O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nuridin yusupovich jo’rayev moliyaviy hisobot
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda rezerv kapitaliga oid ko’rsatkichlarni kiritish qoidalari
Download 264.41 Kb.
|
Moliyaviy hisobot
6.5. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda rezerv kapitaliga oid ko’rsatkichlarni kiritish qoidalari
Korxonalar tashkil bo’lish jarayonida o’z ustavlarida shakllantiriladigan turli jamg’armalar to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettiradilar. Respublikamizda amal qilinayotgan qonunlarga muvofiq korxonalarda rezrev kapitali tashkil qilinishi lozim. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 %dan kam bo’lmasligi kerak va uning miqdori ustavda ko’rsatilishi lozim. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o’tkazish yo’li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko’rgan zararni qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividendt to’lash, aksiyadorlar talabiga ko’ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo’ljallangan. Rezerv kapitali asosan tashkil topadi: mulkni qayta baholash kapitalida; rezerv kapitali; tekinga olingan mulk.
uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash; rezerv kapitaliga ajratmalar; tekinga olingan mulk; xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari.
tartibda o’tkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi. Ushbu ko’rsatkichni to’ldirish uchun yilning berilgan kuniga o’tkazilgan uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashning hisob-kitobi va ularning buxgalteriya hisobi aktlarida aks ettirishlari lozim. Buning uchun 8510-«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» va uzoq muddatli aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0100, 0400 va b.q.)ning o’zaro bog’lanishi tekshiriladi. Rezerv kapitaliga ajratmalar moddasi bo’yicha (050-satr) ta’sis hujjatlariga ko’ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitaliga ajratmalar summasi aks ettiriladi. Ushbu rezerv summasi korxona ta’sischilarining kelishuviga muvofiq qabul qilingan qarorda alohida ta’kidlanadi. Foyda hisobidan ajratiladi. Ushbu ma’lumotlarni hisobotga kiritishdan oldin ushbu qaror ma’lumotlari bilan 8710-«Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi» schyotining hamda 8520-«Rezerv kapitali» schyoti ma’lumotlari o’zaro taqqoslanadi. Shundan keyin ushbu ma’lumotlar hisobotga kiritiladi. Тekinga olingan mulk to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotda aks ettirishdan oldin ularning har biri to’g’risidagi ma’lumotlar tekshirilishi hamda bajarilishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda tekin olingan mulkni «Qabul-qilish topshirish dalolatnoma» va «Baholash haqidagi hujjatlar» va buxgalteriya hisobining 8530-«Тekin olingan mulk» va ularni hisobga oluvchi schyotlarning ma’lumotlari o’zaro taqqoslangan holda tekshiriladi. Zarur ma’lumotlarning aniqligiga ishonch hosil qilgandan so’ng ushbu ma’lumotlar hisobga kiritiladi. Хususiy kapital rivojlanishining boshqa manbalari ko’rsatgichida rezerv kapitalining boshqa manbalar hisobidan shakllantirilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirildi. Download 264.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling