ko’rsatiladi. Boshqa hollarda sotib olishga mo’ljallangan aksiya va ulushlar uchun o’tkazilgan summalar balans passivining debitorlar moddasida ko’rsatiladi. "Boshqa qarzlar" (090-satr) moddasi bo’yicha 0990-"Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlari" schyotida hisobga olinadigan va yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan uzoq muddatli qarzlarning miqdori ko’rsatiladi. 38
“Boshqa aktivlar” (100-satr) moddasida yuqoridagi moddalarda keltirilmagan uzoq muddatli vositalar va qo’yilmalar ko’rsatiladi. Shu bilan birga, ijaraga beruvchi su’yekt 0920- "Olinadigan lizinglar” schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ijara to’lovi majburiyatining qoldiq miqdorini ko’rsatadi. “1-bo’lim bo’yicha Jami” (100-satr) moddasida 012, 022, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090 va 100 satrlarning yig’indisini ko’rsatiladi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling