O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot


Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari


Download 264.41 Kb.
bet26/110
Sana05.01.2022
Hajmi264.41 Kb.
#208819
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Bog'liq
Moliyaviy hisobot

4.2. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.
Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.
Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari
71

belgilab berilgan. Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:


1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;

5-BHMA «Asosiy vositalar»;


21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;
22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi».
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 12-bandida moliyaviy hisobotning tarkibi belgilangan bo’lib, unda «asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» 3-shakl tuzilish belgilab berilgan. Shuningdek, uning 14-bandida moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatkichlarining ochib berilishi belgilangan bo’lib, bu vosita moliyaviy hisobotning uchinchi shakli bo’lgan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ga ham belgilangandir. Shu bilan birgalikda ushbu «BHMA»ning 60, 61-bandlarida hisobotning davri va hisobot sanasi belgilab berilgan bo’lib, uni taqsim qilish 62-band bilan tartibga solindi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishda 5-BHMA «Asosiy vositalar» alohida o’rin tutadi. Chunki asosiy vositalar hisobini yuritish asosan ushbu hisobot bilan tartibga solinadi. Unda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur

bo’lgan ma’luotlarning yechimi berilgan:


-asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun qo’yiladigan mezonlar; -asosiy vositalar dastlabki qiymatini shakllantiruvchi xarajatlar tarkibi; -asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari;

-asosiy vositalarni qayta baholash.


Ushbu masalalarining yechimlari korxonalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni tartibga soladi va hisobot tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ish imkonini beradi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishda 21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» alohida ahamiyatga ega. Chunki, 21-BHMA asosiy vositalar hisobida yo’naltirilgan schyotlar va ularning funksiyasi aniq belgilab berilgan. Hisobotda keltirilgan ko’rsatkichlarni shakllantirish uchun alohida schyotlar tayinlangan. Ushbu standart asosida «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar shakllantiriladi:
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati;

yig’ilgan amortizatsiya miqdori;

qoldiq qiymati.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuningdek, har bir ko’rsatkich bo’yicha bir necha zarur ko’rsatkichlar ham alohida hisobga olinadi. Masalan, asosiy vositalarning
72

boshlang’ich qiymati yil boshiga va yil oxiriga alohida hisobga olish imkoniyati ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati yoki yil davomida chiqib ketgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ham alohida hisobga olinadi. Ular hisobot tuzish uchun zarur ma’lumotlar hisoblanadi. Korxonalar o’zlari uchun zarur asosiy vositalarni xorijiy mamlakatlardan sotib oladilar. Bunday xo’jalik muomalalari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki xarajatlar tarkibi turlicha bo’lishi bilan birgalikda ular chet el valutasiga sotib olinganligi, shuningdek asosiy vositalarnit qabul qilish sanasi va ularning qiymatini xorijiy mol yetkazib beruvchiga to’lash sanasiga quyidagi farqlar vujudga keladi. Bularning barchasi «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topishi zarur. Bunday muomalalarning buxgalteriya hisobi 22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»da belgilab berilgan.


«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» tuzishda O’zbekiston Moliya vazirligida 2002 yil 27 dekabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar» alohida ahamiyatga ega. Ushbu qoidalarning 125, 137-bandlari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Unda hisobotni har bir moddasini tuzish uchun zarur majburiyatlarni aniqlash alohida qoidalari belgilab berilgan.

Download 264.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling