O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnologiya instituti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
qoliplanmaygan rezinatexnik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 tonna
.
0,005
15 2 . 0.3 2 =3260Vt = 32kVt 44
Korxonada ishlovchi barcha ishchilar xavfsizligi texnika bilan tanishib chiqishlari shart va xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatilishi zarur. Ishchilarni o‘rgatish va xavfsizligini taminlash qoidasiga muvofiq holda. Xavfsizlik texnikasi jurnalida hamma ishchilarning imzosi bo‘lishi shart. Xavfsizlik xujjatlarini korxona bosh muxarriri tasdiqlaydi. Ish joylarida xavfsizlik mavzusidagi ko‘rgazmali targ‘ibot plakatlari bo‘lishi shart. Ishga kirishayotgan uskunalarning ishga yaroqli holda ekanligini tekshirib ko‘rish va avariya o‘chirish knopkasini ishlayotganligini ham tekshirib ko‘rish shart. Ishlash jarayonida tekshirib ko‘rish va xalaqit beradigan narsalar bo‘lmagan xolatni taminlashi kerak. Shu joyga begona odamlarni kelishi man etiladi. Ish vaqtida ishlovchi begona narsalar bilan shug‘ullanishi kerak emas. Uskunalarni normadan ortiq yuklash kerak emas bu avariyaga olib kelishi muqarrar. Ishlash yo‘lkalari begona narsalardan xoli bo‘lishi kerak. Yong‘in xolati qayd etilganda ishchilar zudlik bilan yong‘in xavfsizligi raxbariga xabar berishlari shart. Yong‘in vaqti yoki uning boshlanishi mumkin bo‘lgan xolatga ishchilar aloqa vositalaridan foydalanishni bilishlari va yong‘in xavfsizligi raqami 101 ga qo‘ng‘iroq qilishlari kerak. Yong‘in xavfsizligi xodimlari kelguniga qadar ishchilarga 1-tibbiy yordam ko‘rsatilishi va evakuatsiya qilinishlari kerak. Apparatlarni xonalarda o‗rnatish mumkin va talablarga mos sharoitlarda ekspluatatsiya qilish mumkin. Zaxarli, yong‗inga xavfli va portlashga xavfli mahsulotlar bilan ishlashda quyidagi xavfsizlik talablarini bajarish kerak. - apparatni joydagi ventilyatsion so‗rib olgich qalpog‗i ostiga o‗rnatish zarur; - uziladigan membrana shtutserlari va gazni haydovchi ventillar maxsus yig‗gichli truboprovodlarga yoki
atmosferaga chiqindini chiqarib yuboradigan truboprovodlarga ulangan bo‗lishi kerak (agar bu joriy sanitar normalarga to‗g‗ri kelsa).
45
- o‗ta zaxarli mahsulotlar bilan ishlanganda shuningdek 6.4MPA dan yuqori bosim ostida ishlanganda apparatlarni kuzatib turish uchun mo‗ljallangan ko‗rish oynalari va ventillar orqali distansiyali boshqarish uchun valiklar bilan jixozlangan izolyasiyalangan bokslarda o‗rnatilishi kerak. Apparatda ishlash vaqtida ―Yong‗in va portlashga xavfli korxonalarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish uchun sanoat sanitariyasi to‗g‗risidagi xavfsizlik qoidalari va texnika xavfsizligi normalari‖ talablari bajarilishi zarur. Apparatni istalgan joyga siljitishda apparatni o‗rnatish sxemasiga muvofiq bajarilishi kerak. Apparatlarni ishga tushirishga va texnik guvohnomaga ruxsat berish, rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq olib
borilishi kerak.
Apparatni ekspluatatsiyalash, montaj qilish, sozlash va ta‘mirlash ishlariga quyidagi bilimlarni tekshirishdan o‗tgan shaxslarga ruxsat etiladi: - iste‘molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini va iste‘molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish vaqtida texnika xavfsizligi qoidalarini; - apparat yo‗riqnomasini; - xizmat ko‗rsatish texnika xavfsizligi bo‗yicha sex yo‗riqnomasini; Apparatni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi: 1.Nosozlik nazorat asboblari va avtomatlashtirish vositalari bilan ishlash; 2.Nosoz muxofazalash klapanlari bilan ishlash; 3.Elektr yuritgichning podshipnikli qismlarini moylamasdan ishlatish; 4.Apparat bo‗g‗zi issiqlik to‗sig‗i va elektr dvigatelining statorini, sovituvchi suvsiz ishlatish; 5.Yerga ulanishsiz ishlash; 6.Elektr blokirovkalari ishi buzilgan vaqtida ekspluatatsiya qilish; 7.Apparat yo‗riqnomasida ko‗rsatilgan kategoriya va guruxlaridan yuqori portlashga xavfli aralashmalarning paydo bo‗lish ehtimoli bor bo‗lgan portlashga xavfli zonalarda ekspluatatsiya qilish; 8.Idishga ishchi muhitni yuklamasdan turib apparatni qizdirish; 9.Issiq apparatga sovuq muhitni yuklash. 10.Ichki va tashqi yerga ulanish qisqichlarining mavjudligi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling